Daddy demon😈
Marvarid•`6-qism
Qoronģu va zax xona. Xonani faqatgina tòlin oy nurigina yoritib
turardi. Qimirlashga urindim, joyimdan biroz siljishim bilan
boshimda oģriq turdi. Shundagina oxirgi bòlgan voqealar kòz
oldimdan òtdi... Monaning ģalati gaplari, yoqimsiz haqiqat,
suvga qulashim va qòporuvchilarni yonimda paydo bòlib
boshimga zarbe berishi... Bari juda tez bòldi, huddi tushga
òxshaydi...
Hozir òsha zax xonada stulga boģlangan holda òtiribman.
Boshimdagi ogriq hamon davom etmoqda. Qòllarimni bòshatishga
urindim... Shu vaqt xona eshigi yoqimsiz ovoz chiqarib ochildi.
Qoronģu sabab kim kirganligi kòrinmadi ham. Tahmin orqali uni
qòporuvchilardan biri ekanligini yaxshi faxmlardim.
-Òzingga keldingmi?- eshikdan kirgan shaxs sovuq ohangda dedi.
Yòq, ovozi umuman tanish emas. Demak avval uchratmaganman...
-Kimsan?- boshimni oģriqdan asabiy burib oldim. Undan javob
bòlmadi. Òrniga xonani oy nuri tushib turgan qismiga sekin òtdi.
Kutganimdek u qòporuvchilar niqobida edi. Niqobni esa
shoshilmay yechdi...
-Kimsan?- takrorladim. Uni yuzini aniq kòrib turgan bòlsam ham
taniy olmadim.
-Meni tanimaysan!- òzgacha ohangda pichirladi u- Biz tanish
emasmiz.
-Shundoģam basharangni avval kòrmaganman. Kòrgan bòlsam
aniq eslab qolardim.
-Yoqimtoyligim uchunmi?- kuldi.
-Basharang sovuqligi uchun!- javobimdan uni yuzidagi soxta kulgu
ham yòqoldi.
-Bu jasurlik yoki ahmoqlik! Men seni ahmoqqa òxshatdim!
Harholda òlim yoqasidagi odam uchun juda sokinsan...
-Òlim yoqasidagi?- kuldim- Kimligingni bilmayman, yigitcha...
Lekin qiziqayotganim ham yòq.
-Buni aytish men uchun qiziq!- chekkadagi stulni olib qarshimga
òtirdi.
-Qòysangchi!- ensamni qotirdim- Maruza eshitish niyatim yòq.
Tirik qolishni istasang jiģimga tegma!
U gapimdan qattiq kulib yubordi. Bu holat menga yoqqani yòq.
Garchi qòlimni osongina bòshata olsamda vaziyatni tòliq
òrganishga urinar edim.
-Juda ahmoqona gap bòldi...- kulishdan bazòr tòxtadi- Senga kòp
narsalarni tushuntirishga tòģri kelar ekan.
Tushundim... Menda adovating bor...- uni xotiralarini kòrib
bemalol dedim.
-Bu oddiy adovat emas!- kòzi atrofidagi tomirlar ģazabdan bòrtib
chiqdi- Sen jonajon ukamni qotilisan! Qòling uni qoniga botgan!
-Ukangni òzi sababchi edi...- bamaylihotir javob berdim- Agar men
turgan shaharga hujum qilgan qòporuvchilardan biri bòlmaganida
òlmasdi.
-U bu yòlni òzi tanlamagandi!- birdan yonimda paydo bòlib, men
òtirgan stulni ushladi. Ğazab bilan menga tikilib davom etdi- Uni
bu yòlga men olib kelgandim. Sen uni ikkilanmay òldirding... Huddi
boshqa jamoadoshlari kabi...
-Uni bu yòlga sen olib kelgansan!- òz gapini òziga qarshi ishlatdimDemak asl aybdor ham òzingsan!
-Yòòqq...- chòzibroq dedi- Agar sen alamzada ularni ortidan
bormaganingda u òlmasdi. Meni ukam begunoh edi...- deyarli
baqirib yubordi...
