Dastur nima?
Dastur:
- maʼlum bir vazifani bajarish uchun kompyuter tomonidan amalga oshiriladigan buyruqlar tizimi
- biror-bir muammoni yechish, vazifani bajarish maqsadida sintaksisga koʻra yozilgan kodlar jamlanmasi
maʼnolarini beradi.
Dastur - kompyuter foydalanuvchisining asosiy vositalaridan biridir. Kompyuterda yuzaga keladigan barcha jarayonlar dasturlarsiz amalga oshirilmaydi. Operatsion tizimlar, oʻyinlar, ilovalar dasturlardir. Siz video tomosha qilasiz yoki musiqa tinglaysiz - bularning barchasi dastur yordamida sodir bo'ladi.

Published By UX Team