Daromadidan ijtimoiy kömak beroladigan tarmoqlar yaratişimiz kerak, yordam beriş uçun daromadidan keçadigan tarmoqlar emas.

Daromadidan ijtimoiy kömak beroladigan tarmoqlar yaratişimiz kerak, yordam beriş uçun daromadidan keçadigan tarmoqlar emas.


Odatda oyiga 300-400 ming sömdan oşmaydigan elektr uçun tölovim 800 ming sömdan oşdi, xursand emasman, lekin bu men işlatgan energiya va uning haqini men tölaşim kerak.

Rostdan ham kömakka muhtoj bölgan aholi qöllab-quvvatlanişi kerak, hamma emas.

Masalan, daromadi 5 mln. sömdan yuqori bölgan qatlam uçun imtiyozli narxdagi 200 kVt norma qöllanilmasin…

Energetika sohasida bozor munosabatlari bölişi şart. Daromadsiz energetika iqtisodiyotni tortmaydi, aksinça unga yuk böladi.

Tizim ta’mirtalab ekanligi uçun ta’minot sifatsiz bölayapdi va iste’molçilarni haqli e’tiroziga sabab bölmoqda. Lekin muntazam ta’mirlaş uçun muntazam daromad bölişi kerak. Daromad körmasa tizim qaçon özgaradi! Davlat byudjeti çegarasiz emas.

Qiyin bölişini hamma tuşunib turibdi, endi bunday davom etolmasligini ham.

Energo resurslarni qiymatidan ikki karra arzonga sotilişi mamlakat iqtisodiyotini, pirovardida xalq turmuşini yomonlaşişiga sabab bölyapti.

Meni xalqim turmuş şaroitini yaxşilaşga xizmat qilişim uçun saylagan, arzon resurslar undirib beriş uçun emas, grajdanin Kolya! İşonaman, sen vatanparvarlar partiyasini saylovlarda muvaffaqiyatiga hissangni qöşasan😉.

Daromadidan ijtimoiy kömak beroladigan tarmoqlar yaratişimiz kerak, yordam beriş uçun daromadidan keçadigan tarmoqlar emas.

Ertaga yaxşi bölişi uçun bugun qiynalamiz, boşqa yöli yöq.

@alisherQodir

Report Page