-Ishonching komilmi?- jahl aralash dedim- U hali bòyi yetilmagan
kichkina bolani òldirganlardan biri! U òlimga loyiq edi?
-Isbotlay olasanmi?- baqirdi- Hatto ukam kimligini aytganim yòq.
Òzingdan tòqima!!!
-Ukang kimligini xotirangdan osongina kòrdim. U qotil!!!
-Òsha bola qotil edi!- men tengi baqirdi- Undaylarni biz yoshligidan
òģirlab katta qilamiz. U esa qochish uchun tòdadoshlarimizdan
birini òldirgan edi. Qòporuvchilar jamoadosh oģasi uchun jonini
berishga tayyor!
-Demak hujumingiz sababi shu ekanda? Boladan qasos olmoqchi
bòlgansiz!- hayron bòldim- U yosh bola...
-U bosh balosi edi! Sen u bilan kòp yurmagansan kòrinadi. Shunda
uning haqiqiy basharasini kòrgan bòlar eding!
-Sizlar tarbiyalagandan keyin qanday bòlsin?
Aslo!- birdan bòynimdan bòģib oldi- Biz jamoa a'zolariga bir-birini
òldirishni òrgatmaymiz. Aslida sizlar shunaqasiz! Dugonangni
senga qilgan ishi bunga yaqqol misol...
Bu tahqirlanishning kichik turi bòlsada bu gapga chidashni
istamadim. Osongina qòlimdagi arqondan xolos bòlib, uni bir
urinishda devorga tiradim. Qòlimda nur paydo qilib, buni unga
otishga shaylandim...
-Bu nimasi?- u qòlimdagi nurga asabiy qarab qoldi- Ovchi qiz seni
sehrdan mahrum bòldi degandiku...
-Rostanmi?- kuldim- Endi hammasi tushunarli. Yaxshi suhbat bòldi,
yigitcha. Afsuski ketish vaqtim bòldi...
Ortga ikki qadam tashlab, qochishga shaylangan yigitga nurni
otdim. U bu kuch tasirida uchib, devorga boshi bilan urildida,
hushidan ayrildi. Ehtiyotkorlik bilan xonadan chiqdim. Bir
maromda tebranayotgan yerdan kemada ekanligimni bildim. Bitta
eshik oldiga yaqinlashdimda, qiya ochib kòrdim. Oy nuridan bir
muddat kòzim qamashdi, sòng kemaning ustki qismida òn-òn
beshtacha qòporuvchilar turganiga amin bòldim. Hòrsinib, eshikni
qayta yopdim.
-Doim bir baloga yòliqib yurasan, Jinju!- òzimga òzim
pichirladim- Endi ochiq okeanda qayerga qochasan?
Yòl bitta! Yo men ularni, yo ular meni òldirishadi. Shu sabab ham
avval men harakat boshlamoģim lozim...
-Yana bir ming la'nat!- asabiy pichirlab, chuqur hòrsindim. Eshik
tutqichini burab, qòlimda nur paydo qildim. Aksiga olib qurolim
narigi kemada, narslarim orasida qolgan. Qobiliyatim bilan jang
qilganimga esa ancha bòlgan...
Chuqur nafas olib, birdaniga eshik tutqichini burab, tashqariga
otildim... Shu zahoti hammaning nigohi men tomon qaratildi.
Baxtga qarshi hammasi yigit kishi bòlib, boshdan-oyoq
qurollanishgan edi.
Menga yaqin turgan bittasiga qòlimdagi nurni otib, qurolini tortib
olishga ulgurdim. Endi ishim ancha oson kechadi... Ularning
hammasi birdaniga men tomon yopirilib kela boshlashdi... Qurol
yordamida ularni òqqa tuta boshladim. Ular oldingilardan ancha
abjirligi zarar tomonga ishladi. Qurolda òq tugashi bilan endi
qòlimda nur paydo qilmoqchi bòlganimda bitta yigit meni chalib
yiqitdi. Endi menga òq uzmoqchiligida boshiga tekkan òq uni
tòxtatib qoldi. Tanish usul...
