Daniel Kahneman decision making

Daniel Kahneman decision making

Ikrom

Demak, miyangizda 26 ni 39 ga ko'paytirib ko'ring.

Shoshmang, siz aytganimni qilmadingizku. Hoziroq o'qishdan to'xtangda 26 ni 39 ga ko'paytiring.

Ko'paytirib ko'rganlar uchun, bu Daniel Kanemanning testi edi. Vazifa juda oddiy, lekin javobni bilmasang hamma ishingni yig'ishtirib fikringni shu vazifaning yechimiga jamlashing zarur. Agar siz yurib ketayotgan bo'lsangiz unda katta ehtimol bilan vazifani bajarish uchun qadamingizni sekinlatdingiz.

Haqiqiysiga fikr qilish aynan shunday bo'ladi. Miyamizda paydo bo'lib so'ng yo'qoladigan va yana paydo bo'ladigan fikrlar esa miyaning intelektual faoliyatiga aloqadorligi juda kam.

Ko'paytirib ko'rmasdan postni o'qishda davom etganlar uchun. Vazifadan bosh tortish tabiiy hol. Bizning miyamiz harqanday aktivlikka qarshi bor kuchi bilan kurashadi. Shuning uchun ham biror murakkabroq vazifani qilmaslik uchun miyada ko'plab bahonalar darrov paydo bo'ladi. Darrov o'ylay boshlaysiz: "avval o'qib chiqaychi, rostdan ham qiziq bo'lsa keyin ko'paytirib ko'rarman".

Lekin, zaldagi trener "bu mashqni 12 martadan 3 podxod takrorlaysan" desa, biz darrov rozi bo'lamiz. Chunki boshqachasiga vazn tashlashning yoki muskullarni chiniqtirishning imkoni yo'qligini juda yaxshi bilamiz. Bu esa shug'ullanish deyiladi. Bilim sohalarida bo'lsa boshqacha yo'l tutamiz. Miyamiz ishlashidan avval qo'limiz "javobni bilish" tugmasiga yuguradi. Ammo, aqlni yanglishgan fikrlar bilan rivojlantirishni imkoni yo'q. Bu borada ham kuchli mehnat va harakat talab etiladi.

https://t.me/matematikadan_repetitor/60


Thinking fast and slow by KAHNEMAN

Ushbu kitob inson ongi stimullari haqida hikoya qiladi. Qilayotgan ishlarimizni nega qilayabmiz?, degan savolga javob qidiradi. Shuningdek, qaror qabul qilish mexanizmiz faoliyati to'g'risida ham qimmatli ma'lumotlar berib o'tadi.

https://t.me/kitobqurti/394


Faraz qiling, Shuhrat 35 yoshda. U juda aqlli va o’z fikrlarini yozma ravishda yaxshi ifoda eta oladi. U internetdan har kuni foydalanadi, atrofida bo’layotgan voqealar, yangiliklar va islohotlarga nisbatan o’z shaxsiy fikriga ega. 

Qaysi birining ehtimoli kattaroq?

- Shuhrat bankda ishlaydi

- Shuhrat bankda ishlaydi va bloger

Yana bir bor o’qib ko’ring, siz qaysi birini tanlagan bo’lardingiz? 

Bu savolning original ko’rishi Kahneman va Tverskining mashhur 1983 yilda yozilgan maqolasidan o’rin olgan Linda ismli ayol haqida edi.

Men savolni o’zgartirib, Shuhratni o’ylab topdim, javobni Googledan hech kim topa olmasin deb.

O’yinimizda 335 da ishtirokchi qatnashdi. 75 foiz ishtirokchi noto’g’ri javobni tanladi, ya’ni Shuhratning bankda ishlashini VA uning bloger ekanlik ehtimolini Shuhratning faqat bankda ishlash ehtimolidan ustun qo’yishdi. Bu yerda eng asosiy e'tibor “va” so’zida.

Shuhratni blogerlarga o'xshash qiyofada, ya’ni fikrini yozma yaxshi ifoda etish, internetdan foydalanish yoki voqealarga nisbatan o’z fikriga ega deb tariflaganim uchun siz uni avtomatik ravishda bloger deb o’yladingiz. Ammo, shu bilan birga siz juda oddiy matematik xatoga yo’l qo’ydingiz:

Ikki hodisaning birgalikda ("qo'shma") sodir bo'lish ehtimoli har doim o’sha ikki hodisaning alohida sodir bo’lishidan kamroq yoki teng bo’ladi. 

Misol uchun Shuhrat ismli 35 yoshli shaxslarning soni 100 ta. Agar tarifga ko’ra ularning 90 tasi bloger va 10 tasi bankda ishlagan taqdirda ham ixtiyoriy tanlangan Shuhratning ham bankir ham bloger bo’lish ehtimoli 0.09 ga teng (0.90*0.10). Shuhratning faqat bankir bo’lish ehtimoli esa 0.1 ga teng (10/100). 

Qiziqarlisi, bu xato sizni intellektual qobiliyatingiz kam ekanligidan dalolat bermaydi. Bu hatoni deyarli hamma qiladi: maktabni bitirgan ham, statistikani o’qigan magistr ham va doktorlik unvoni borlar ham, yoshidan qat’iy nazar. Shuning uchun bu ikkilamchi demografik savollarni so’ragan edim. Yuqoridagi maqolada, Stanford va Berkli talabalarning 80-90 foizi siz kabi xato qilgan. 

https://t.me/uzbekonomics/226


"Thinking Fast and Slow", Daniel Kahneman

mavzu: iste'molchi xulq-atvori (consumer behavior); qaror qabul qilish (decision making)

Taniqli psixolog va iqtisodchi D. Kahneman qalamiga mansub ushbu asar inson ongi to'g'risida yozilgan eng yaxshi ilmiy-ommabop risolalardan biri sifatida keng omma va ziyolilar e'tirofiga erishgan. Unda inson ongining ishlash funksiyalari keng tahlil qilinib, biz qabul qilayotggan qarorlarning tub sabab va qo'zg'atuvchilari haqida so'z boradi.

https://t.me/mahinsworld/4925


Tezkor xulosalar

Oddiy holatda, bizning ongimiz intuitiv his-tuyg'ularga va bizga duch keladigan deyarli hamma narsa haqidagi fikrlarga ega. Biz odamlarni ular haqida yetarlicha ma'lumotga ega bo'lishimizdan ancha oldin yoqtiramiz yoki yoqtirmaymiz; biz hech qanday sababsiz begonalarga ishonamiz yoki ishonmaymiz; biz uning tahliliga kirmasdan ishning muvaffaqiyatli bo'lishini his qilamiz. Biz tushuntira olmaydigan va tasdiqlay olmaydigan ma'lumotlarga asoslanib, ko'pincha bizga to'liq tushunarsiz bo'lgan savollarga javoblarni bilamiz.

Daniel Kahneman, "Sekin o'ylang... Tez qaror qiling" kitobidan

https://t.me/uchnuqtauz/1402


Tez o’ylash va sekin o’ylash. YouTube ko’rish yoki kitob o’qish. Qaysi biri afzal?

YouTubeda qo’yilayotgan turli xil mavzudagi video dasturlar, Telegram, Facebook, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda qisqa va tushunish oson qilib, tahlil qilinayotgan turli muvzulardagi maqolalar. 

