Bootcamp Foundation kurslari

Bootcamp Foundation kurslari

Najot Ta'lim

«Najot Ta'lim» markazida dasturlash sohasiga endigina kirib kelmoqchi bo'lgan yigit-qizlar uchun «Bootcamp Foundation» kurslari joriy etilgan. Bu kursga qabul yilda 4 marotaba ochilar edi. Ushbu an'anani davom ettirgan holda, yozgi qabulga start beramiz.

⏳ Kurs muddati:

«Bootcamp-Foundation» 4 oy
Haftada 3 kun 3 soatdan


Bootcamp-Foundation bosqichi dasturlashga ilk qadam qo‘yayotganlar uchun hisoblanadi. Bu bosqichda C va Python dasturlash tillarining asoslari o‘rgatiladi va bonus tarzida kompyuter savodxonligi darslari taqdim etiladi. Bootcamp-Foundation bosqichida dasturlash strukturasi, dasturlash mantig'i, uning algoritmi, dastur yaratilgandan keyin uning orqa fonida qanday prosseslar bo‘layotganini to‘laqonli tarzda anglab yetasiz.
Bootcamp-Foundation bosqichi sizga dasturlashning ma’lum bir yo‘nalishini tanlashingizda yordam bo‘ladi. Masalan, siz uchun frontend qulaymi yoki backend bilib olasiz. Buni bilish bilan birgalikda, mutaxassislik kursimizda mavzularni qiynalmasdan o'zlashtirasiz, sababi siz, dasturlash mantig’ini bilasiz va bu bosqichdan so‘ng boshqa dasturlash tillarini oson o‘zlashtirishingiz mumkin.

O'quv reja

📌 1-oy

Komputer qurilmalari, operatsion tizimlar va cloud bilan ishlash
Algoritm, algoritm turlari, chiziqli algoritm, flowgorithm bilan ishlash
C tiliga kirish, identifikatorlar va o'zgaruvchi toifalari
Loop operatorlari


📌 2-oy

Funksiya tushunchasi, bir o‘lchovli seriya (massiv, array)
Pointer tushunchasi, ikki o‘lchovli seriya (matrix, 2D)
Char seriyasi, iterative and Recursive function
Dinamik xotira bilan ishlash, fayllar (Matnli fayllarga ma’lumot yozish)
Kichik loyiha orqali bilimlarni mustahkamlash


📌 3-oy

Git va GitHub, Python dasturlash tiliga kirish,
Shartli va takrorlanuvchi operatorlar
Non-primitive typelar (Tuple va list, set va dictionary)
Funksiya, rekursiya va lambda funksiya
TXT, BIN, JSON fayllar bilan ishlash


📌4-oy

OOP (Object Oriented Programming)
PYQT
SQL
Pythonni SQL'ga ulash
O'rganilgan bilimlar bo'yicha loyiha ustida ishlash

Bootcamp-Foundation bosqichini tamomlagan o'quvchilar «Bootcamp-Result» bosqichidagi o'tish imtihonlarining natijasi va qiziqishlariga qarab mutaxassislik kurslarida ta'lim olishlari mumkin. 

Dasturning barcha bosqichlarini muvaffaqiyatli tamomlagan o'quvchilar o'z sohalari bo'yicha ish faoliyatlarini boshlash imkoniyatiga ega bo'ladi. 

Bitiruvchilarimizning o'rtacha 75-85 foizi kursni tamomlab, ish faoliyatlarini boshlashmoqda. 

Siz ham kelajagingizni dasturlash sohasi bilan bog'lash niyatida bo'lsangiz, yozgi qabulda o'z o'rningizni band qildiring

👉 Ro'yxatdan o'tish

Maxsus chegirmalar

  1. Ayol-qizlar uchun maxsus 10% chegirma 
  2. Ingliz tilidan B2 sertifikati boʻlganlarga 10% chegirma 
  3. Bir oiladan ikki farzand kursga yozilsa, 15% chegirma mavjud 


Bootcamp Foundation kursining narxi

Oyiga: 1 650 000 so'm.

Bittada umumiy toʻlov qilinsa: 5 900 000 so'm. (Shunda siz 700 000 ming tejab qolasiz)





Report Page