Dasturlash tillari

Dasturlash tillari



Foydalanuvchi kompyuter bilan muloqat qilish uchun kompyuter “tili” ni bilishi ham talab qilinadi. Kompyuter tushunadiga “til” dasturlash tili deb ataladi. Biror masalani kompyuterda yechish uchun, avvalo, uning algoritmi tuzilishi va bu algoritmni kompyuter tushunadigan ko`rsatmalar va qonun-qoidalar asosida yozilishi kerak bo`ladi. Bu yozuv dastur bajarishi mumkin bo`lgan ko`rsatmalarning izchil tartibidan iborat boʻladi. 

 Hozirgi kunda hisoblash, muhandis-texnik, iqtisodiy, matnli va sonli axborotlarni taxlil qilish va boshqa masalalarni yechish uchun yuqori darajadagi dasturlash tillari mavjud. Bular jumlasiga Beysik, Fortrant, Paskal, Kobol va boshqa tillarni kiritish mumkin.

 Hozirgi kunda IT sohasida eng koʻp foydalanilayotgan tillar: C#, Java, Ruby, Python, Delphi, Swift, C++ va boshqalardir. 

 Dasturlash tillari vazifasi, uslubi va qoʻllanilishi jihatidan turli xil yoʻnalishlarga ega hisoblanadi. Masalan, internet sahifa va grafika tuzish, kompyuter yoki mobil telefonlar uchun ilova va oʻyinlar yaratish, saytlarni boshqarish va xavfsizlik tizimlarini tashkil etish kabi ishlar maʼlum bir tillar yordamidan amalga oshiriladi. 

Published By UX Team

Report Page