Data Structure and Algorithm.
Otabek NurmatovBu gaplarni hamma gapiradi ammo o'zi bular nima va nima uchun kerakligini shu postda qisqacha o'rganib ketamiz. Let's go!
Data Structure o'zi nima?
Data Structure so'zi Ingliz tilidan O'zbek tiliga tarjima qilinsa:
- Data - Ma'lumotlar
- Structure - Tuzulishi
Umumiy qilganda esa Ma'lumotlar tuzilmasi deb tarjima qilinadi. U bizga o'zi nimaga kerak degan savolni bera ko'rmang, chunki siz doim yozadigan stringlar, number, integer, bigInt, float, Boolean va h.k.z bularning barchasi aynan data structure xisoblanadi.
Data Structure xuddi bir tortmaga o'xshaydi unga nimani solib saqlab qo'ysangiz u uni ichida saqlaydi. Qachon o'sha saqlagan tortmangizni ochsangiz uni olishingiz mumkin bo'ladi. Kompyuterlar ham huddi shu yo'l bilan ma'lumotlarni RAM (Random Access Memory)da saqlab boradi.
Siz: Ey dasturlash tili, "name" o'zgaruvchisini saqlab qol
Dasturlash tili: ⬇️

O'zgaruvchilarga saqlangan ma'lumotlar RAMda saqlanadi va o'zgaruvchilar bir vaqtni o'zida ham sizni ma'lumotingizni va RAMda saqlanib turgan manzilini o'zida saqlab turadi.
Siz: Ey Dasturlash tili, menga "name" o'zgaruvchisidagi qiymatni ber
Dasturlash tili: ⬇️

Yoki mana bunday
Dasturlash tili: ⬇️

Ko'rib turibsizku u oddiy narsa. Agar siz Data Type deyayotgan bo'lsangiz bugundan uni nomini Data Structure ga o'zgartiring 😎
Misol uchun: Array (List) ko'p ma'lumotlarni bitta o'zgaruvchida saqlab turadi.
Yokida HashTable - key : value qilib saqlab turadi. U har xil dasturlash tillarida har xil ataladi misol uchun: JavaScriptda Object, Javada HashMap, Goda Map va Pythonda Dictionary deyiladi.
Xatto SQL bazalar ham Data Structure ishlatishadi. Agarda siz ham DS ni o'rgansangiz xuddi SQLga o'xshagan texnologiya yaratuvchisi bo'lasiz, ishlatuvchi emas.
Algorithm o'zi nima?
Algorithm bu murakkab formulalar emas balkim harakatlar ketma-ketligi degani.
Algorithm bu biror topshiriqni bajarish uchun bajariladigan harakatlar ketma-ketligiga aytiladi.
Misol uchun Choy damlash Algorithmini ko'radigan bo'lsak:
1 - Suvni olasiz

2 - choy qaynatgichga solib uni gazga qo'yasiz

3 - qaynagan suvni olib krujkaga quyasiz va choy solasiz...

Ko'rib turibsizki mana shu narsa Algorithm deyiladi.
To'g'ri Data Structure tanlash muammoni 70% tezlashtiradi. To'g'ri Algorithm esa dastur ishlashini tezlashtiradi.
Hozircha shular edi. Keyingi epizodda ko'rishguncha
Poka poka
Tech Channel: @unotech_log
Channel for Non Techincal Stuff: @otabeknurmatov_1