Yonginamizda tanish kemada paydo bòldi va tepada turgan
Misunga kòzim tushdi. U kema arqonlari yordamida men turgan
kemaga osongina òtib oldi.
-Bir baloni boshlamasdan turolmaysan!- abjirlik bilan turishimga
yordamlashdi. Kòzim bu kemaga òtgan Monaga tushdi.
-Bu kutilmagan vaziyat edi!- òzimni ònglab oldim. U qòlimga oz
qurolimni tutqazdi. Bir qurolga, bir bizga qòrquv aralash qarab
turgan yigitlarga qarab jilmaydim...
-Ular nimani istashar ekan?- Misun menga savol nazari bilan
qaradi. Haliyam òsha kemada turardik, yerda esa yigitlarning
jonsiz jasadlari yotardi.
-Shunchaki jamoadoshlarini òldirganimdan alamzada ekanlar!
-Ular doim qasoskor bòlgan. Maylikuya, bu yerga qanday tushib
qolding...
U shu savolni berar ekan beehtiyor suhbatimizni eshitib turgan
Monaga qaradim. U kozlarini olib qochdi...
-Ular ortimizdan tushishgan ekan!- undan koz uzmay Misunni
savoliga javob berdim- Suvga ehtiyotsizlik qilib qulaganim ular
uchun sharoit yaratdi.
Javobimdan sòng Mona zimdan menga nigoh tashlab qòydi.
Sen ularni kemasi shu yerdaligi qayerdan bilding?- Misun bu safar
Monaga yuzlandi.
-Haligi... tahmin xolos...- tutilib javob berdi. Misun ikkalamizga ham
shubha kozi bilan qarab qòydi.
-Mayli, kettik unda! Yana ularni qolgan a'zolari ham kelib
qolishmasin!- u yana arqon orqali narigi kemaga òtib oldi. Men
ham bitta osiģliq turgan arqon yoniga bordim...
-Nega unga aytmading?- endi narigi kemaga òtmoqchiligimda
Monaning gapi tòxtatdi.
-Meni ularga topshirganingnimi?- yerda yotgan jasadlarga ishora
qildim.
-Ha.
-Bunga majbur bòlganligingni ikkalamiz ham bilamiz, Mona.
Yòqsa ular bizni qòrshab olishgan va hammamiz òsha on halok
bòlgan bòlardik. Ğalaba uchun yòl faqat shu edi...
-Biroq men boshida majbur emasdim!- pichirladi- Sayohatga ham
shu sabab chiqgan edim. Ulardan seni qurbon qilish orqali
qutilmoqchi edim...
-Keyin nega fikringdan qaytding?
-Òylab qarasam... senga nisbatan xudbin bòla olmas ekanman,
Jinju...
-Òzingni aybdor bilma!- jilmaydim- Sen bekorga òsha vaqt
xotirangni kòrishimga ishora qilmading. Shu yòl bilan meni
rejangdan voqif qilmoqchi bòlgansan. Meni ularga nomiga
topshirib, òsha yigitga qobiliyatsizligimni aytgansan. Keyin
yordamga kelishni rejalashtirgansa.
-Bu mukammal reja edi...- biroz yengil tortdi.
-Aslida sendan qarzdorman!- hòrsindim- Yòqsa òsha onning òzida
hamma narsamdan ayrilardim...
Unga bir qarab qòyib, arqonga osilib narigi kemaga òtib oldim.
Ortimdan Mona ham keldi...
Nega buncha qolib ketdingiz?- Misun bizga shubha bilan qaradi.
Unga asabiy qarab qòyganimdan hòrsinib ortga qaytib ketdi.
-Unga aytma!- Monaga yuzlandim- Yòqsa senga qarshi chiqishi
uchun qulay sharoit tuģiladi.
-Bilaman, hòp.
Kema joyidan siljidi... Yarim soatda boshimdan olgan
jarohatimdan asar ham qolmadi. Tong ota boshlagan edi... Shu
fursatdan foydalanib Jakeni yoniga bordim...
-Ancha yaxshimisiz?- u kemani boshqarar ekan, bosiqlik bilan
sòradi.
-Deyarli... Charchab qolmadingizmi? Tuni bòyi uxlamadingiz axir...
-Charchagan menmi sizmi?- kuldi.
-Hushdan ketish uxlagan hisobiga kirsa kerak. Shundan kelib
chiqib men bir necha soat uxladim.
-Men bunga kònikib ketganman. Aytgancha, sizga xushxabarim
bor.
-Qanday?- qiziqdim.
-Manzilga yaqinlashdik, oz qoldi.
-Qanaqasiga? Misun okeanda bir necha kun qolib ketishimizni
aytgandi.
-Menimcha u kema topish muammosini qòshib aytgan. Uni ustiga
meni kemam yangi, shu hisobiga tez yuradi...
-Meni tobora hayratga solayapsiz.
-Bundan hursandman.
-Nima sababdan u yerga qatnaysiz?- unga sinchkov qaradim- U
yerga tirik qolishni istagan odam bormaydi deyishdi. Nima siz
hayotdan tòyganmisiz?
U jilmaydi. Bu jilmayish qandaydir homush chiqdi. Ancha vaqt jim
bòlib qoldi. Bundan u òylayotganini, aytish-aytmaslikda
ikkilanayotganini sezdim. U bitta jumboqqa òxshardi... Hammani xotirasi men uchun ochiq va men iloji boricha boshqalarning
shaxsiy ishini kòrmaslikka urinaman. Biroq unga kelganda istisno
bòlgan edi... Uni boshida qanday hayollar borligi meni juda
qiziqtirar edi.
-Bu hayotdan tòyish emas...- nihoyat undan sado chiqdi. U juda past
ovozda pichirlagan bòlsada ovozi xona bòylab yangragandek
tuyuldi- Aksincha, men yashab qolish uchun harakat qilayapman.
-Ya'ni?...
-Bu olam ģariyibotlarga tòla, xonim!- hòrsindi- Har bir shaxsda
majburiyat bòlgani kabi, menda ham bor... Sizni gapingiz tòģri edi.
Hech bir shaxs butkul begunoh bòla olmaydi. Jumladan men
ham...
-Aksincha, sizni bosqiligingizdan kelib chiqib aytadigan bòlsam...
-Insonlarda har xil niqob bòladi. Bu ham haqiqatni yashirish xolos.
Meni yaxshi deb òylayotganingizga xotiramni kòra olmaganingiz
sabab...
-Niqob... tanish tushuncha...- pichirladim- Tòģri, hammada niqob
bòladi. Meni niqobim oldinlari "ģurur" edi, hozir bòlsa "ishonch".
-Ya'ni?
-Ya'ni men òzimni hammaga ishongandek kòrsataman, biroq
ishonch hisim deyarli qolmagan. Kimgadir ishonishim juda qiyin.
Shu sabab ham boshqalarga shu niqob ostidan qarayman.
Bilasizmi bu yolģonga ba'zan òzim ham ishonib qolaman. Juda
chalkash hislar... Menda doim shunday bòlgan...
-Aynan shunday. Menda ham shu holat deb tasavvur qiling.
-Lekin...
-Tushuning, ba'zi narsalar sir tutilmoģi lozim.
-Tushunish? Men tushuna olardim... agar xotirangizni kòra
olganimda...
-Tushunish uchun bunday qobiliyat bòlishi shart emas...- jilmaydiShunchaki òzingizdagi hech kimga aytib bòlmaydigan sirni òylang
va òsha shaxs òrnida òzingizni qòyib kòring. Shunda hech qanday
sehrsiz ham uni dardini tushuna olasiz...
Kòz oldimga juda kòp narsalar keldi... Sir? Menda sirkar juda
kòp... Hatto haddan ortiq... Qay birini kòz oldimga keltiray? Yòq,
uni gaplari qisman tòģri. Biroq hamma òz muammosi bilan
boshqanikini solishtirganida òziniki achinarliroq tuyilaveradi. Bu
hayot qonuni...