Bunday ma’lumotlar shunchalik ko’p va WiFini yoqish bilan har bir insonni o’ziga jalb qilmasdan qolmaydi. YouTube belgisini bosish bilan, “Biznesda muvaffaqiyatga erishishning oson yo’li, qanday qilib tez boyib ketish mumkin?” kabi mavzulardagi videolarni har qanday tilda topish mumkin.

Bularni yozishimdan maqsad, yuqoridagi ijtimoiy tarmoqlarning har biri, insonni kitob o’qishdan uzoqlashtiradi. Inson shunday mavjudotki, har bir narsaga osonlik bilan erishishni, mehnatsiz erishishni, bosh qotirmasdan muammoga yechim topishni istaydi. 

Daniel Kahnemanning “Thinking fast and slow” nomli kitobida ikki xil o’ylash usuli, ya’ni tizim1 va tizim2 ko’rinishida chuqur tahlil qilib berilgan. Tizim1 – bu 4x5=20, ya’ni o’ylab o’tirmasdan muammoning javobini topish, insonning tashqi ko’rinishiga qarab, uning holatiga tezda baho berish mumkin bo’lgan o’ylashdir. Tizim2 esa, 54x67= ? kabi insonni o’ylashga majbur qiladigan, mehnatga undaydigan o’ylashdir. 

Bu ikki tizimning digital zamonga, ya’ni YouTube, telegram va boshqa ijtimoiy tarmoqdagi ma’lumotlar bilan qanday aloqasi bor deysizmi? Bu haqida keyingi postlarimizda…

Kaizen

https://t.me/kitob_ombori/8556


Sekin o'yla, tez qaror qabul qil

 Daniel Kahneman

Taniqli psixolog va iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Daniel Kahneman “Sekin o‘yla, tez qaror qabul qil” xalqaro bestseller kitobida bizni ongimizni kashf etuvchi sayohatga olib boradi va fikrlash tarzimizni boshqaradigan ikkita tizimni tushuntiradi. Birinchi tizim tez, intuitiv va hissiy; ikkinchi tizim sekinroq, mulohaza yurituvchi va mantiqiyroq. Muallifning fikricha, ikki tizim bizning hukmlarimiz va qarorlarimizni shakllantiradi.

https://t.me/Sharqshunos_tahlilchilar/6265


 “Sekin o’ylang... tez qaror qabul qiling”

Daniel Kaneman 

Bizning harakatlarimiz bizning fikrlarimiz bilan belgilanadi. Lekin biz doimo fikrimizni nazorat qilamizmi?

Nobel mukofoti laureati Daniel Kaneman o’z kitobida nima uchun ba'zan irratsional harakatlar qilayotganimizni va noto'g'ri qarorlar qabul qilishimizni tushuntiradi.


Harakat qilish yoki jim turish

Kaneman va Tverski tajribasida odamlar A kompaniyaning aksiyalariga ega bo'lishganini tasavvur qilishgan. Ularga bu aksiyalarni B kompaniyaning aksiyalariga almashtirish imkoni bo'lgan lekin ular bunday qilishmagan. Natijada yil oxirida ular 1200$ kam foyda ko'rishgan.

Shundan so'ng ularga C kompaniyaning aksiyalari borligini va uni D kompaniyaning aksiyalariga alishtirishlarini tasavvur qilishga yordam berishgan. Natija esa yana o'sha, ular aksiyalarni alishtirib baribir 1200$ kam foyda qilishdi.

Tajribadan avval 10 odamdan 9 tasi ikkinchi holatda ko'proq afsuslanishlarini aytishgan. To'g'rida, ahir ular ham harakat qilishdi ham yutqazishdi.

Ammo tajriba hayotda hammasi boshqacha ekanini ko'rsatdi. Biz ko'proq o'zimizning harakatsizligimizdan afsuslanamiz.

Yangi ishga o'tishga bosh tortganimizdan, yangi kasb o'rganishga eringanimizdan, yangi munosabatlar boshlashga qo'rqqanimizdan va nihoyat majlisda turib o'z fikrimizni bildirmaganimizdan afsuslanamiz.

Yana shuni inobatga olish kerak-ki, harakatimiz tufayli afsuslanishimiz vaqt o'tgan sari so'nib borsa, harakatsizligimizdan afsuslanishimiz faqat kuchayadi.

Sabab juda oddiy. Avvalgi tajribamizni esga olar ekanmiz miyamiz bizga sabablar topishga urinadi. Harakat qilgan paytimiz bu sabablarni topish ancha oson. Balki hammasi zo'r bo'lmas, lekin sabablar topiladi. Lekin, hech narsa qilmasak bu usul ish bermaydi.

Unutmang, biz ko'proq sodir bo'lmagan ishlardan afsuslanamiz. Bu barcha uchun o'rinli. Shunday ekan qo'rqmang, yangi ishlarni boshlang, harakatda bo'ling.

https://t.me/ratsional/88


Thinking, Fast and Slow (Fikrlash, tez va sekin)

Muallif: Daniyel Kehneman

Kitobning qisqacha mazmuni: Sizning hayotdagi muvaffaqiyatingiz miyangizdagi ikkita tizimni qay darajada boshqara olishingizga bogʻliq hisoblanadi. Biri tezkor va sezgir boʻlib hissiyotlarga javobgar, ikkinchisi esa sekin ishlaydi va mulohazakorlik, mantiqiy fikrlash jarayonlariga javobgar boʻlgan tizimdir.

Kitobdan parcha: “Shaxmatdagi keyingi yurishni qilish, aksiyalarga investitsiya kiritish-kiritmaslik yoki boshqa har qanday muammoga duch kelganda ichki sezgi eng muhim qurol hisoblanadi. Agar oʻsha shaxs kerakli tajribaga ega boʻlsa, u vaziyatni toʻgʻri baholab munosib qaror qabul qilishi mumkin. Bu holat shaxmat ustasi bilan ham yuz berishi mumkin: oʻyinda qiyin holatga tushganida birdaniga qator yurishlar uning xayolini egallaydi va bularning bari raqibga nisbatan qattiq zarba berishi mumkin. Xuddi shuningdek har qanday kishi biror qiyin vaziyatga tushsa miya bor imkoniyatga ishga solgan holda savolga javob topishga kirishadi. Savol juda qiyinligi sababli avval topilgan yechim topilmagan paytda, ichki sezgi oʻz ishini qiladi: javob tezda esga tushadi. Lekin aslida esa bu asl savolning javobi emas, ichki sezgining oʻziga xos xususiyatidir: qiyin savolga duch kelganda, oʻzimiz sezmagan holda nisbatan osonrogʻiga javob topamiz.”

Qiziqarli fakt: Inson miyasi bir kunda 20 kvadrillion neyronni faollashtiradi.

https://medium.com/@blog_62129/fikrlash-doirangizni-kengaytirishga-yordam-beruvchi-7-ta-kitob-1-qism-dc43d2d65f2f


Ishonch qopqoni

Radikal darajada o'ziga ishonish ko'p xatolarga olib keladi.

Statistikaga qaraganda, o'ziga ko'p ishonadiganlar - hech narsaga erishmaganlar, ularning kichkina foizi muvaffaqiyatga erishadi.

