“Davlat idoralari o‘z avtoparkini elektromobillar bilan yangilamoqda” mavzusi yuzasidan munosabat

“Davlat idoralari o‘z avtoparkini elektromobillar bilan yangilamoqda” mavzusi yuzasidan munosabat

EconomyMoliyaPress

“Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq bugungi kunda davlat xaridlarida jamoatchilik nazorati ochiqlik va shaffoflik prinsiplarini ro‘yobga chiqarish vositasi sifatida amalga oshirib kelinmoqda. Buning natijasida so‘nggi vaqtlarda davlat xaridlari bo‘yicha ko‘plab ma’lumotlar ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilmoqda.

Xususan, bir qator hokimliklar tomonidan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tashkil etilgan “Mehr daftari” jamg‘armasi hisobidan” avtomashinalar xarid qilingani mavzusi ham jamoatchilikning keng muhokamalariga sabab bo‘lmoqda.

Hukumat qaroriga asosan tashkil etilgan “Mehr daftari” jamg‘armasi yuridik shaxs hisoblanmaydi hamda uning mablag‘lari hududiy hokimliklarning budjetdan tashqari jamg‘armalari shaklida ochilgan hisobvaraqlarda jamlanadi.

Bugungi kunda davlat xaridlari portali vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga integratsiyalashgan bo‘lib, dasturiy majmuada barcha ma’lumotlar buyurtmachilarning STIR raqamlari orqali shakllantiriladi.

Jumladan, jamg‘armalar hokimliklar huzurida tashkil etilgani sababli ushbu jamg‘armalar mazkur hokimliklarning STIR raqamlariga bog‘langani ma’lum bo‘ldi.

Shunga ko‘ra, jamoatchilikning e’tirozlariga sabab bo‘layotgan holatlarda nazarda tutilgan shartnomalar ham “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan emas, balki hokimliklarning qo‘shimcha mablag‘lari hisobidan tuzilgan.

Ta’kidlash joizki, Iqtisodiyot va moliya vazirligi ommaviy axborot vositalarining faolligini qo‘llab-quvvatlaydi hamda hamkorlikda faoliyat olib borishga tayyorligini bildiradi.

 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page