Uni sirini bilish istagim ròyobga chiqmaganidan biroz
asabiylashdim. Biroq bu katta sirligini va uni bizga ham dahli
borligini yaxshi tushunib turardim. Ehtiyotkorlik ziyon qilmaydi...
Bu yigitga kòz-quloq bolgan ma'qul. Zero "Ishonch" atalmish
niqobim unga kelganda foyda bermayapti... Bu yerda bir gap bor...
-Hayolingizni bòlganim uchun uzur...- uni ovozidan hushimni yiģib
oldim- ...ammo biz yetib keldik...
Sen shu yerda qolaver, rahmat!- kemadan tushar ekanmiz, Misun
Jakega yuzlandi.
-Arzimaydi, xonim. Biroq sizlarni yolģiz jònata olmayman. Bu
yerlar havfli...
-Buni bilaman. Sen shundoģam kòp yordam berding. Buyoģi bizni
ishimiz!...- Misun unga shubha aralash qaradi. Bu yigit faqat
menigina qiziqtirayotgani yòq. U qandaydir shubhali edi...
-Misunni gapi tògri!- unga qiziqayotgan bòlsam ham avvalo
havfsizlikni òylashga qaror qildim- Siz òzingiz aytgan ishingizni
bajaravering. Biz yòlimizda davom etamiz...
-Uchta xonimni bu havfli makonda yolģiz qòyib yubora
olmayman!- bamaylihotir davom etdi- Ruhsat bersangiz hech
bòlmasa havfsiz hududgacha kuzatib qòysam?
Qancha rad etmaylik u gapida qaysarlik qilib turib oldi. Noiloj rozi
bòldik...
Atrof butkul tekislik edi... Quruq yer, undagi yoriqlardan olov
yaqqol kòrinib turardi. Hatto onda-sonda yoriqlardan ozgina lava
ham otilib, yana joyiga kirib ketardi. Meni negadir vahima tuta
boshladi. Aksiga olib atrof jim-jit, faqat bizning qadam
tashlashimizgina eshitilardi.
-Ehtiyot bòl!- endi yana bir qadam bosmoqchiligimda Mona
ortga tortib qoldi. Men qadam bosishim mumkin bòlgan joydan esa
kichik lava otildi.
-Rahmat!- òzimga kelishga urinib, pichirladim.
-Bu yerda hayol surgancha yurib bòlmaydi, Jinju.
-Negadir kònglim ģash!- ortda ketayotgan Jakega kòz tashlab
qòydim.
-Sezdim. Yigitdan shubhalanayapsanmi?
Shunday! Undagi sukunat meni asabimga tegayapti.
-Aytmoqchisanki xotirasini kòra olmayapsan, shundaymi?
-Afsuski, ha. Uni ustiga òzini tutishi va gaplari ham ģalati.
-Qobiliyatingni ishlata olmaslik senga yomon ta'sir qilgan
kòrinadi!
-Bilaman...- hòrsindim- Haligi... sen haqingda sòramabman ham.
Turing qanaqa?
-Oddiy vampir!- havsala bilan javob berdi- Bu haqida gaplashishni
istamayman.
-Shu sabab ham ancha tezkor ekansanda?- kuldim.
-Bu haqida eslatma dedim.
-Qon masalasichi?
Bekorga ovchi bòlmaganman!- ensasini qotirdi.
-Tushunaman. Senda kechirish qobiliyati yòq, Mona. Nahot
òlguningizcha Misun bilan dushman bòlmoqchi bòlsang?
-U oilam òlmida qisman aybdor...- yuzini burishtirdi. Bundan bu
mavzu unga yoqmayotganini tushundim.
-U afsusta!
-Buni senga ozi aytdimi?- tòxtab, menga savol nazari bilan qaradi.
-Ha!- uni savolidan jonlangandek bòldim. Nahot shu gapdan sòng
fikrini òzgartirsa?
