Daraxtga eʼtibor, tabiatga eʼtibor!
Samarqandda eʼtiborsizligi oqibatida 62 nafar mansabdorlar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan daraxtlarga ziyon yetkazgani uchun 221 mln. so‘m miqdorida jarimaga tortildi.
Bu Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi va uning shahar-tumanlar inspeksiyalari davlat inspektorlari tomonidan Joriy yilning iyun va iyul oylarida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ekilgan ko‘chatlarni parvarish qilish ishlari amalga oshirilishi bo‘yicha olib borilgan nazorat tadbirlarida aniqlangan.
Shu bois, o‘zlariga tegishli bo‘lgan hududlarda ekilgan ko‘chatlarni parvarishlash choralarini ko‘rmagan 62 nafar mansabdorlarga nisbatan, jami 221 mln. so‘m maʼmuriy jarimalar qo‘llanildi.
Eslatib o‘tamiz; Yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan yoki o‘zlariga biriktirilgan hududlarda daraxtlarni muhofaza qilish va saqlashga doir qonunchilikda belgilangan choralarni ko‘rmaganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi “Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksi”ning 79-moddasi 3-qismiga asosan: - mansabdor shaxslarga –BXMning o‘n barobaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Samarqand viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Kanalga qo‘shiling👇👇