Bilmaydigan narsalarni bor bilimingiz bilan qoplasangiz, sizda ishonch paydo bo'lishni boshlaydi. Bir narsa bo'ladi deb o'ylaysiz va o'zingizni shu narsaga ishontirishni boshlaysiz. Katta ishonch tufayli siz voqeani boshqa variantlarini tasavvur ham qila olmaysiz.

Misol uchun, boshlang'ich tadbirkorlardan ularning kompaniyasi muvaffaqiyatga erishishi ehtimolini so'rasangiz, ko'pchilik 80-90% ehtimolni aytishadi. Lekin biznes bunday ishlamaydi, kompaniyalarning yarimi birinchi yilni o'zida yopiladi. Bu xato rejalashtirish misoli, siz 80-90% haqida o'ylaysiz va umumiy statistika sizga tegishli emas deb o'ylaysiz.

Deniel Kaneman

https://t.me/aqlli_ikkichi/238


Deniel Kaneman tomonidan yozilgan "Thinking Fast and Slow" kitobidir. Bu kitobni dunyoqarashni o'stiradigan 10 ta kitob ro'yxatiga qo'shgan edim. Chunki bu kitob insoniyatning fikrlashi, kognitiv imkoniyatlari haqida. Muallif kitobni tadqiqotlarga to'ldirib tashlagan. Chunki u o'z do'sti Amos Tverskiy bilan deyarli har qadamda tajribalar o'tkazishgan. Shu muallifni o'tgan yili chiqqan "Noise" nomli kitobini ham o'qib ko'rishim kerak.

https://t.me/bookerberg/878


O'ziga tortish kuchi yoxud nega Ippodromda sotuvchilar narxlarni ataylab karrasiga baland qo'yishadi?

1974-yilda mashhur olimlar Kaneman va Tverski bitta tadqiqot o'tkazishadi. Ular ishtirokchilarga savol berar, ammo javob aytishlaridan oldin Omadli barabanni aylantirib, bitta raqam e'lon qilishardi.

Masalan ular “Afrika davlatlarining necha foizi BMT a'zosi?" deya so'rashgan. Bu 1974-yil uchun murakkab savol. Psixologlar javob berishlaridan oldinr: “Hozircha oʻylab turing, ungacha biz xayriya lotoreyasi uchun baraban aylantiramiz" deyishadi. Keyin esa tanlangan tasodifiy raqam e'lonq qilingach, ko'pchilik o'sha raqamga yaqin son bilan javob qaytarishadi. Baraban butunlay tasodifiy ekanligiga qaramasdan, hatto tajribadan keyin ularga bu ikki raqam o'zaro yaqinligini aytishganda, ishtirokchilar ularga hech qanday baraban ta'sir qilmaganini ta'kidlashgan. Biroq, barabandagi turli raqamlar, turli auditoriyalardagi javoblar bilan o'zaro mos kelardi.

Insonlar ongsiz ravishda raqamlar ta'siriga bo'ysunadilar va bundan tashqari, bu ularning qarorlari oqilonaligini o'zgartiradi. Agar kimdandir qandaydir odam qancha yashagani kabi savol bersangiz, u beixtiyor oldin eshitgan raqamidan kelib chiqib javob beradi. Shuning uchun ham Ippodrom kabi sharq bozorlarida sotuvchilar ataylab, narxlarni bir necha baravar baland aytishadi. Chunki bu xaridorni o'ziga tortadi, savdolashib o'sha mahsulotni o'z narxiga tushurib sotib oladi va ajoyib xaridni amalga oshirganidan mamnun holda qaytib ketadi.

https://t.me/Panda_books/3709


«Aziz onam va dadam!

Kollejga ketganimdan beri, xat yozishda beparvolik qildim. Shu paytgacha maktub yozmaganimdan afsusdaman. Sizga nimalar bo‘lganini aytib beraman, lekin o‘qishni davom ettirishdan oldin o‘tirib oling. Joylashib o‘tirib olmaganingizcha o‘qimay turing, maylimi?

Men endi o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Bu yerga kelganimdan keyin ko‘p o‘tmay yotoqxona derazasidan pastga sakrab, bosh suyagim sindi. Miya chayqalishining oqibatlari endi bezovta qilmayapti. Kasalxonada ikki hafta yotdim va hozir ahvolim yaxshi, ko‘rish qobiliyatim yaxshi, kuniga bir martagina boshim og‘rib turadi. Yaxshiyamki, yotoqxonadagi yong‘inni va mening sakrashimni yonimizda joylashgan yoqilg‘i quyish shaxobchasi operatori ko‘rib qolgan va u o‘t o‘chirish bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilib, tez yordamni chaqirgan. U kasalxonada ham mendan xabar olib turdi va yong‘indan keyin yashaydigan joyim bo‘lmaganligi sababli, u menga o‘z xonasida yashab turishni taklif qildi. Bu joy yarim yerto‘la bo‘lib, lekin juda yoqimli. U ajoyib yigit, biz bir-birimizni yaxshi ko‘rib qoldik va turmush qurmoqchimiz. Hali aniq bir sanani tanlamadik, ammo to‘y mening homiladorligim sezilib qolgunga qadar bo‘lib o‘tadi.

Ona, dada, men homiladorman. Bilaman, siz bobo va buvi bo‘lishni orzu qilasiz, mening bolamni kutib olasiz va bolaligimdagi kabi meni qurshagan mehr-muhabbat, sadoqat va nazokat bilan qarshi olasiz. Nikohimiz kechiktirilishining sababi shundaki, mening do‘stim nikohdan oldin qon tekshiruvini o‘tkazishga xalaqit beradigan kichik infeksiyani yuqtirib olgan, men ham beixtiyor undan shu infeksiya yuqtirganman. Ishonchim komilki, siz do‘stimni quchoq ochib kutib olasiz. U mehribon, juda maʼlumotli bo‘lmasa ham, lekin mehnatkash yigit.

Nimalar bo‘lganidan voqif qilganimdan so‘ng, Sizga shuni aytishim kerakki, yotoqxonada yong‘in bo‘lgani yo‘q, miyam chayqalmagan, suyagim ham sinmagan. Homilador emasman, infeksiya yuqtirmadim, yigitim ham yo‘q. Ammo, men Amerika tarixi va kimyo fanidan yomon baholar olayapman, sizlarning bunga nisbatan donolarcha bosiqlik va muruvvat bilan qarashingizni so‘rab qolaman,

Sevimli qizingiz Sheron»

Sharon kimyoni yaxshi o‘zlashtirolmayotgan bo‘lishi mumkin, lekin u psixologiyadan “aʼlo” baho olayapti.

Robert Chaldini «Taʼsir psixologiyasi»

PS. Qiz kontrast effektidan foydalanib ota-onasiga taʼsir o‘tkaza oldi. Qizning ota-onasi kimyoni yaxshi o‘zlashtira olmagani uchun endi koyimaydi. Kontrast effekti haqida mana bu yerdan o‘qishingiz mumkin.

https://t.me/PsixoBLOGuz/1078


Elliot Aronson kitobida yozishicha, firibgarlik, o‘g‘rilik, shavqatsiz xatti-harakatlar bular o‘zini past baholaydigan odamlar tomonidan sodir etiladi. Bunday xulosa empirik tadqiqotlar yordamida bir necha marotaba o‘z isbotini topgan.

Bir tadqiqotda, talabalarga ularning o‘ziga bo‘lgan bahosini tushiradigan axborot o‘qitishadi. Boshqa guruhda esa ularning o‘ziga bo‘lgan bahosini oshirishga qaratilgan axborot o‘qitishadi. Uchinchi guruhda esa hech nima o‘qitishmaydi. Shundan so‘ng tadqiqotning ikkinchi qismiga o‘tiladi.

Bu qismda talabalarga karta o‘ynash taklif etiladi. O‘yin azartli bo‘lib ishtirokchilar pul tikishlari mumkin edi. O‘yin shunday tashkillashtirilgan ediki, agar ishtirokchi firibgarlik qilmasa, yutqazishi mumkin edi. Firibgarlik qilganda esa g‘alaba qozonib katta miqdorda pul yutib olishi mumkin edi.

Natijalar shuni ko‘rsatdiki, o‘ziga bo‘lgan bahosini tushirishga qaratilgan axborotni o‘qigan ishtirokchilar ko‘proq firibgarlikka qo‘l urishdi. Pozitiv axborot o‘qigan va hech qanday axborot o‘qimaganlarda esa kamroq firibgarlik kuzatildi

Aronson xulosa qilib, ota-onalar va pedagoglar bolalarning o‘ziga bo‘lgan bahosini tushirishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlardan tiyilishi kerakligini, yo‘qsa bu yomon oqibatlarga olib kelishini aytadi.

PS. Kitobning mazkur qismini o‘qib menda bir savol tug‘ildi: O‘zbekistonda korrupsiya ancha keng tarqalgan. Balki, bizning taʼlim-tizimimiz, ota-onalarning bolalariga berayotgan tarbiyasi ularning o‘ziga bo‘lgan bahosini tushirayotgani boisi bizda korrupsiya yuqoridir. Albatta, korrupsiyaning kelib chiqishida ko‘plab faktorlar mavjud. Biroq, biz ko‘rmayotgan bu qismini ham o‘ylab ko‘rishimiz kerakdir.

https://t.me/PsixoBLOGuz/1009


Mevalarni muzlatgichda emas ko‘z ko‘radigan joyda saqlash lozim. Turli xil shirinliklar, Coca-Cola shunga o‘xshash narsalarni esa aksincha yashirgan maʼqul(Sotib olmaslik undan ham yaxshi). Negaki, miyamiz ko‘rgan yegulikni yegisi, ichimlikni esa ichgisi keladi.

Ayniqsa, bu istakka yosh bolalar tez tushishadi. Shuning uchun ham ko‘pgina yosh bolalar shirinlik ko‘p yeganidan tishlari chirishni boshlaydi. Bunga sabab foydali mahsulotlarni yashirib, foydasizlarini ochiqlikda saqlashdir.

Mevalar yomon bo‘ladi deb ularni muzlatgichda saqlayversangiz, ular shundoq ham eʼtiborsiz qolib yeyishga yaroqsiz holatga kelib qoladi.

Meva, yong‘oq, bodom, pistalar ko‘z ko‘radigan joyda tursin. Shunda sizda aniqrog‘i miyangiz ularni isteʼmol qilishga bo‘lgan istak paydo qiladi.

https://t.me/PsixoBLOGuz/944


Insonda iroda (erkinligi) bormi? Yaʼni biz biror qarorni ongli tarzda bajaramizmi yoki biz uchun qarorni miyamiz qabul qiladimi? Ana shu savolga javob berish maqsadida neyrobiolog Benjamin Libet o‘zining tadqiqotini o‘tkazib ko‘rdi.

Libet tadqiqoti natijasiga ko‘ra, miya avval qaror qabul qiladi. Ong esa shunchaki miya qilgan qarorini anglaydi xolos. Bu esa inson o‘zining biologik taqdiriga qul ekanini, insonda iroda erkinligi mavjud emasligini ko‘rsatardi.

Bu quyidagicha edi: MIYA>ONG

Ammo-lekin-biroq, garchi Libet tadqiqoti xato ekanligi keyingi tadqiqotlar ko‘rsatgan bo‘lsada, insonda iroda yo‘q degan qarash ommalashib ketishini to‘sib qola olmadi.

Aslida esa Libet tadqiqotida jalb qilingan respondent ongli tarzda bu tadqiqotga rozi bo‘lgan(Mana shu tadqiqot muallifini nazaridan qochgan).

Buning natijasi miyada maʼlum bir “ustanovka” hosil bo‘lib shuning natijasida miya ongdan oldinroq qaror qiladi. Chunki miya ustanovka sababli start holatida.

Bu quyidagicha edi: ONG>MIYA>ONG

Batafsil mana bu videodan olasiz (https://www.youtube.com/watch?v=PjNou8inU9I)

https://t.me/PsixoBLOGuz/933


Ikki kundan beri bir kitobni o‘zimcha tarjima qilishga urinyapman. Lekin tajribasizligim, malakam kamligi sabab juda qiynalyapman va menda bu ishni qilmaslik, to‘xtatish istagi uyg‘onyapti.

Bilasizmi nega?

Gap shundaki, bizni miyamiz keraksiz deb topgan ishga energiya sarflashni yoqtirmaydi. Chunki, aqliy faoliyat juda katta energiya talab qiladigan ish. Evolyutsiya esa bizning miyamizga maksimal ravishda energiya tejashni dasturlab qo‘ygan. Miyangizga kitob tarjimasi o‘zingiz va ko‘plarga foyda keltirishi umuman qiziq emas. Buning foydasi borligini ongimiz anglasada, miya anglamaydi. Miya energiya tejashni istaydi.

Agarda miyaning bu xususiyati uyimizdagi maishiy texnikalarimizda ham bo‘lganida edi biz elektr energiyani ancha tejab qolgan bo‘lardik.

Endi: Miya keraksiz deb topgan ishni qilmaslik uchun har nimalarnidir "o‘ylab topishga qodir":

Masalan:

- birdan hojat qistab qoladi;

- qorningiz och qoladi;

- uyqu kela boshlaydi;

- yodingizdan chiqqan nimadir kulguli esingizga kelib piqillab kulvorasiz va xokazolar.

Xullas, miya nimadir qilib chalg‘ish uchun har balolarni yarataveradi. Hozir mana shu matnni yozishimga sabab ham aslida shu:)

Lekin biz miyamizning bu injiqliklariga qaramay o‘zimizda jasorat topib, maqsadga to‘liq eʼtibor qaratib baribir ishni oxirigacha yetkazsak-chi?

Ana unda biz natijaga erishgach, miyamiz baxt gormoni bo‘lmish dofaminning bir porsiyasini qabul qilib oladi. Yaʼni o‘zimizdan qoniqish hissini tuyamiz. Dofaminni shu uchun ham "mukofot kimyosi" deb atashadi.

Aynan biron ishni oxirigacha bajarib qoniqish hissini tuyganimiz uchun ham miyamizda neyron aloqa hosil bo‘lib bizda bu ishni yana qilish istagi/ishtiyoqi paydo bo‘ladi.

