Dasturimizdan xalqimiz, keng jamoatchilik e’tiborida turgan muammolar yechimiga oid takliflar o‘rin olgan

Dasturimizdan xalqimiz, keng jamoatchilik e’tiborida turgan muammolar yechimiga oid takliflar o‘rin olgan


Bugun Urganch davlat universitetida O‘zbekiston Ekologik partiyasi Markaziy Kengashi raisi Abdushukur Xamzayev ishtirokida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.  


Unda O‘zbekiston Ekologik partiyasining saylovoldi dasturidan o‘rin olgan eng muhim tashabbuslar, ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritildi.


Uchrashuvda so‘zga chiqqan A.Xamzayev partiyaning kelgusi besh yillikka mo‘ljallangan saylovoldi dasturidan bugungi va kelajak avlod uchun qulay atrof-muhitni yaratish, xavfsiz va samarali bo‘lgan yashil iqtisodiyotga o‘tish, bir so‘z bilan aytganda mamlakatimizda yashil va musaffo hayot barpo etishning ustuvor yo‘nalishlari o‘z ifodasini topdi. Xalqimiz, keng jamoatchilik e’tiborida turgan muammolar yechimiga oid tashabbus va takliflar o‘rin olganini ta’kidlab o‘tdi.


Shuningdek, atmosferaga tashlamalarning keskin ortishini oldini olish maqsadida ilgari surilayotgan bir qator tashabbuslarga ham to‘xtalib o‘tildi.


Jumladan:


- 2030 yilga qadar issiqxona gazlari emissiyasini 65 foizga qisqartirish;


- ekologik monitoringni yuritishda, atrof-muhitga yetkazilgan zararni aniqlash va baholashda sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish amaliyotini yo‘lga qo‘yish;


- 2035 yilgacha avtomobilsozlik sanoatini to‘liq elektromobil ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish;


- 2050 yilga qadar uglerod neytralligi va nol emissiyaga erishish;


- jamoat transportini elektrobuslar hisobidan rivojlantirish, elektrobuslarni zaryadlash stansiyalarini qurish uchun tadbirkorlarga yer maydonlarini ajratishga qaratilgan takliflar saylovchilarga manzur bo‘ldi.


Uchrashuv yakuni saylovchilar fikr-mulohazalarini bildirib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.





Report Page