Darsda Qatnashish Qo'llanmasi

Darsda Qatnashish Qo'llanmasi

WebDastur.Uz

Bizning dars Telegram va Zello dasturi orqali berib boriladi. Ya'ni rasmlar orqali tushuntirib boriladi. Video ko'rinishida bo'lishi mumkin edi. Lekin sifat yuqori bo'lsa sizning mb yingiz yetmay qolishi mumkin edi.

Zello dasturini play marketdan yoki Telegramdagi kanalimmizdan yuklab olishingiz mumkin kanalimmiz https://t.me/intellectCourse quyida sizga Zello dasturi orqali darsda qatnashish o'rgatilgan.

Dastur o'rnagandan keyin ro'yxatdan o'tamiz quyidagicha.

1 - rasm

Sign up tugmasini bosamiz (Agar oldin siz ro'yxatdan o'tgan bo'lsangiz Sign in ni bosib kirishingiz mumkin). Keyin quyidagicha oyna ochiladi.

Username bo'limiga o'zingiz ishlatadigan nomlarni bering. Misol uchun starwar. Password ga parolingizni yozasiz Email Address bo'limiga o'zingizni emailingizni kiritasiz. Phone Number bo'limiga telefon raqamingizni yozasiz hamda Create tugmasini bosasiz. So'ngra quyidagicha oyna ochiladi.

Name ga ismingizni yozasiz qolganini o'zingiz hohlasangiz to'ldiring. Keyin esa pastroqqa tushsangiz Save tugmasi bor o'shani bossangiz quyidagi oynaga o'tasiz.

Channels bo'limiga o'tasiz. Va pastda turgan ko'k rangli tugmani bosasiz.

Find a channel ni bosasiz quyidagi oyna ochiladi.

Yuqoridagi rasmda qizil bilan belgilangan joyga sizga berilgan kanal nomini yozasiz va lupa belgisini bosasiz. Quyidagicha holat yuz beradi.

Yuqoridagiga o'xshab chiqqan kanal ustiga bosasiz.

+ Add to contacts ni bosasiz.

Sizga berilgan parolni yozib OK tugmasini bosasiz

Tabriklayman siz kursga a'zo bo'ldingiz.

Kurslarda qatnashish uchun https://t.me/webdasturuz bilan bog'laning.


Report Page