"Daholar fojiasi" turkumidan. Van Gog sindromi

"Daholar fojiasi" turkumidan. Van Gog sindromi

Саъдуллаева🌸

Van Gog sindromi, inson o'ziga ataylab shikast yetkazishi: tishlash, kuydirish, tirnash, yara qilish, kesib tashlash kabilar kiradi. Bunday zarar odatda o'limga olib kelmaydi va o'z joniga qasd qilish maqsadida amalga oshirilmaydi. O'z-o'zini shikastlovchi xatti-harakatlar o'spirinlar, yosh ayollar, urush qatnashchilari va psixiatrik bemorlar orasida keng tarqalgan. Van Gog sindromi asosan shizofreniyada, gallyutsinatsiyalarda impulsiv drayvlar mavjudligi sababli yuzaga keladi.


Sindrom avj olishining aksariyati 20-asrning boshlariga to'g'ri keladi. Ko'pincha quloqlarni, jinsiy a'zolarni va oyoq-qo'llarni kesib tashlash orqali namoyon bo'lgan.


"Van Gog sindromi" deb atalishiga sabab esa rassom tushkun kayfiyatlik chog'ida chap qulog'ini o'tkir ustara bilan kesib, shaharning "mashhur" fohishasiga gazetaga o'rab sovg'a qildi (eng keng tarqalgan versiyaga ko'ra). Va u o'zining bu qilgan ishidan masrurlanardi.


Gollandiyalik rassom Vinsent Van Gog surunkali ruhiy kasallikka chalingan. Aynan qaysi kasallik bilan og'rigani halicha aniq emas. Taxminlarning biriga ko'ra, u shizofreniya bilan kasallangan, boshqasiga ko'ra epileptik psixoz, uchinchisiga ko'ra - absentni iste'mol qilish oqibati, to'rtinchisi bo'yicha - Menyera kasalligi.


Epileptik psixoz - Van Gogga eng ko'p marotaba qo'yilgan tashxis. Van Gog kasalligi alomatlari: melanxoliya, g'azab va umidsizlik hissi va bemantiq impulsiv harakatlardir. Shuning uchun u bir gal o'zi ishlatadigan bo'yoqlarni yutishga ham urinib ko'rgan.


"Qarg'alar bilan bug'doy dalasi..." nomli rasmini tugatgandan so'ng, 1890-yil 27-iyulda Van Gog o'zini ko'krak qismidan otdi va 29 soatdan keyin vafot etdi.

"Qarg'alar bilan bug'doy dalasi..." Vinsent van Gog


Sindromning sabablari

Avvalo, bu dismorfomaniyadir, ya'ni bunda insonda o'z tanasi yoki uning bir qismi shunchalik xunuk ekanligiga qat'iy ishonch paydo bo'ladiki, natijada bu tana a'zosiga nisbatan nafrat uyg'onadi. Bunday bemorlar ongida ularning tana a'zosi atrofdagilarda ham nafrat va dahshat keltirib chiqaradi degan tasavvur bo'ladi. Ushbu "deformatsiya"da shaxsning o'zi ham chidab bo'lmas ruhiy va jismoniy azoblarni boshdan kechiradi. Va bemor nafratlangan nuqsondan qandaydir tarzda qutulish uchun yagona mantiqiy to'g'ri qarorni qabul qiladi: uni yo'q qilish! Qandayligining ahamiyati yo'q: kesib tashlash, yulib tashlash, yoqish yoki plastik jarrohlik amaliyoti, xullas, undan qutulish. Eng qizig'i, insonda hech qanday nuqson bo'lmagan hollarda ham bu holat kuzatilgan.

Gallyutsinatsiyalar, ayniqsa uning imperativ turi, bemorni o'zining tana a'zosidan mahrum qilishga, o'ziga chuqur jarohatlar yetkazishga, o'zini kaltaklashga yoki hatto o'z-o'zini qiynoqqa solishga majbur qilishi mumkin...


Ilova: Aynan Van Gog sindromini yanada yorqinroq tushunish uchun "Black swan"/"Чёрный лебедь"(2010 triller/drama) filmini ko'rishni tavsiya qilaman. Filmda aynan mana shu sindrom "bekasi" Natalie Portman o'z kasalligi/mayli/xohishi hisobiga nimalarga yuz tutganini aktrisa mahorati ostida ko'rishingiz mumkin. Natalie'ga aynan mana shu roli Oscarni olib bergan.


PsixoSfera muallifi

Sa'dullayeva Shahzoda


Report Page