Dasturlash kasbiy ta'lim dasturi haqida ma'lumot

Dasturlash kasbiy ta'lim dasturi haqida ma'lumot

Najot Ta'limJanuary 26, 2023

📌 «Najot Ta'lim» markazida dasturlash sohasiga endigina kirib kelmoqchi bo'lgan yigit-qizlar uchun «Dasturlash kasbiy ta'lim» dasturi joriy etilgan. 

Bu umumiy 1 yillik ta'lim dasturi bo'lib, sohaga endigina kirib kelmoqchi bo'lganlar uchun moslangan. 

Kurs ikki qismdan iborat bo'lib, «Bootcamp-foundation» va «Bootcamp-result» bosqichlariga bo'lingan. 


⏳ Kurslar muddati:

«Bootcamp-foundation 5 oy haftada 5 kun 2-3 soatdan;

«Bootcamp-result» 6 oy haftada 5 kun, 4-4.5 soatdan bo'lib o'tadi.

Kursga nomzodlar kirish sinovlari orqali qabul qilinadi. Sinov imtihonlarida nomzodlarning IQ (mantiqiy fikrlash) va Ingliz tilini bilish darajasi test sinovlari orqali sinovdan o'tkaziladi. 

Savollar bo'yicha namuna:

Kursga qabul qilingan o'quvchilar dastlab «Bootcamp-foundation» bosqichida dasturlash haqida umumiy tushunchalar, uning asoslarini o'rganish imkoniyatiga ega bo'ladilar. 

Bu bosqichda C va Python tillariga oid bilim va boshlang'ich tushunchalar o'rgatiladi. 

Ushbu bosqichni tamomlagan o'quvchilar «Bootcamp-result» bosqichidagi o'tish imtihonlarining natijasi va qiziqishlariga qarab mutaxassislik kurslarida ta'lim olishlari mumkin. 

Mutaxassislik yo'nalishlari quyidagilar*:

• Flutter;

• Frontend;

• Full Stack (Node JS + Vue JS)

• .NET (dotNET).

* Bozordagi talab va takliflardan kelib chiqib, ushbu kurslar ro'yxati yangilanishi mumkin.

Dasturning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan o'quvchilar o'z sohalari bo'yicha ish faoliyatlarini boshlash imkoniyatiga ega bo'ladi. 

«Najot Ta'lim» markazi o'quvchilarni ish bilan ta'minlash majburiyatini olmagan. Lekin bitiruvchilarimizning o'rtacha 80-90 foizi kursni tamomlab, ish faoliyatlarini boshlashmoqda. 

Siz ham kelajagingizni dasturlash sohasi bilan bog'lash niyatida bo'lsangiz, kursning sinov imtihonlariga ro'yxatdan o'ting.

👉 Ro'yxatdan o'tish




Report Page