Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomning mazmun va mohiyatiga bag‘ishlangan onlayn seminar o‘tkazildi
EconomyMoliyaPressDavlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 3583, 2024-yil 12-dekabr) mazmuni va ahamiyati to‘g‘risida ichki audit xizmati xodimlariga ma’lumot berish hamda uni amaliyotga tatbiq etish masalalarini muhokama qilish maqsadida joriy yilning 18-dekabr kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi mutaxasislari va vazirlik va idoralarning ichki audit xizmatlari xodimlari ishtirokida onlayn seminar tashkil etildi.
Onlayn seminarni Iqtisodiyot va moliya vazirligi Davlat organlarining ichki audit tuzilmalari faoliyatini rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i Azamat Jabborov kirish so‘zi bilan ochib berdi. U o‘z kirish so‘zida ichki audit xizmatlari faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, ichki audit xizmati xodimlarning samaradorligini baholashning zaruriyati va ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shundan so‘ng, Ichki audit tuzilmalari faoliyatini uslubiy ta’minlash va sertifikatlashni tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Mamirjon Jaloliddinov Davlat organlari va tashkilotlarining ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi to‘g‘risidagi nizomning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bilan so‘zga chiqdi.
Taqdimotda quyidagilar atroflicha muhokama qilindi:
– ichki audit xizmati xodimining faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha xorijiy tajriba;
– ichki audit xizmati xodimlari faoliyatining eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari va ularni hisoblash;
– ichki audit xizmati rahbari va xodimining faoliyati samaradorligi reytingini yuritish.
Seminar davomida vazirlik va idoralar ichki audit xizmati rahbarlari hamda xodimlari tomonidan berilgan savollarga Iqtisodiyot va moliya vazirligi xodimlari tomonidan atroflicha javob va ma’lumotlar berildi.
Seminar qizg‘in muhokama, bahs va munozara ko‘rinishida bo‘lib o‘tdi. Kelajakda ham ichki audit xizmati faoliyatiga doir shu kabi seminarlar tashkil etilishiga kelishib olindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati