Daddy demon😈
Marvarid•`7-qism
Ulardan ancha uzoqlashgan bòlsakda men qarshilikni
tòxtatmadim. Unga aytmagan yomon sòzim qolmadi. Biroq u etibor
ham bermay, meni kòtargancha yurishda davom etdi.
-Sen telbasan... sendaylarni òldirish kerak. Yana quloģim tagida
gunoh haqida maruza òqiganingga òlaymi? Aslida seni qòling
kòproq qonga botgan...- baqirdim.
-Men deyarli hech kimni òldirmaganman!- nihoyat u tòxtab menga
qaradi- Buni meni òrnimga maxluq bajaradi. Men òldirmasdan
turib ham qobiliyat tortib ololaman. Shu sabab ham ancha
kuchliman.
-Sen ahmoqsan!- baqirdim. U beparvo yana tòģriga qarab oldi.
-Siz juda qaysar hilidansiz, Jinju. Shu vaqtgacha hech kim men
haqimda sizchalik qiziqmagan, dildan suhbat qurmagan. Menda
sizga nisbatan oz bòlsada ishonch va dòstlik hisi uyģondi. Men bu
hislarni tuyish imkoniyatini qòldan boy bera olmayman. Zero shu
vaqtgacha hissiz kesakdek yashadim. Bu davom etishini
istamayman.
U yana yurishga tushdi. Kòzim boyagi maxluq va u bilan
olishayotgan qizlarga tushdi. Afsuski maxluqning qòli baland
kelayotgan edi...
-Sizni fikrlashingiz menga yoqar edi!- ulardan koz uzmay
pichirladim- Afsuski siz ham telba hilidan ekansiz. Nega menga
doim shundaylar uchraydi?
-Sizda òzgacha qobiliyat bor!- javob berdi- Bu sehr bilan boģliq
emas. Siz boshqalarga shunday qiziqish bildira olasizki, ular
beehtiyor siz tomon ohangrabodek tortiladi. Hozirgi kunda yomon
va xudbin shaxslar kòp uchraydi. Ularga sizdek malham bòla
oladigan shaxs kerak. Tan oling, siz uchratgan yaqinlaringizni
deyarli hammasida shunday hislat bor. Ular bir marotaba bòlsa ham sizga yomonlik qilishgan, keyinchalik fikrlari òzgargan.
Shunday emasmi?
-Atrofimdagilarni tòqson foizi shunday!- negadir u bilan suhbat
orqali men nimagadir erisha oladigandek tuyildim- Ha, ularni bari
boshda menga nisbatan yomon bòlishgan. Hatto boyagi ikkita qiz
ham, ammo keyinchalik shunday yaqinga aylanganmizki...
-Ana kòrdingizmi?- gapimni bòldi- Hammaga sizdek boshqalarni
dardini tushunib, malham bòlguvchi shaxs kerak. Shu sabab ham
siz shunday razillar orasida haliyam tirik yuribsiz.
-Balki...- òyga toldim- Sen ham ulardan birisan.
-Men ulardek sizga zarar yetkazishga urinmaganman. Balki
boshida fikrim shunday bòlgandir, keyinchalik bu fikr notògri
bòlganligini bildim.
-Bilasanmi... sen nima uchun yolģizligingni tushundim... Sen
aqldan ozgansan, shu sabab ham hech kim yoningga yaqin
yòlamaydi!- uni jahlini chiqarish orqali vaziyatdan chiqib ketishga
urindim. Niyatim esa uni chalģitib, kamariga osilgan qurollardan
birini tortib olish edi. Gapim tasir qilgan shekilli, u birdan joyida
tòxtadi. Menga òzgacha nigoh bilan tikildi.
-Men odam emasman, Jinju!- ģlati ovozda pichirladi- Bu maxluq
har doim òziga qòriqchi tanlaydi va shu qòriqchi hisobiga
yashaydi. Qòriqchi òlsa u ma'lum vaqt ģoyib bòladi. Keyin yana
boshqa odam tanlab, uni ham men kabi manqurtga aylantiradi.
Ya'ni men oldingi hayotimdan hech narsani eslay olmayman.
Bilganim shu maxluqqa xizmat qilishim va u bergan kuchi hisobiga
yashashim. Boshqa narsani ahamiyati yòq edi. Toki bitta qizga
bezorilar hujum qilmaguncha.
-Sen...
-Siz menga yoqasiz... dòst sifatida. Meni ham maqsadim qolganlar
kabi sizdan foydalanish. Siz yoningizda òzimni ancha yaxshi his
qilaman, bemalol dardlasha olaman. Bu menga yoqayapti...
U yana yurishda davom etdi. Dòstlarimdan uzoqlashishga haqqim
yòq edi. Shu sabab ham uni yana tòxtatishim kerak.
-Yòq, adashibman. Sen ulardan ancha yomonroqsan. Maxluq bilan
boģlangan ekansan, demak sen ham maxluqsan...
Yòq. Gapim unga zarracha ta'sir qilmadi. Kòtargani bois qòllarim
oģrib ketdi. U buni tushungandek meni biroz teparoqqa kotardi.
Endi qòlim bemalol qurollarga yeta olardi. Hech ikkilanmadim...
Tòpponchani olib, arqonga qarata òq uzdim. Jakeni nigohi
menga qaratilgach, yerga sakrab tushdimda uni itarib yubordim. U
orqaga siljib, osonlikcha muvozanatni saqlab qoldi. Qurolni u
tomon tòģirladim...
-Esingizni yiģing!- u quroldan koz uzmay gapirdi- Baribir menga
kuchingiz yetmaydi.
-Òldiraman seni!- quroldan ikkilanmay bir necha bor unga òq
uzdim. U osonlikcha chap berib, qòlimdagi qurolni tortib oldim. Bu
holatda òzimni yosh boladek his qildim. U tòpponchani huddi
òyinchoqni tortib olgandek oson oldi. Qochmoqchiligimda meni
tutib, òziga tortdi. Qòlini qayirib, oyoģiga tepdim. Unga zarracha
tasir qilmagach, kamaridagi ikkinchi qurolni olib undan
uzoqlashdim. Uni qòlidagi qurolga òq uzganimdan, qurol uni
qòlidan chiqib ketdi. U men tomon yugurib, oyoģimdan chalib
yiqitdi va òzida qolgan yagona xanjarni bòynimga tiradi. Men
bòlsam tòpponchani kòksiga qòyib, otishga shaylandim. Bitta
harakat bilan yo u, yo men òlaman. Barini bittagina harakat hal
qiladi... Men qurolni uni kòksiga chuqurroq botirdim...
-Qòlingizdan keladimi?- kòzlarimga ģalati tikildi.
-Tanlovimda qizlar yoki siz tursangiz...- pichirladim-...qizlarni
tanlagan bòlardim.
Ilk qadamni òzim bosib ikkilanmay òq uzdim. Bu men uchun
oģriqli edi. Harholda undan yaxshi suhbatdosh va dòst chiqgan edi.
Biroq qizlar hayoti muhimroq... Men uni yuragiga yana bir òq
joyladim. Shunda ham u xanjar ushlab turgan qòlini
harakatlantirmadi. Shunchaki menga tikilgancha jim turardi. Uni kòylagi qip-qizil qonga bòyalganini yaqqol kordim. U qòlida ortiq
tayanib tura olmay, yonimga quladi. Bazòr nafas olar, osmonga
tikilgancha jim yotardi. Sekin joyimdan qòzģaldim. Agar istasa u
osongina meni òldirar edi, ammo negadir u buni lozim topmadi.
Aynan shu narsa menda aybdorlik hisini uyģotar edi...
-Bormang...- u bazòr pichirladi. Haliyam osmonga tikilib yotar ediU yerda sizni òlim kutmoqda. Ortga qayting. Sizni chorlayotgan
ovozlar, òlim tomon yetaklaydi.
-Nima?- gaplariga tushuna olmadim.
-Ovoz... ishonch... òlim...- uzuq-yuluq gapirdi. Sòng men tomon
ģalati nigoh bilan qaradi- Sizda kutilayotgan taqdir ayanchli tus
olishi mumkin. Ortga qayting, shunda tirik qola...
Uni gapini yarmida yòtal tutdi. Sòng yana osmonga qarab oldi.
-Siz haq edingiz, dunyoda begunoh shaxsning òzi yòq!- pichirladiBugun bu olam bitta gunohkordan tozalanadi...
U jilmaygancha kòzlarini yumdi. Bir zum atrofni qumli shamol
qopladi. Yuzimni tòsib, kòzlarimni yumib oldim. Hammasi tugab
kòzimni ochganimda esa Jake joyida yòq edi, òrniga oppoq nur
havoda muallaq turardi. Birdaniga qizlar tomon qaradim.
Maxluqdan asar ham yòq, ular esa yerga òtirgancha hansirab
qolishgan edi.
Havoda turgan nur birdaniga meni tanamga singib ketdi.
Shundagina bu Jakedagi kuch ekanligini faxmladim. Òzimni
qanday his qilganimni ta'riflab bera olmayman. Bu shu qadar katta
qudrat ediki, ich-ichimdan uni kuchini his qildim. Qòlimdagi
jangdan qolgan asoratlar tezda bitib ketdi. Òrnimdan otilib turib,
qizlar tomon yugurdim...
Tuzukmisiz?- boshini ushlagancha yerga yotib olgan Mona va
hansirab yerga òtirib qolgan Misun tomon bejo qaradim.
-Ha!- Misun hansirab javob berdi.
-Yòq!- Mona asabiy baqirib yubordi- Bu daxshat! Men bòyi
yigirma metr keladigan lavali maxluq bilan olishdim. Qanaqasiga
ahvolim yaxshi bòladi?
-Sen yolģiz emasding!- Misun chaqib oldi.
-Buni faqat qochgan qiz aytayaptimi?
-E'tiboring uchun sen ham oyoģi kuygan tovuqdek faqat yugurding!
-Janjallashayapsizmi demak hammasi joyida!- uh tortdim.
-Aytgandim bu bolada bir gap bor deb!- Misun òrnidan turdiBoshidanoq yoqmagan edi.
-Maxluq qayerga ģoyib bòldi?- Mona boshini kòtarib atrofga
qaradi.
-Ğalatimisan? Yòqolib ketganini òzing kordingku!
-Qum bòronda qanday kòray?- Misunga yomon qaradi.
-Xullas...- gaplarini bòldim- Sizlarga aytib beradigan kòp gaplarim
bor...
Ahmoqgarchilik!- Mona gaplarimni eshitib bòlib birinchi tilga
kirdi- Meni sizni suhbatingiz kòproq qiziqtirdi. Rostan seni
tanishlaring avval senga yomon muomila qilganmi?
-Ha!
-Mendan tashqari!- Misun qòllarini qovushtirdi.
-Buni ayiqlar yashovchi ģorga yòl kòrsatgan qiz aytayaptimi?-
qoshlarimni chimirdim.
-Yosh bolacha harakat!- Mona kulib yubordi. Misun unga asabiy
qarab qòydi.
-Bu hazil edi...
Sal qolsa òlardim!- gapini bòldim. Mona kulishda davom etdi.
Uni kulganidan meni ham yuzimga tabassum yugurdi.
-Hoy sal jiddiy bòlinglar. Òn daqiqa avval òlishimiz mumkin edi.
Telbamisizlar?- Misun asabiy gapirdi.
-Bizda bunday holatlar odatiy emasmi?- savil berdim.
-Odatiy! Ammo maxluq odatiy emas. Bu yer bunchalar havfli
ekanligini bilmagan edim.
-Hali yòlboshchi bumidi?- Mona hayron bòldi- Bilganimda
sayohatga chiqmasdim. Bunga ishonib bòlarmidi?
-Ketish kerak. Havfli hududda uzoq vaqt qola olmaymiz!- Misun bu
safar uni gaplariga e'tibor qilmadi.
-Endi bu yer havfli emas!- Jakeni gaplarini esladim- Harholda
vaqtincha. Toki maxluq yangi qòriqchi topguniga qadar...
-Bu yerga bizdek jonidan tòyganlargina qadam bosadi. Aqli borlar
kelmaydi. Demak maxluq qòriqchini uzoq vaqt kutadi. Ungacha bu
yer havfsiz deya olmaymiz... Kettik...
Yòlga tushdik. Yarim soatdan sòng havfli makondan butkul chiqib
oldik. Quloģim atrofida Jakening ovozi tinmay aylanardi. U meni
òlim kutayotganini aytdi? Ammo qanday? Uni qobiliyati
nimalardan iborat ekanligini ham bilmayman. Balki inson
taqdirini ham kòra olar? Unda meni òlimimni kòrganmi? Demak
endi shunday òlim topar ekanmanda?... Yòq! Bu òlim oldi
alahsirash edi xolos. Harholda òzimni shunday ovuta olaman...
-Doimgidek hayoling parishon?- Mona menga savol nazari bilan
qaradi- Yigitchani òylayapsanmi?
-Unga yaqin bòlishga ulgurmagan edim.
-Ammo gaplari tasir qila olgan, demak òzingga yaqin olgansan!
