Dasturlash sohasini tanlash uchun 10 ta sabab

Dasturlash sohasini tanlash uchun 10 ta sabab

Javohir Rajabov

🤔Nega siz aynan dasturlash sohasini tanlashingiz kerak? Keling men sizga nega aynan dasturlash sohasini tanlashingiz uchun 10 ta sababni aytib o'taman.


🔹Fikrlash. Dasturchi bu kod yozuvchi emas, dasturchi bu dastur uchun kerakli algoritm tuzuvchi insondir. Dasturchilar miyasi ishi davomida har doim fikrlaydilar. Har kuni yangi narsalar ustida bosh qotiradilar. Biz buni foydali hislat deb hisoblashimiz mumkin.


🔹Erkin grafik. Dasturchilar o'zlariga ma'qul bo'lgan grafikda ishlash imkoniyatiga egalar. Agar huddi shunday grafikda ish beruvchi topilmagan taqdirda ham muammo yo'q. Freelance saytlar bekorga ochilmagan=)


🔹Ish o'rinlarining haddan tashqari ko'pligi. Statistikaga ko'ra 2020-yilda 1.4mln dasturchiga ehtiyoj bor bo'lgan va bularning atigi 400 mingtasi dasturchilar tomonidan to'ldirilgan. Ammo bu shunchaki statistika. Statistikaga kiritilmagan ishlar qancha...


🔹Masofadan turib ishlash imkoniyati. Ayni damda agar pandemiya choralari yana kuchaytirilgan taqdirda hech qaysi dasturchi ishsiz qolmasligi tayin. Sababi ularning ishlashi uchun uydan ertalab 8 da chiqib avtobus kutib o'tirishlari, va ishxonadan kechgi vaqtda qaytishlari shart emas. Ular o'z uylarida ham bemalol ishlarini davom ettira oladilar(Agar bunga xafsala qilishmasa albatta😊)


🔹Erkinlik. Dasturchilar har doim ham maoshni boshliqdan olmaydilar. Agar ular xohlashsa va o'sha darajaga yetishsa o'zlari IT kompaniya ochishlari mumkin. Va bu vaziyatda ular ishchi emas boshliq vazifasini o'taydilar. Qolaversa, yuqorida aytib o'tganimiz Freelance da ham ish haqingizni to'g'ridan-to'g'ri mijozning qo'lidan olish imkoniyatiga egasiz.


🔹Ishga kirishdagi boshog'riqlardan uzoqlashish. Ha, bu ham dasturlash sohasining eng ajoyib imkoniyatlaridan biri. Diqqat bilan o'qing: Hech qayerda dasturchini ishga olish vaqtida dasturchidan qayerda o'qigani, qanaqa diplomi borligi haqida so'rashmaydi. Faqatgina portfolioni ko'rsatsangiz bas)


🔹Kreativlik. Yuqorida aytib o'tgan 1-sababimizda dasturchilar har doim fikrlaydi dedik. Har kuni yangi muammolarni, turli xil yechimlarda hal qilgan inson miyasi kreativligi oshib boradi. Kreativlik esa dasturlashdan tashqarida ham insonga katta yordam beradi.


🔹Yorqin kelajak. Siz dasturchi bo'lgan holda o'zingiz xohlagan va qurbingiz yetgan davlatlarga sayohat qilishingiz va hatto o'sha yerda ishlashingiz ham mumkin. Albatta nasib qilsa😇


🔹Doimiy motivatsiya. Inson uchun motivatsiya har doim kerak. Dasturchilar uchun esa 2 karra. Agarda siz dasturlash sohasiga kirib, uni o'rganishni boshlasangiz sizga tavsiyam shuki, turli xil rasmiy va norasmiy meetuplar, o'z kasbining ustalari yig'iladigan tadbirlarga borib ularni tinglashni tavsiya qilgan bo'lar edim. Va undan tashqari shaxsiy tavsiyam, har oy 1 dona badiiy kitob o'qishni o'zingizning rejalaringiz orasiga kiriting. Albatta bu maslahatlarni dasturchi bo'lmaganlarga ham beraman, siz dasturchi bo'lganingizdan so'ng albatta bu kabi narsalarga vaqt ajrata olasiz va bunga majbursiz ham. Chunki siz doimiy ravishda ishlab, motivatsiyangizni yo'qotib qo'yishingiz mumkin.


🔹 Yuqori maosh. Bu borada yozishga hojat yo'qligini bilsamda yozishga majburman. Yozmasam SMM bo'yicha ustozim Abduvosiq akadan gap eshitishim mumkin😅 

U.S. News & World Report nashri aniqlagan statistikaga ko'ra, o'z kasbini ustasi bo'lgan, professional web dasturchilar uchun yillik o'rtacha maosh 64.970$ tashkil etar ekan. Ish haqi web dasturlashni o'rganish yoki o'rganmaslik to'g'risida qaror qabul qilishda yagona omil bo'lmasligi kerak, ammo buni e'tiborga olish kerak.



🌐 Statistikaga oid manbalar Elzodxon.me saytidan olindi.



@Javohirs_blog

Report Page