Budjet va korporativ buyurtmachilar hamda tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot

Budjet va korporativ buyurtmachilar hamda tadbirkorlik subyektlari bilan ochiq muloqot

EconomyMoliyaPress

Iqtisodiyot va moliya vazirligining tashabbusi bilan “Biznesga koʻmak” tamoyili asosida hududlarda amaliy seminarlar oʻtkazib kelinmoqda.

Ushbu tadbirlardan koʻzlangan maqsad tadbirkorlarning davlat xaridlari sohasidagi bilim va koʻnikmalarini oshirish hamda ularga sohada olib borilayotgan islohotlar va kelgusidagi rejalar haqida maʼlumot berishdan iborat.

Seminarlarda davlat xaridlari sohasida tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, davlat xaridlari elektron tizimining ishlash tartibi hamda amalga oshirilgan davlat xaridlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiqlangani bilan bir qatorda sohada yechimini kutayotgan masalalar ham muhokama qilinmoqda.

Shuningdek, davlat xaridlarida ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlik subyektlari uchun seminar davomida davlat xaridlarining elektron tizimidan roʻyxatdan oʻtish imkoniyati yaratib berilmoqda.

Shu bilan birga, ushbu tadbirlar doirasida hududlarda faoliyat olib borayotgan korporativ buyurtmachilarning (davlat korxonalari) davlat xaridlaridagi ishtirokini kengaytirish boʻyicha hududiy hokimliklar bilan birgalikda tizimli ishlar tashkil qilib borilmoqda.

Yuqoridagilar bilan birga sеminarlar davomida ishtirokchilarga davlat xaridlari sohasida “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida amalga oshirilgan amaliy chora-tadbirlar hamda istiqboldagi rejalar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berilmoqda.

Bugungi kunga qadar (20–23-noyabr kunlari) ushbu tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi hamda Andijon, Jizzax, Namangan, Samarqand, Sirdaryo va Fargʻona viloyatlarida tashkil etildi. 

Iqtisodiyot va moliya vazirligi

Axborot xizmati


Report Page