Davlat tashkilotlaridagi AKT mutaxassislari endi ish haqiga qo‘shimcha 100 foiz ustama olishi mumkin

Davlat tashkilotlaridagi AKT mutaxassislari endi ish haqiga qo‘shimcha 100 foiz ustama olishi mumkin

O‘zbekistonning davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan vazirliklari, idoralari va boshqa tashkilotlaridagi AKTga ixtisoslashga…


Foto: Spot

Mazkur me’yor Vazirlar Mahkamasining bir qator normativ hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qarorida ko‘zda tutilgan, deyiladi xabarda. Avval bunday xodimlar 50 foiz miqdorida ustama haq olishi mumkin edi.

Ustamani belgilash omillari qatoriga elektron hujjat aylanishidan samarali foydalanish. AKT tuzilmalarining uzluksiz ishini ta’minlash, axborot xavfsizligini ta’minlash, interaktiv davlat xizmatlarini joriy qilish va boshqalar kiradi.

AKT sohasidagi rahbarlar va xodimlarni moddiy qo‘llab-quvvatlash haqida qaror qabul qilishda ularning uch yilda bir marta o‘tkaziladigan attestatsiyada erishgan natijalari hisobga olinadi.


@Ustozlarga