Dasturlash nima?

Dasturlash
- biron vazifani qanday bajarishini kompyuterga aytib beradigan ko'rsatmalar to'plami;
- kompyuterga ba’zi operatsiyalarni qanday bajarishni buyurish;
- kompyuterlar va boshqa mikroprosersorli elektron mashinalar uchun dasturlar tuzish, sinash va oʻzgartirish jarayoni.
Odatda dasturlash yuqori saviyali dasturlash tillari (Delphi, Java, C++, Python) vositasida amalga oshiriladi. Bu dasturlash tillarining semantikasi odam tiliga yaqinligi tufayli dastur tuzish jarayoni ancha oson kechadi. Ko’rsatmalar to’plami kodlardan tashkil topgan bo’lib, bu kodlar dasturchi (programmist), ya’ni sizu bizga o’xshagan odamlar tomonidan yozilgan bo’ladi. Agar siz oldin hech kod yozmagan bo’lsangiz, hech boʻlmaganda mavjud ilovalardagi tugmalarni bosib kompyuter bilan muloqot qilib koʻrgansiz. Aslida, bu ilovalar komputerga ilovani qanday ko’rsatishni, ma’lumotlarni qayerda saqlash va olib chiqib berishni, hamda siz sichqonchani bosganinizda qanday javob qaytarishni aytadigan kodlardan tashkil topgan.
Kompyuterga biron vazifani bajarishi uchun siz kodlar ketma – ketligini yozasizu dasturchiga aylanasiz va dasturlashni yuzaga keltirasiz.

Dasturchining ishini yaxshi tushunish ya’ni dasturlashni anglash uchun kompyuteringiz, telefoningiz va yoki boshqa qurilmalaringizga bir e’tibor bering! Ko’plab dasturlarga, o’yinlarga ko’zingiz tushadi, shulardan biri hozirda koʻpchilik tomonidan ishlatib kelinayotgan Telegram yoki IMO bo’lishi ham mumkin. Bular dasturchi tomonidan tuzilgan. Dasturchining ishi ham shunday ilovalar, veb sahifalar tuzishdan iborat boʻladi.