-Bu yaqinlik emas... U uchratganlarim orasida eng ģalatisi. Hech
nimani... Nimaga bunday qilganidan tortib, nega oson òlganigacha
hech nimani tushuna olmadim. Gaplari ham qandaydir ģalati.
U senga yaqin bòlmoqchiligi kundek ravshan edi. Oson òlimiga
kelsak... buni òzi tanlagan.
-Nega?... Axir meni oson òldira olardi!
-Bilishimcha u seni òziga yaqin olishga ulgurgan. Sendan boshqa
yaqini bòlmagani uchun ham shu ish sodir bòldi. Shunchaki
gaplarini unut... Uni telba dòst sifatida eslab qol. Shundagina
savollaringga javob topasan...
Uni gaplarini miyyamda tahlil qilishga urindim. Rostan bu
narsalarni unutganim maqul. Zero uni ikki kun kòrdim va bir
necha soat gaplashdim xolos... Bu vaqt oraliģida hech kim yaqin
bòlib qolmaydi.
-Shu yer shekilli!- Misunni ovozidan hayollarim tumandek tarqaldi.
U qarab turgan tomonga qarab, qoya chetida bitta kichik uyni
kòrdim.
-Seningcha u shu yerda yashaydimi?- Mona savolga tutdi.
-Aytishlaricha u Qora ritser bilan bòladigan jangdan chòchiydi. Shu
sabab ham shu yerdan tashqariga chiqmaydi, chunki kalitni
yòqotishni istamaydi.
-Demak u dunyodan uzilib qolgan... Shuni hisobiga energiya
ololmaydi va kuchi u qadar kòp emas. Kalitni tortib olish oson
bòladigan kòrinadi!
-Erta hursand bolmaslik kerak!- Misun pichirlab, uy tomon qadam
bosdi. Ortidan ergashdik. U eshikni sekin ochib, ichkariga
mòraladi. Oldinga qadam bosib, ichkariga kirdi. Ortidan biz ham
kirdik. Uy oddiygina, òrmonlarda bòladigan kichik kulbani eslatar
edi. Shiftlarga har xil òsimlik va xaltachalar osib tashlangan.
Atrofda kichik probirkalarda qandaydir suyuqliklar turardi.
-Nima balo bu yerda jodugar yashaydimi?- Mona
probirkalardan birini qòlga oldi. Qandaydir ovoz eshitilishi bilan
probirkani yerga tashlab yubordi va qurolini qòliga oldi. Biz ham
jangga shay holatda turdik.
Ortimdan yashin tezligida nimadir òtib ketganini his qildim.
Ògrilganimda hech kim yoq edi... Bu holat bir necha bor davom
etdi. Ortimdan kelgan zarbadan uchib, devorga urildim. Qandaydir
narsalarni singan ovozi va baqiriqlar eshitildi. Òrnimdan
turganimda yuzida niqob bòlgan qiz devorga yopishib turar, Misun
va Mona unga qurol òqtalib turishardi. Sekin ularga
yaqinlashib, qizni kòzlariga tikilib qaradim. Tanish kòzlarni kòrib
hayrat bilan pichirladim:
-Mia???...
U niqobini yechib otdi va bizga asabiy qaradi:
-Jin ursin, maxluq oldidan qanday òtdingiz?...
Sennnn!- Mona va Misunning Miaga qaratilgan kòzlari
kattalashdi. Ular ģazablanishi tabiiy... Chunki ikkalasi ham uni
òģlidan zarar kòrishgan...
-Demak òsha jodugar sen ekansanda!- Misun birinchi òziga keldi.
-Uni men òldirsam maylimi?- Mona ham qòshildi.
-Mendan keyin.
-Nimalar deyapsiz?- Mia ularga ahmoqqa qaragandek qarab
qoldi- Aqldan ozganmisiz??? Kimsizlar òzi???
Mana endi bari tushunarli...
-Òlim yoqasidagi odam òz ajalini tanimas ekan!- Mona unga òq
uzishga shaylandi.
-Tòxta!- uni tòxtatib qoldim- Erta xulosa qilma.
-Nega uni himoya qilayapsan?- Misun hayron dedi- U Hankni
onasi!
-Kim u Hank?- Mia tushunmay sòradi- Meni farzandim yòq.
Meni taniysanmi?- nigohlaridan hech narsani tushuna olmayotgan
qizlardan koz uzib Miaga yuzlandim.
-Albatta! Nima sen tanimaysanmi?- asabiy baqirdi.
