Darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari nega qimmatlashdi?

Darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari nega qimmatlashdi?

@Geoedu_uz

Xabaringiz bor, 2022-2023 o‘quv yili uchun darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari ma'lum qilindi. Ammo ijara narxlarining keskin oshirilgani jamoatchilik orasida keskin muhokamalarga sabab bo‘lyapti.


Xabaringiz bor, bu yil dunyo bozorida qog‘oz narxi 2022 yilning o‘zida 60-70 foizga oshib ketti. Bu esa darsliklarni chop etish uchun harajatlarning ham oshib ketishiga olib kelgan.


O‘tgan yili darsliklar to‘plamlarining ijara narxlari 32 ming so‘mdan 54 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorni tashkil etgan. Bu yil esa 68 ming so‘mdan boshlanib, 119 ming so‘mgacha bo‘lgan miqdorni tashkil etyapti.


Xalq ta’limi vazirlining ma'lum qilishicha, ijara to‘lovi miqdorlari darsliklar uchun amalga oshirilgan xarajatlardan kelib chiqib, bir dona darslik uchun yagona summasini to‘plamdagi darslik va mashq daftarlari soniga ko‘paytirish yo‘li orqali belgilanadi. Bunda yagona summa barcha sinf va ta’lim tillar uchun bir xil etib belgilanadi.


Joriy o‘quv yilida o‘rtacha bir dona darslik (mashq daftari) uchun yagona ijara to‘lovi 5 707 so‘mni tashkil etmoqda va o‘tgan o‘quv yilidagi miqdor (2 740 so‘m)ga nisbatan 2 967 so‘mga (108%) oshgan.


Istaymizmi yo‘qmi ijara narxlarini kamaytirishning endi imkoni bo‘lmasa kerak. Chunki darsliklar chop etish uchun harajatlar sarf qilib bo‘lingan. Bu to‘lovlarni ota-onalardan yig‘ib olishda esa anchagina muammolar chiqishi tabiiy hol.


Shu sababli ota-onalarga bu vaziyatni to‘g‘ri tushuntirish uchun keng jamoatchilik vakillari ham yordam berishi kerak. Shuningdek, 3-4 farzandli ota-onalar uchun ushbu to‘lovlarni amalga oshirilishni biroz ortga surib turish ham maqsadga muvofiq.


Shu o‘rinda hududiy hokimliklar ham sharoiti og‘ir, ko‘p farzandli ota-onalarga homiylarni jalb qilgan holda (yoki boshqa manbalar hisobidan) darsliklar uchun ijara to‘lovlarini to‘lashga yordam bersa yaxshi bo‘lardi.


Manba: https://t.me/dokument_zamdirektor/2806


Report Page