Xullas, miyangizda yangi neyron aloqalar vujudga kelishi uchun miyani chiniqtirish, istamagan narsani qilishga undash lozim. Miya oxirgi natijani ko‘rib xursand bo‘lgach keyingi ishlar oson kecha boshlaydi

Xullas, ashnaqa gaplar!

https://t.me/PsixoBLOGuz/854


Psixologik tryuk

Agar siz kimdir bilan piyoda sayr qilmoqchi bo‘lsangiz, lekin o‘rtog‘ingiz juda tez yurayotgan, siz esa undan sekinroq yurishni so‘ray olmayotgan bo‘lsangiz, mana bu usulni qo‘llang: undan buvi va buvasi haqida nimalar yodida ekanligini so‘rang. Ishontirib aytamanki, u sekin yura boshlaydi.

Andrey Kurpatov "Qizil tabletka"

https://t.me/PsixoBLOGuz/839


Psixologik tryuk 2

Agar siz kimdir bilan uchrashuv belgilab qo‘ygan bo‘lsangiz, deylik, ish bo‘yicha yoki qandaydir uchrashuv bo‘lsa, qarshingizdagi inson issiq ichimlik ichgani maʼqul. Bunday holatda u sizni ancha iliq va ishonchli suhbatdosh sifatida qabul qiladi.

Andrey Kurpatov "Qizil tabletka"

https://t.me/PsixoBLOGuz/840


SOVUQ KUNLAR UCHUN AKTUAL POST...

Havoning sovuq yoki issiqligi notanish kishining qanchalik xavfli ekani haqidagi tasavvurimizga ta'sir ko'rsatar ekan. Buni nemis olimlari tajribalar orqali tasdiqlashgan. Tajribada 133ta talaba ishtirok etgan bo'lib, ularga 8ta jinoyatchining old va yondan tushirilgan suratlari ko'rsatilgan. Studentlardan ushbu jinoyatchilar qanday jinoyat qilgan bo'lishi mumkinligi, jinoyatni rejalashtirib amalga oshirganmi yoki impulsiv( to'satdan, hissiyotga berilgan) tarzda qilganmi, shu haqidagi fikrlarini yozib berish so'ralgan.

Sovuq xonadagi talabalar suratlardagi shaxslarni oldindan rejalashtirib ish tutuvchi sovuqqon jinoyatchi sifatida tasvirlashgan.

Iliq xonada o'tirgan talabalar esa aksincha, suratdagilarga yon bosibroq munosabatda bo'lganlar, ularni o'zi istamagan holda hissiyotlarga berilib jinoyat qilib qo'ygan degan tasavvur hosil qilishgan. 

Havo qanchalik sovuq bo'lsa odamlarda boshqalarga nisbatan ishonch hissi susayadi.

Demak, sovqotgan yaqinlarimizni mehrimiz bilan isitishga olg'a! 

https://t.me/psixologningqaydlari/25


John A. Bargh is a social psychologist currently working at Yale University, where he has formed the Automaticity in Cognition, Motivation, and Evaluation Laboratory. » Muzqaymoq haqidagi FACT ya'ni kimdir bilan uchrashuvga chiqganimizda sovuq narsa yemaslik, sovuq joyda tanavvul qilmaslig haqida

Haligi birinchi uchrashuvga chiqqanda marojniy yemaslik kerakligi, sababi u sovuqqonlikka undashi haqidagi gapga o'xshar ekan.


Evolyutsiya million yillar davomida uning ustida mehnat qilgan

Ongosti simfoniya yarata olishi mumkin, ammo u 173ni 19ga ko‘paytira olmaydi

Richard Nisbert

Ikki gollandiyalik olimlar – Al Dekstaxaus va Loran Nordgrinlar eksperiment o‘tkazishdi. Bu ikki olim talabalardan iborat uchta guruh tuzishib ularga 4 kvartiradan eng yaxshi kvartirani tanlashlarini taklif qilishdi.

To‘rttala kvartiraning har birini o‘ziga yarasha plus va minuslari bor edi. Masalan, biri yaxshi tumanda joylashgan bo‘lsa, boshqasida uy egasi mehmondo‘st edi. Shunday bo‘lsada, variantlar ichidan bittasi boshqalariga nisbatan yaxshiroq edi – 7 ta ijobiy 3 ta neytral va 3 ta salbiy baho.

Birinchi guruh talabalari variantlar bilan tanishib chiqqach darhol tanlab javob aytishlari lozim edi. Ikkinchi guruhga o‘ylab olish uchun 3 daqiqa berildi.

Uchinchi guruhga ham 3 daqiqa berildi, ammo bu ularga o‘ylab olish uchun berilmadi, chunki ular bu uch daqiqani matematik masalani yechish uchun sarflashlari lozim edi.

Xo‘sh, prognozlarni qilaylik: qaysi guruh talabalari eng yaxshi tanlovni amalga oshirishdi? Albatta, darrov xayolimizga o‘ylab olish uchun vaqt olgan guruh studentlari keladi. Biroq, biz sizlar bilan allaqachon “sog‘lom fikr” shunchaki illyuziya ekanligini bilib olgan edik. Va biz haqmiz. Chunki mazkur guruh vakillari eng yomon qarorni qabul qilishdi!

Ikkinchi fahrli o‘rinni, aytsam lol qolasiz, darhol javob aytishlari lozim bo‘lgan guruh talabalari olishdi. Ana endi eng yaxshi natija ko‘rsatgan – bu endi aniq fantastika – tadqiqot ishtirokchilari miyasi uchun vaqt berilgan, ammo ular onglariga esa vaqt berilmagan guruh vakillari bo‘lishdi.

Ha, bunday o‘ziga xos musobaqada g‘olib jamoa bu o‘z onglarini matematik masalani yechishga qaratgan guruh ishtirokchilari bo‘lishdi.

Miyamiz yaxshi qarorlarni qabul qilishining hech qanday hayratlanarli joyi yo‘q. Evolyutsiya million yillar davomida uning ustida mehnat qilgan va ko‘rayapmizki, yomon uddalamagan. Biroq ikki muammo bor.

Birinchisi: o‘z qarorlarida bizning miyamiz baribir juda ham primitivdir – xudbin, ko‘pincha norozi va asosan instintiv ravishda harakat qiladi. Biz yashashimiz kerak bo‘ladigan dunyo uning uchun juda ham qiyin.

Ikkinchi muammo: biz haddan ortiq o‘z ongimizga ishonib yuboramiz, biroq aynan uning yordamida bizning miyamiz har qanday telbaliklarni chiroyli talqinlar va “dono” bahonalar bilan mohirona tarzda yashiradi. Shunday qilib, ong aslida kurashish kerak bo‘lgan narsani oqlab beradi.

Andrey Kurpatov "Qizil tabletka"

https://t.me/PsixoBLOGuz/821


Yoshlarni fMRT apparatiga joylashadi va taniqli bo‘lmagan qo‘shiqchilarning bir qator qo‘shiqlarini ularga eshittirishadi. Barcha qo‘shiqlar yangi bo‘lib va rasmiy relizlarni kutishayotgan edi.

Tadqiqot qatnashuvchilari ularning fikricha, sotuv liderlariga aylanishi va musiqiy reytinglarda yuqori pog‘onalarni zabt etishi uchun barcha imkoniyati bor bo‘lgan musiqiy asarlarni tanlashlari kerak edi. Yoshlar tushunganingizdek o‘z tanlovlarini ongli tarzda, aqlan, fikrlab amalga oshirishdi.

Biroq olimlar tadqiqot qatnashuvchilarining nafaqat ongli tanlovlarini balki ularning miyasiga yoqqan musiqalarni ham kuzatishdi.

Ikki narsa aniqlandi. Birinchidan, qatnashchilarga yoqqan musiqiy to‘plamlar bilan va ularning miyasiga yoqqan musiqiy to‘plamlar bir-biriga mos kelmadi. Bu muammoning yarmi.

Bir yil o‘tgach, olimlar prognozlarni reallik bilan solishtirishdi. Aniqlanishicha, bu ikkinchidan, xit-parad liderlariga ongli tanlangan qo‘shiqlar emas balki qatnashuvchilarning miyasiga yoqqan musiqiy asarlar bo‘ldi.

Xullas, agar katta biznes yangi mahsulotning imkoniyati qay darajada ekanligini bilmoqchi bo‘lsa, u endi fokus-guruhlarni o‘tkazmaydi va potensial isteʼmolchilar uchun so‘rovnoma tashkil qilmaydi. U ularni skanerga joylaydi va ularning bu haqda miyasi nima o‘ylashini bilib oladi. Bu muhimroq, biz va sizning “fikrimiz” emas.

Andrey Kurpatov "Qizil tabletka"

https://t.me/PsixoBLOGuz/820


Qaror qabul qilishda yordam beradigan «DEKART KVADRATI» texnikasi

«Dekart kvadrati» - bu qaror qabul qilishda yordam beradigan juda kam vaqt talab qiladigan oddiy texnika. Bu ahamiyatli tanlov kriteriyalari va har bir qarorning oqibatlarini aniqlashga yordam beradigan usul. Gap shundaki, qaror qabul qilinishi kerak bo‘lgan vaziyatda biz ko‘pincha uning bir yoki ikkita jihatiga eʼtibor qaratamiz va natijada biz uchun ahamiyatli bo‘lgan tanlov kriteriyalariga eʼtibor bermasdan o‘zimizni berk ko‘chaga kiritib qo‘yamiz.

Uning mohiyati 4 savolga javob berish orqali muammoni/vaziyatni ko‘rib chiqishdan iborat:

1. Agar bu sodir bo‘lsa nima bo‘ladi? (Men nima olaman, uning plyus tomonlari).

2. Agar bu sodir bo‘lmasa nima bo‘ladi? (Hamma narsa avvalgidek qoladi, istaganimizni ololmaganimizdagi plyus tomonlari).

3. Agar bu sodir bo‘lsa, nima bo‘lmaydi? (Istaganimizni olishdagi minus tomonlari).

4. Agar bunday bo‘lmasa, nima bo‘lmaydi? (Istagan narsangizni olmaganingizning minus tomonlari).

Bu savollarga diqqatli bo‘ling, chunki miya ikki tomonlama rad etishni eʼtiborsiz qoldirishni xohlaydi. Va javoblar birinchi savol javoblariga o‘xshash bo‘lishi mumkin. Bunga yo‘l qo‘ymang!

Nega bu usul ishlaydi? «Dekart kvadrati» har bir qarorning oqibatlarini aniqlashtirishga yordam beradi. Gap shundaki, hal qilishni talab qiladigan vaziyatda biz ko‘pincha bitta pozitsiyaga eʼtibor qaratamiz: agar bu sodir bo‘lsa nima bo‘ladi? «Dekart kvadrati» yordamida biz har xil vaziyatni 4 tomondan ko‘rib chiqamiz.

https://t.me/PsixoBLOGuz/295


Oshqozon miyadan ko‘ra aqlli. Chunki oshqozon qayt qila oladi. Miya esa har qanday axlatni yutadi.

Chingiz Aytmatov.

https://t.me/PsixoBLOGuz/40


Biz qanchali ratsional fikrlaymiz?

Nega bizdan sekinroq haydayotgan odam ahmoq, yonimizdan tez o‘tib ketgani esa manyak?

Nega buzilib qolgan texnikadan biz yoqilishini iltimos qilamiz, axir unda ongi yo‘qku?

Nega birov ishga kech qolsa - u masʼuliyatsiz, biz kech qolsak esa bunga jiddiy sabablar bor?

Nega ko‘chaga baklajka tashlagan inson mol, biz esa axlat chelaklari yo‘qligi uchun noilojlikdan axlat tashlaymiz?

https://t.me/aqlli_ikkichi/276


Aqlli odamlarni kuzatadigan bo'lsangiz, ular ko‘pincha bitta xususiyat bo‘ladi, sekin xulosa chiqazish.

Bitta tarafni eshitib yokida faqat o‘z fikriga asoslanib va birovni eshitmasdan emotsional qaror chiqazish katta xatolarga olib keladi. Intervyularda ko‘p kandidatlar bitta konflikt tufayli ishdan ketganini aytishadi. Lekin qachongacha aloqalarni uzib, ishdan ishga sakrab yurish mumkin?

Qiziq, o‘zi qaysidir etapda biz hayotni mutlaqo o‘zgartirishni o‘rniga bor resurslar bilan foydalanishni boshlaymizmi? Impulsiv odamlar ko‘p davrida sovuq qonli katta xususiyat, chunki emotsional qarorlar xato bo‘lib chiqishi ehtimoli kattaroq, terni qalinroq qilamiz. 10 yillik do‘stingiz tug‘ilgan kuningiz bilan tabriklamasa aloqani uzishga shoshilmang, qisqa muddatli holatlar uzoq muddatli munosabatlarga taʼsir qilishi kerak emas.

https://t.me/aqlli_ikkichi/269


All or nothing

Bir narsaga 90% amal qilgandan ko’ra, 100% amal qilish osonroq. Intizom qurish uchun o’zingiz bilan kurashsangiz - yutqizasiz. Shunchaki o’zingizga tanlov qoldirmang. Bir narsaga 90% amal qiladiganlar o’sha amal qilmaydigan 10% holatlarini aniqlash uchun ko’p vaqt ketqazishadi. Bugun zalga chiqmasamikan? Balki keyingi safar kitob o’qiyman? Ertaga dars qilaman, bugun kayfiyatim yo’q. Tanlov bo’lmaganda yashash ancha osonroq, chunki qaror alaqachon qabul qilinib bo’lgan.

https://t.me/aqlli_ikkichi/264


Oxiri muhim

Bir narsaga baho berishda biz har doim ratsional va mantiqiy qaramaymiz, bizga ushbu jarayonni oxiri muhim. Ya’ni zerikarli narsa qiziq voqea bilan tugasa, bizning miyamiz adashib ijobiy xulosa chiqazishi mumkin.

AQSHning Yel universitetidan 3 professor buni aniqlash uchun qiziq tadqiqot o’tkazishdi. Ular Jim degan odamni o’ylab topib u haqida ikkita har xil hikoyalar tuzishdi. 

Ikkalasida ham Jim bitta kompaniyaning 30 yil davomida rahbari bo’lgan, bu hikoyalarni eshitib fokus guruhning ishtirokchilari Jim qanchalik yaxshi odam bo’lganini baholashi kerak edi.

