Davlatimiz rahbari tomonidan umumxalq bayrami sifatida eʼlon qilingan “Xotira va qadrlash kuni” shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan umumxalq bayrami sifatida eʼlon qilingan “Xotira va qadrlash kuni” shu kunlarda respublikamiz bo‘ylab keng nishonlanmoqda.


Toshkent shahridagi maktablarda ham "Xotira va qadrlash kuni"ga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirlarda Milliy gvardiya xodimlari, jumladan, psixolog inspektorlar ham faol ishtirok etmoqdalar. Gvardiyachilar maktab o‘quvchilariga o‘zbek xalqi boshidan o‘tkazgan sinovlar, xizmat burchini o‘tash chog‘ida halok bo‘lgan qahramonlar, Vatan himoyachisi kasbini tanlagan faxriylar haqida so‘zlab bermoqda.

Milliy gvardiya faxriylari suhbat davomida, urushdan omon qolganlar, ona yurt tinchligi va osoyishtaligi yo‘lida qahramonlarcha halok bo‘lgan do‘stlari haqidagi hikoyalari, maktab o‘quvchilarini o‘z taqdiri, ertangi kuni, Vatan haqida o‘ylashga undaydi.

Suratlarda: Toshkent shahrida o‘tkazilgan tadbirlardan olingan.


Report Page