Davlat raqam belgisini yechib harakatlanish holatlari yuzasidan reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda
IIBB Axborot xizmatiToshkent viloyati IIBB Yo'l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan Poytaxtni voha va vodiy viloyatlari bilan bogʻlovchi hamda Boʻstonliq tumaniga olib boruvchi avtomobil yoʻllarida kuchaytirilgan nazorat-reyd tadbirlari tashkil etilmoqda.
Jarayonda transport vositalarining davlat raqam belgilarini yechib yoki yashirib harakatlanish holatlariga alohida eʼtibor qaratilib, aniqlangan shu kabi qoidabuzarliklar yuzasidan hujjatlar rasmiylashtirilib, avtoulovlar vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirilmoqda.
Toshkent viloyati IIBB barcha haydovchilardan belgilangan qonun talablariga amal qilgan holda davlat raqam belgisini yechmaslikni va yoʻl harakati qoidalariga amal qilishlarini soʻraydi.
Hurmatli haydovchilar, unutmang, umr tezlikdan muhim!
IIBB Axborot xizmati
Report content on this page