Dasturchilar va ijodkorlarning ish stimulyatorlari

Dasturchilar va ijodkorlarning ish stimulyatorlari

UIC Group

Sog'liq - bu birinchi navbatda, jismoniy harakat. Aql bilan ishlashda tanangizni unutmang. Ushbu maqolada sog'liqni yaxshilash bo'yicha maslahatlar beramiz.

1. Jismoniy mashqlar.

Fitnes zallarida, suzish havzalarida darhol ro'yxatdan o'tishingiz shart emas - oddiy yurishdan boshlashingiz mimkin. Inson organizmi zo'riqishni yoqtirmaydi. Sayr qilishdan tez zerikmaslik uchun turli vazifalarni o'ylab toping masalan, uyingizdan uzoqroq joylashgan do'konlarga boring, do'stlaringiz bilan yoki o'zingiz uchun sayrga chiqing. Agar sayrga chiqsangiz qiziqarli podkastlarni tinglang, chunki siz kabi odamlarning miyasi ko'p funktsionallik ishlarga o'rganib qolgan va oddiy sayr sizni zeriktirib qo'yishi mumkin.

2) Ovqatlanish

Sayr qildingiz, energiyangiz sarflandi, endi uni qayta tiklash yo'llari haqida gapiraylik. Buning oson yoli - ovqatlaninsh va uyqu. Bizga ishoning, insoniyat xali bundan yaxshi va samarali yo'lni topa olmadi. Uyqu yoki organizmlarning normal ishlashiga to'sqinlik qiladigan ovqatlarni ratsioningizdan chiqarib tashlashga harakat qiling. Avvalo, bu qahva. Biz sizga umuman qahva ichmang demaymiz, ayniqsa. Faqat uni 15:00 dan keyin ichmaslikka harakat qiling, shunda qahva sizning uyqu tartibingizni buzmaydi. Agar siz qahva ichishni juda yaxshi ko'rsangiz, ertalab, nonushtadan so'ng iching va undan keyin kun davomida ko'p suv ichishni unutmang.

3) Uyqu

Ko'pgina dasturchilar ishlarini uyqudan afzal ko'radilar. Lekin bu noto'g'ri tanlov. Uyqudan keyin miyangiz 4 marta samarali ishlaydi. Agar siz hali ham kechasi uxlay olmasangiz, qahva ichishga shoshilmang, undan yaxshi yo'l bor. 15 daqiqali kunduzgi uyqu sizning kuchingizni har qanday qahva va energiyadan yaxshiroq tiklaydi.


UIC Group


Report Page