Dasturlash haqida (bilmaganlarga)
Progress Academy
Ko'pchilikdan sohamni dasturlashga oʻzgartirsammikin degan fikrlarni eshitamiz. Ayniqsa, chet elga chiqqanlarning koʻpchiligi bunday hayolga borgan. Ular uchun bu sohaning baland-pastini sohani oʻzgartirishdan avval bilish faqat foyda keltiradi degan oʻy bilan ushbu maqolani yozishga qaror qildik.
Dasturlash — bu sizning biror bir muammoni hal qilish uchun kompyuterning ulkan imkoniyatlarini foydalanish qobiliyati. Buning uchun siz kompyuterga buyruq bera olishingiz kerak. Lekin bu eshitilganchalik oson ish emas. Kompyuter masalani hal qilishda har qanday insondan tez lekin u insonchalik "farosatli" emas. Masalan, Ukangiz yoki singlingizga juda oddiy tuyulgan choy damlashni 2 ogʻiz soʻz bilan buyurasiz. Kompyuterga bunday sodda buyruq ketmaydi: choy damlash qanaqa jarayon ekanligini tushuntirishingiz, vazifani bajarish jarayonida qanday detallardan qay tarzda foydalanishni ikir-chikirigacha tushuntirishingiz kerak. Menimcha, nima demoqchiligimni tushundingiz.
Dasturchi ham yaxshi ijodkor, ham kuchli mantiqli boʻlishi kerak. Rassom yoki haykaltarosh kabi ijodkor ahlining ilhomi kelmay siqilib, ichkilikka berilganini kinolarda yoki hayotda koʻrgan boʻlsangiz kerak. Dasturchilarda xuddi shunaqa holat koʻp boʻladi:
- Ishni topshirish muxlati juda yaqin lekin katta qismi hali tayyormas;
- Kutilmagan muammo chiqdi va uni umuman yechimini topolmayapsiz;
- Koʻpchilik dam olish kunlari dam oladi, yozda oromgohlarga ketadi. Sizda bunday imkoniyat judayam kam boʻladi. Sababi: tinimsiz oʻz ustingizda ishlashingiz, yangi narsalarni oʻrganishingiz kerak. Hindistonning bir shaharchasidagi yigit ham sizning raqobatdoshingiz. Bu soha umuman chegara bilmaydi.
Juda qoʻrqitib yubormadikmi?)) Endi yaxshi tomonlarini aytsam:
- Hech biror narsa yasab koʻrganmisiz? Agar yasab ko'rmagan boʻlsangiz, xafa boʻlmangku, lekin bu dunyoga hali kelmapsiz;
- Borgan sari bilimingiz ortib borayotganini, ustozim tariflari bilan aytganda, kuchli dasturchiga aylanib borayotganingizni sezasiz.
Menimcha, agar ushbu xususiyatlar sizda boʻlsa, siz dasturlash sohasiga oʻtishni eplaysiz:
- Maktab paytingizda matematika, informatika yoki fizika kabi fanlarga qiziqqan va yaxshi oʻqigan boʻlsangiz;
- Qandaydir gʻoyangiz boru, uni oʻzingiz amalga oshirishni istaysiz;
- Tasavvur qiling, bu soha "moda"dan qoldi va unaqa katta oylik ham toʻlanmay qoʻydi. Shundayam oʻzgartirishni istasangiz (bunday deyishimga sabab dasturlashni boshlaganingizdan anchagacha yaxshi maosh olishdan umidingizni uzing);
- Umuman olganda, agar siz dasturlashni sevsangiz, bu erkaliklarini koʻtarish unchalik qiyinmas (ichib-chekish ham shartmas).
"Progress Academy" - Zamonaviy kasblar akademiyasida quyidagi yo'nalishlar bo'yicha dasturlar kurslari tashkil etilgan:
- Veb dasturlash | Frontend
- Veb dasturlash | Backend
Bundan tashqari Grafik dizayn, Veb dizayn, Arxitektura, Marketing va SMM kurslari ham mavjud!
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Kichik halqa yoʻli 19-A uy
Moʻljal: AsiaUz supermarketi va Chimboy chorrahasi
Qo'ng'iroq qiling yoki adminga yozing!
Telefon: +998 97 140 14 10
Administrator: https://t.me/progresuz
Telegram'dagi kanal: https://t.me/progressuzb
Facebook: https://www.facebook.com/progressuzb