-Tushunarli. Qizlar adashayapsiz. U meni voqealigimdagi Mia.
U sizlarni tanimaydi, Hankni ham onasi emas!- tushuntirishga
urindim. Tushunmovchilik sabab xonani bir muddat sukut
egalladi. Hozirda hammamizdan kòra hayratda odam aynan
Mia edi...
-Sen bu yerga qanday tushib qolding?- nazoratni òz qòlimga
olishga harakat qildim. Oxirgi marta xatoyimni tòģirlab ortga
qaytganimda u qochib ketganini eslayman. Shundan sòng ilk bor
kòrishishimiz...
-Hammasiga vaxshiy sevgiling sababchi!- tishlari orasida dedi.
-Òzing aybdorsan. Agar unga suhbatimiz yozilgan audioni
jònatmaganingda u bunchalar ģazablanmas edi.
-Unga òz nomimdan jònatganim yòq. Shunda ham u men
ekanligimni aniqlabdi.
-Axir bu Yoongi!- kuldim- Undan hech narsani yashirib
bòlmaydi. Bejizga yaxshi kòrmagandirman?
-Juda kulguli... Shuncha ishidan sòng ham bu gapni bemalol
aytayotganingga hayronman...
-Boisi bu qilmishlarni u emas iblis qilgan. Ammo bu kechirganimni
anglatmaydi.
-Ular nima haqida gaplashishayapti?- ortimdagi Monani Misunga
pichirlaganini aniq eshitdim.
-Jinju va uni sevgilisi haqida!
-Nima sevgani shunchalar yomonmi?...
-Jinju ham qolishmaydi!
Shunchaki kulib qòydim. Bu ta'rif aniq bir holatimga mos emas.
Men ba'zan yaxshi va ba'zan yomonman. Bu atrofimdagilarni
menga bòlgan munosabatiga boģliq. Aynan shu òzgaruvchanligim kòp anglashilmovchiliklar keltirib chiqargan. Chalkashliklarning
boisi ham shunda...
-Maqsaddan chetlashmaylik qizlar!- Misun borib, devorga yopishib
turgan Miani yoqasidan oldi- Demak kalit senda! Qaysi
voqealikdan ekanliging meni qiziqtirmaydi. Bilganim sen juda
ayyor jodugarsan. Qani gapir! Qani u?
-Qanaqa kalit?- Miani yuzi hech narsani anglamagan odam
qiyofasi bilan almashdi.
-Kòrdingimi? Haqiqiy aktrisa! Bunga nobel mukofotini berish
kerak!- Misun bizga qarab hazillashgandek kuldi va Mia tomon
ògrilib yuziga qattiq musht tushirdi. Buni kòrib hayolon oģriqni his
qilgandek bòldim va chap tomon qarab oldim.
-Men bilan òynashma!- Misunni ovozi uyni larzaga keltirgandek
bòldi- Sòngi marta sòrayapman kalit qani???
-Hech qanday kalit haqida bilmayman.
Bu javobdan sòng Misunni mushti yana uni yuziga tushdi. Bu
safar musht qattiqligidan oģzidan qon kelganini kòrdim. Misun
undan alamini olayotganini sezardim, garchi u òz voqealigidagi
Mia bòlmasada. Shunchaki bu tomoshani kòrishni ihtiyor
etdim. Chunki bu qiz sabab necha marotaba òlim yoqasiga borib
qoldim. Hatto hozir shu yerdaligimni asl sababchisi ham u...
-Hòp, aytaman!- yuziga kelib tushgan oxirgi zarbadan sòng ruhan
taslim bòlgan Mia arang gapirdi.
-Gapir!- Misun uni yoqasidan tortib devorga qattiqroq tiradi.
-U... uni yashirib qòyganman. Hozir bu yerda emas..- yòtalib javob
berdi.
-Qayerda?- Misun tishlashib gapirdi.
-Bunga ishonish uchun qanchalar ahmoq bòlish kerak?!- kulgancha
ularga yaqinlashib, Miani bòynida osiģliq turgan kalitni yulib
oldim. Uni kòzlarida ģazab ifodasi paydo bòldi.
-Ba'zan qobiliyating bizga qòl keladi, Jinju!- Misun uni qòyib
yuborib, kalitni qòlimdan oldida, sinchiklab òrganishga tushdiKalitda xanjardagi kabi qizil yoqut bor ekan, demak huddi òzi...
-Bu qizni endi bizga keragi yòq!- Mona otishga shaylandi.
