Davlat xizmatlari markazi sizning manzilingizda!

Davlat xizmatlari markazi sizning manzilingizda!

✅@ishtixonovozi

Endi davlat xizmatlaridan foydalanish yanada oson, chunki davlat xizmatlari markazi xodimlari siz belgilagan manzilga kelishadi.

Buning uchun nima qilish kerak?

Ushbu tartib Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo’llab-quvvatlash ishlarini jadallashtirish, “Har bir fuqaro - e’tibor markazida” tamoyili asosida aholining barcha qatlamlariga sifatli va tezkor davlat xizmatlari ko’rsatishni yo’lga qo’yish O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2023- yil 31-avgustdagi 435-son qarori bilan belgilab berildi.

Bunda fuqarolar Davlat xizmatlaridan foydalanish uchun O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirlig-ining Aloqa markazi yoki uning rasmiy veb-sayti orqali murojaat qilishlari mumkin. Ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun “Call-markaz” orqali so’rovnomalar soat 09:00 dan 18:00 ga-cha ish vaqti davomida yoki rasmiy veb-sayt sutkaning istalgan vaqtida davlat xizmatlari ko’rsatiladigan manzilni va vaqtini belgilaydi.

Davlat xizmatlari markazi mas’ul xodimi ariza beruvchi bilan telefon orqali bog’lanib, so’rovnomada ko’rsatilgan joyga chiqadi hamda maxsus texnik qurilmalar yordamida davlat xiz-matlarini ko’rsatadi yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun davlat xizmatini ko’rsatishga mas’ul bo’lgan vakolatli organlarga ariza yuboradi.

Bunda Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko’rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi, viloyat markazlarida BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik to’lov undiriladi. Hozirgi kunda bazaviy hisoblash miqdori 330.000 so`m etib belgilangan.

O’zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, sog’lig’ining holatiga ko’ra mustaqil harakatlanish imkoni-yati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko’rsatilganligi uchun to’lov undirilmaydi.

Davlat xizmatlari markazi mas’ul xodimi so’rovnomada ko’rsatilgan, ya`ni kelishilgan joyga yetib kelgan vaqtdan boshlab 30 daqiqa mobaynida ariza beruvchi so’rovnomada ko’rsatilgan vaqtda va manzilda bo’lmasa, yoki davlat xizmatlarini ko’rsatish uchun tegishli qonunchilik hujjatlarida bel-gilangan hujjatlarni taqdim etmasa, davlat xizmatlarini ko’rsatish yoki davlat xizmatlaridan foyda-lanish uchun ariza yuborish rad etiladi.

Ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanishdan uning har qanday bosqichida bosh tortish huquqi-ga ega va bunday holatda shuni unutmaslik kerakki uning so’rovnomasi ko’rilmasdan qoldiriladi va to’langan to’lov summasi qaytarilmaydi.

Bunda vakolatli organning mas’ul xodimi tomonidan ariza beruvchiga davlat xizmatlarini ko’rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuborishni rad etish sabablarini batafsil ko’rsatgan holda, rad etilganligi to’g’risida SMS-xabarnoma yuboriladi.

Agarda Davlat xizmatlari markazi mas’ul xodimining aybi (kechikishi yoki kelmasligi, axborot tizimi yoki maxsus texnik qurilmalardagi nosozliklar) bilan davlat xizmatlar belgilangan muddatlarda va tartibda ko’rsatilmagan holatlarda davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko’rsatishda undiriladigan to’lov miqdorlari ariza beruvchining murojaatiga asosan unga qaytariladi, yoki davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko’rsatishda undiriladigan to’lovni takroran amalga oshirmasdan davlat xizmatlaridan boshqa vaqtda foydalanishi mumkin.

Ariza beruvchi xohishiga ko’ra, davlat xizmatlarini ko’rsatish natijasini Davlat xizmatlari markazlariga bevosita tashrif buyurib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yoki pochta aloqasi orqali olishi mumkin.

Bunda pochta xarajatlari ariza beruvchi hisobidan qoplanadi.


R.DAVLATOV,

tuman Davlat xizmatlari

markazi bo’lim boshlig`i.

✅@ishtixonovozi




















Report Page