Birinchi hikoyada Jim yoqimsiz rahbar: kichkina oyliklar beradi, ishchilarga tibbiy sug'urtani to’lab bermaydi va xayriyaga ehson qilmaydi. Bu holat deyarli 30 yil davom etadi, lekin pensiyaga chiqishdan oldin u o’zgaradi: oyliklarni ko’taradi, premiyalar berishni boshlaydi va xayriyaga pul ayamaydi. Afsuski, bu ko’p davom etmaydi va yarim yildan keyin yurak nosozligi deb u o’lib qoladi.

Ikkinchi hikoyada hamma narsa teskari bo’ladi. Jim - 29,5 yildan beri zo’r rahbar va kech kimga yo’q demaydi, lekin uni saxiyligi oxirida yoqoladi va u yoqimsiz odamga aylanib qoladi: ishchilarga oyliklarni kamaytiradi, foydani asosiy qismini o’ziga qoldirishni boshlaydi va xayriyani unutadi. Yarim yil o’tib Jim yurak nosozligi deb o’ladi.

Ishtirokchilarning birinchi yarimisi Jimning «yomondan-yaxshiga» versiyasini eshitadi, ikkinchi yarimisi esa «yaxshidan-yomonga» versiyasini. Tasavvur qiling, tadqiqotning har bir ishtirokchisi hikoyaning oxiriga binoan Jimni baholashadi.

Bu degani, saxiylikni yarim yili 29 yil ochko’zlikni yopgan, ochko’zlikni yarim yili esa 29 yil davom etgan saxiylikni unuttirib qo’ygan. Bu fenomeni olimlar «hayotning oxiri effekti» deb nomlashdi.

https://t.me/aqlli_ikkichi/220


Surikatlar bir qarashda juda yoqimtoy jonzotlar. Ularga bir qarangga!

Ammo, bu shirintoylar quldorlik, diktatura va yosh bolalarni o'ldirishni yo'lga qo'ygan hayvonlar ekanligini bilasizmi?

Ha, "Qirol Sher"dagi Timonning turdoshlari yoqimtoylik niqobi ostidagi haqiqiy marazlar! Bu hayvonlar odatda guruh-guruh boʻlib yashashadi. 20-40 surikatlardan tashkil topgan guruhni alfa(boshliq) er-xotinlar boshqaradi, qolganlari esa ularga xizmat qilishadi aniqrog'i qul bo'lishadi. "Qirollik oilasi"dagi matriarxat hokimiyatning boshqaruvi butunlay "qirollicha" qo'lida bo'lib, hatto qullar orasida kim kim bilan juftlashishi mumkinligi ham u hal qiladi. Agar mabodo, bechora qullardan biri homilador boʻlib, farzandlarini(odatda 3-4 ta) dunyoga keltirsa, ularni barchasini shu zahotiyoq qirollicha o'z qo'llari bilan o'ldiradi. Shunday qilsa, o'zining bolalariga koʻproq ovqat tegadi va bechora onalar faqat uning bolalarini parvarishlashga majbur boʻladi. Aks holda ular to'dadan haydaladi.

Surikatlar butun hayvonot olamida eng qonxoʻr tur sanaladi. Ular orasidagi har 5 ta o'limdan bittasi o'z turdoshlari sababli roʻy beradi ya'ni qotillik umumiy o'limlarni 20%ni tashkil etadi. Bolalar qotilligidan tashqari urgʻochi talashish va joy uchun kurash tufayli bir birlarini o'ldiradilar. Olimlar ular orasida qotillik darajasi nega bu qadar katta ekanligini tushunishmaydi. Baʼzilar ularga shunchaki o'ldirish yoqadi degan fikrdalar, chunki ular yirtqich bo'lsalar ham o'ldirilgan turdoshlari go'shtini iste'mol qilmaydilar, ya'ni kannibalizm rivojlanmagan.

Ko'rib turganingizdek haqiqiy yovvoyi tabiat unchalik "Hakuna Matata" emas. Tashqi ko'rinish ham ba'zida aldamchi bo'ladi.

https://t.me/nega_unday/300


Gollandiyaning velosiped ishlab chiqaruvchi VanMoof kompaniyasi, 2016-yilda, velosipedlarining mijozlariga yetkazib berish jarayonida ko‘plab zarar ko‘rib, tovarning mijozlar tomonidan qaytarib yuborishidan katta miqdorda zarar ko‘radi. Yetkazib beruvchilarning tovarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishi uchun, kompaniya o‘ziga xos ayyorlikka qo‘l uradi. Velosipedlar, televizorlar kabi ularning ko‘rinishida qutilarga joylanadi va yetkazib beruvchilar bu tovarlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishni boshlashadi. Bu esa, tovarlar zarar ko‘rishini 70 foizga kamaytiradi.

https://t.me/wikipediya_1/249


Kamchilikning afzalligi

Hamma g‘oliblarni yaxshi ko‘radi. Psixologlar buni “o‘zganing yoqqan olovida isinish” deb atashadi. 1973-yilda Robert Chaldini boshchiligidagi olimlar guruhi o‘tkazgan klassik tadqiqotida maktab futbol jamoasi dam olish kunlarida o‘tkazilgan o‘yinlarda g‘olib bo‘lganida, mazkur jamoa mag‘lub bo‘lgan paytidan ko‘ra dushanba kuni ko‘plab o‘quvchilar jamoa ramzi tushirilgan kiyimda kelishadi. Eng qizig‘i, jamoa mag‘lub bo‘lgan o‘yin haqida gap ketganda, o‘quvchilar ko‘proq “ular yutqazishdi”ni ishlatishsa, g‘alaba qozonilgan o‘yinlar haqida esa “biz yutdik” deyishardi. O‘zganing yoqqan olovida isinishga moyillik boshqa ko‘plab xatti-harakatlarni tushuntirishi mumkin, masalan, bolaligimizda “krutoy” tengdoshlarimiz bilan vaqt o‘tkazishni xohlashimizdan tortib, kimlar bilan tanishligimiz va qimmatbaho brend mahsulotlar(ularning arzon qalbakisi) bilan maqtanishimizgacha. Bizni muloqot doiramizga qarab baholashadi, luzerlar yonida yurishni maʼqul ko‘radiganlar ko‘p emas. Ozgina bo‘lsa ham hayotda g‘alaba qozonayotganlarga yaqinroq yurishni istaymiz.

Suspicious minds

https://t.me/PsixoBLOGuz/1099


Nega biz noto'g'ri qarorlar qabul qilamiz?

Richard Taler va Kass Sanstein tomonidan yozilgan "Nudge. Qaror qabul qilish arxitekturasi" kitobida nega insoniyat o'z hayoti davomida ko'plab noto'g'ri tanlovlar qilishi, ba'zi qarorlarni "avtopilot" rejimida qabul qilishi haqida so'z boradi. Kitobni hali oxirigacha o'qib chiqa olganimcha yo'q, lekin bu borada ba'zi xulosalar chiqarishga ulgurdim.