-Buni maslahat bermasdim!- Mia stolga tayanib turar ekan,
oģzidagi qonni tupurib tashladida, jilmaydi.
-Nega ekan?- Monaga tòxta ishorasini qildim.
-Kalitga afsun òqiganman!- devorga suyanib, holsiz boshini ortga
tashladi- U endi men istasamgina qulfni ocha oladi.
-Sen òlsang sehring ham yòqoladi!- Mona unga yaqinlashib,
peshonasiga tòpponcha tiradi.
-Sinab kòrasanmi?- Mia bir kòzini ochib, unga mazax
ohangida dedi- Ammo gaplarim tòģri bòlsa xanjarni ololmaysiz!
Mona ģazab bilan endi tepkini bosaman deganida Misun
tòxtatib qoldi.
-Nima istaysan?- Miaga yuzlandim.
-Kòp narsalarni!- tirjaydi.
-Savolni notòģri berding, Jinju!- Misun unga yaqinlashdi- Sen biz
bilan xaritani topish uchun borasan. Tirik qolish uchun ham
sehringni tortib olishingga tòģri keladi.
-Hammangiz esingizni yegansiz!- u deyarli baqirib yubordiXaritani topish? Buni shunchalar oddiy aytayapsizlarki, uni kimda
ekanligini unutayozibsizlar.
-Nega endi? Bilamiz... Qora ritserda!
-Barakalla...- havsala bilan dedi- Uni kimligini bilasizlarmi?
-Chaynalma, qizaloq. Biz ham u kabi ovchimiz!
-Ha, ammo u kuchliroq. Yana u meni qayerdaligimni aniqlshga
muvaffaq bòldi!- baqirib yubordi- Hozir shu yerga kelayapti.
Tezroq qochish kerak...
Bu gapni sendan eshitish yoqimli. Demak shu yerga kelayapti
degin? Ayni muddao... U kalit uchun kelayapti, kalit senda deb
òylayapti. Bundan kelib chiqadiki... sen hòrak bòlasan...
-Ahmoqgarchilik! Meni qayerga olib ketayapsiz?- qòllari boģliq
holda yurayotgan Mia vaysashda davom etdi.
-Uyingdan uzoqroqqa. Agar Qora ritser ham shu yerda bòlsa
demak u birinchi bòlib uyga boradi. U yer jang uchun qulay emas.
Uydan ancha olislab kech tushushi bilan, harsangtoshlar qoplab
turgan joyda gulxan yoqdik. Ovqatlanib bòlgach hamma òz
hayollari bilan jim òtirar, hamma kutilajak keyingi ishni òylar edi.
Men bòlsam oltindan yasalgan, kichik qizil yoqutga ega kalitga
tikilib òtirar edim. Xaritani tortib olsak kifoya, men òz istagimga
erishib ortga qaytaman...
-Chiroyli tòģrimi?- Misun yonimga kelib òtirdi- Oltin kòzni
qamashtiradi...
-Meni kòproq òsha Qora ritser deb atalmish shaxs òylantirayapti!-
kalitni qayta bòynimga ilib oldim- U seningcha Miani qanday
topdi?
-Bu men uchun ham qiziq!- hòrsindi- Shuncha yil deganda
qanaqasiga endi topgan bòlishi mumkin. Yoki uni biz boshlab
keldikmi?
-Biz? Yòq, agar ortimizdan kimdir kuzatganda buni sezgan bòlar
edik.
-Balki bu...- yonimizga osmondan uchib tushgan narsadan uni gapi
bòlindi. Tezda osmonga qarab buni qora qarģa tashlaganini
kòrdim. Tushunqiramay Misunga qaradim. U yerga tikilgancha jim
turardi.
-Buni qara!- deyarli pichirlab aytgani bilan u qaragan tomonga
qaradim. Tanish kichkina sariq qushni kòrib hayratlandim.
-Bu... bu axir...- tutilib shu sòzni ayta oldim.
Ha! Bu òsha ģaroyib qobiliyatga ega ayollardan tashkil topgan
qishloqdagi bir ayolning qushi. Mana Qora ritser kalitni qanday
topgan ekan.
-Aytmoqchisanki...
-U qishloqni yòq qilgan!- uni sovuq javobidan titrab ketdim- Bizni
ham allaqachon topgan. Hozir uni kuzatuvi ostidamiz...
mana yorobunchalar yoqimli mutoala🥰❤️
(comment va reaksiya kutib qolaman😮💨💞)