Birinchi muammo shundaki, insonlar ko'p holatda asoslanmagan optimizmga berilishadi. Ya'ni tavakkalchilikni talab qiladigan vaziyatlarda biz imkoniyatlarimizni juda yuqori baholab yuboramiz. Misol uchun, shaxsiy biznesini ochish niyatida bo'lgan insonlardan ularning biznesi gullab-yashnash imkoniyatlarini qanchalik yuqori baholashini so'rashsa — eng ko'p beriladigan javob "90%" bo'ladi. Ayrimlar hattoki o'zi imkoniyatini "100%" deb ham baholashadi. Biz boshqalarda bo'layotgan muvaffaqiyatsizliklarni ko'rayotgan bo'lsak-da, negadir o'zimizni xavfdan holi deb bilamiz.

Ikkinchi muammoyimiz — bu bizning qarorlarimizga atrofimizdagilarning, muhitning ta'sir qilishidir. Misol uchun, sizga atrofdagilarning siz haqdagi fikri muhim bo'lsa — siz shundan kelib chiqqan holda qaror chiqarasiz. Siz o'zingizning boshqalar ko'z oldida shakllangan obrazingizdan chiqishni xohlamasligingiz, bu bilan ularning qarshiligiga uchrashni xohlamasligingiz — ba'zan sizning qanday qaror chiqarishingizga jiddiy ta'sir qiladi.

Ba'zan esa biz shunchaki miyamizni qiynagimiz kelmaydi va "avtopilot" rejimida qaror qabul qilamiz. Bu esa doim ham to'g'ri qaror bo'lavermaydi.

https://t.me/bookerberg/1088


NARXLAR MANIPULYATSIYASIGA QARSHI “LAYFXAK”

Xozirgina magazindan qaytdim. Bilmadim, ko‘pchilik eʼtibor berganmi-yo‘qmi, lekin bugungi tovarlarning aksariyatini “nostandart” xajmda qadoqlash odat bo‘lgan. Misol uchun, men bugun olgan sosiskalar — 200 g, 400 g, 700 g, 900 g lik paketlarga qadoqlangan va shunga mos narxi ko‘rsatilgan.

Nima uchun standart 1 kg, 500 grammlik qadoqlar yo‘q bo‘lib boryapti? Sababi oddiy — odamlar ongi manipulyatsiyasi orqali tovar narxini boridan arzonroq qilib ko‘rsatish (salom, marketing).

Bu manipulyatsiya ostida oddiy psixologik faktorlar yotadi. Aytaylik, siz bir magazinda 1 kg lik sosiska paketi 50 ming so‘mga turganini ko‘rgansiz. Boshqa magazinga kirib esa, 900 g lik paketni 46 ming so‘mga, yo 700 g lik paketni 37 ming so‘mga turganini ko‘rdingiz. Afsuski, bugungi kunda umumiy taʼlim sifati bilan birga odamlarning xatto oddiy arifmetika bobidagi bilimlari darajasi xam tushib ketgani sababli, siz, ko‘pchilik katori, ushbu “nostandart” qadoqlar orasida qay birining kilogramm narxi arzonroqligini o‘sha joyning o‘zida xisoblay olmaysiz. Lekin KO‘ZINGIZGA ARZONROQ KO‘RINGANINI olishingiz extimoli katta. Vaxolanki, bu misolda eng qimmat qadoq — 700 g, eng arzoni — 1 kg ligi.

Qadoq xajmlarining 100 g, yo 500 g qilinmasligi xam aynan xisobni “qiyinlashtirishga” asoslangan. 1 kg ni ikkiga, yo o‘nga bo‘lib, real narxini chiqarib olish ancha osonroq ko‘pchilik uchun, lekin 700 g lik qadoqni qanday xisoblash kerak?

Xozir xammaning qo‘lida smartfoni, uning tarkibida esa juda foydali ilova — kalkulyatori bor. Mana shu ilova orqali yuqoridagi qadoqlar narxini xisoblashning juda oson yo‘li quyidagicha (protsentlarni xisoblashni biluvchilar, ensangizni qotirmay turing, ko‘pchilik xaqiqatdanam bilmaydi ularni xisoblashni):

Yuqorida keltirilgan 700 g lik tovarning 1 kg narxini xisoblash yo‘li:

37 000 (so‘m) ÷ 0.7 (kg) = 52 857 (so‘m)

900 g lik tovar uchun: 46 000 (so‘m) ÷ 0.9 (kg) = 51 111 (so‘m)

Ko‘rib turganingizdek, buni bittagina amal bilan tezda xisoblash mumkin.

Salomat buling va ong manipulyatsiyasiga uchmang

https://t.me/mirziyod_mir/129


https://orbita.uz/index.php?option=com_content&view=article&id=493:moliyaviy-piramida-&catid=70:qiziqarli-matematika&Itemid=53


Bir biznes dars!

Umuman biznes tarixlarini o‘rgansangiz, juda ajoyib narsalarga duch kelasiz.

90-yillar boshida Moskvada bir tadbirkor qor sporti uchun maxsus chang‘ilar, konkilar sotadigan kichik bir magazincha ochgan. To‘g‘rirog‘i u karantin zonalaridagi konteyner edi. Unda hatto kassa apprati ham yo‘q edi, mahsulotlar esa juda arzon edi.

Undan yana qayerda shunday sport buyumlarini topish mumkinligi so‘rashganda, u o‘z raqobatchilarining manzillari va telefon raqamlarini beraverar edi. Fishka shunda ediki, uning raqobatchilarida narxlar osmon edi, narxni ko‘rgan xaridorlar yana o‘sha konteynerga qaytib kelishar edi.

Lekin yana bir muhim fishka bor edi. O‘sha narxlari osmon bo‘lgan do‘konlar ham o‘sha tadbirkorning o‘ziga tegishli edi. U do‘konlar faqat xaridorlarni konteynerga qaytarish uchun xizmat qilgan deb o‘ylayapsizmi?

Yo‘q, adashyapsiz, o‘sha do‘konlarda ham xuddi shu sxema ishlagan. Gap shundaki, dastlab qimmat do‘konga borgan odamlar konteyner-do‘konga yuborilar edi. Lekin uyerdagi narxlar suv tekin ekanligini ko‘rgan xaridorlar hech narsa xarid qilmasdan, yana o‘sha qimmat do‘konga qaytib borishar edi. Chunki arzon mahsulot sifatsiz bo‘ladi degan fikrga kelib bo‘lishgan edi.

Inson ongi shunday ishlaydi, dastlab unga arzon tovarni ko‘rsatib keyin qimmatini ko‘rsatsangiz, u arzon tovarni tanlaydi, chunki birinchi do‘kon uning ongiga bizda arzon degan tushunchani berib bo‘ldi, lekin qimmat tovarni ko‘rsatib, keyin arzon tovarni ko‘rsatsangiz, u qimmatini tanlaydi, chunki birinchi do‘kon uning ongiga bizda sifatli degan tushunchani singdirib qo‘ydi.

Eng qiziq joyi, o‘sha konteyner-do‘konning yillik pul aylanmasi o‘sha paytlarda 2 mln dollarni tashkil qilgan, lekir reklamaga bir so‘m ham sarflanmagan. O‘sha sport do‘konlari tarmog‘i Rossiyada hozir ham bor, uning nomi “Sport master”.

Qissadan hissa shuki, reklamaga pul tikavergandan ko‘ra sunʼiy raqobatchi yaratib ikkala brendni ham bir xil ko‘tarish mumkin. Vaqti kelib ularni birlashtirib yuborish mumkin bo‘ladi.

https://t.me/tentakminds/1005



Report Page