-Ğirt ikkiyuzlamachi ekan!- uni sovuq gapi yerga gurs etib
qulashimga sababchi bòldi. U beparvo yurishda davom etdi.
Ortidan asabiy qarab qolaverdim.
Ancha yurdik. Faqat lavali yerni oxiri kòrinmas, yer esa borgan
sari qizib boraverardi. Yana ancha yurganimizdan sòng Jake
negadir tòxtab qoldi. Hammamiz tòxtab unga savol nazari bilan
qaradik.
-Yetib keldik!- òzgacha ohangda pichirladi u. Unga hayron tikilib
qoldik.
-Hali lavali hudud tugamadi!- Misun birinchi tilga kirdi.
-Tugashi shart emas!- u mendan kòz uzmay javob berdi. Bu
nigohlar mohiyatini tushuna olmadim.
-Qaytmoqchimisiz?- tahmin qilishim mumkin bòlgan narsa faqat
shu edi. U hech narsa demadi. Menga tikilgancha jim turdi xolos.
Negadir bu nigohlardan boshim aylanib, holsizlikni his qildim.
Yerga tizzalab òtirib qoldim. Boshimda oģriq turgan, bu oģriq
tobora kuchayardi. Tizzalab ham tura olmay, qaynoqqina yerga
chòzikib oldim. Kòz qirim bilan yerda hushsiz yotgan Mona va
Misunni kòrdim. Hammasini anglagach esa atrofdan yigitni
izladim. Oģriq borgan sari kuchayar edi, yigit esa shundoq
yonginamga kelib tòxtadi. Men tengi òtirib, yuzimga ģalati tikildi.
Bu nigohlardan hech bir ma'no topa olmadim...
Kòzlarim holsiz yumila boshladi. U haliyam menga tikilib turar,
nigohi yumshashga ulgurgan edi. U yuzimni tòsgan sochlarimni quloģim ortiga òtkazdi. Ortiq hech narsani idrok eta olmay
qoldim...
Òzimga kelganimda qaynoqqina yerda qòlim boģliq holatda
yotardim. Bir maromda esib turgan iliq shamol meni nimadandir
ogohlantirishga urunar edi gòyo. Sekin joyimdan qòzģaldim.
-Menda ham bari chigal, Jinju...- yonginamdan tanish ovoz
yangradi. Sekin òtirib, òsha tomonga qaradim. Jake qòllarini
ortga olib, oldinga tikilib turardi.
-Nima?- endi òzimga kelganim va haliyam oģriq tasirida bòlganim
uchunmi gapini uncha ilģay olmadim.
-Suhbatimizdan kelib chiqib aytayapman!- sokinlikni buzmay javob
berdi u.
-Kimsan?- bòlgan voqealarni eslagach boģliq qòllarim musht
tugildi.
-Men bir bajaruvchiman!- javob berdi.
-Qolganlar qani?- beehtiyor boshimni changallamoqchi bòldim,
ammo qòllarim boģliqligi tufayli uddalay olmadim.
-Ana ular!
U tikilib turgan tomonga qaradim. Bizdan ancha uzoqda ikki qiz
bir-biriga orqa ògrilgancha boģlab qòyilgan edi. Uzoqdan yuzlari
aniq kòrinmadi, ammo ularni kimligini òzim anglab yetdim.
-Nima istaysan?- birdan unga baqirdim.
-Men emas, "U" istaydi. Aytganimdek men bir bajaruvchiman
xolos.
-"U" deganing kim?
U jim boģlangan, hatto oģzi berkitilgan qizlarga tikilib qoldi.
-U maxluq!- ancha vaqtdan sòng javob berdi- Shu yerda yashaydi.
U doimo energiya bilan ta'minlanib turmoģi lozim. Doimo...
-Ya'ni?- u aytgan gaplarni tahlil qilib qòrqib ketdim.
-Men bejizga bu yerga qatnamayman, Jinju. Unga ozuqa olib
kelaman. U evaziga meni cheksiz qudrat bilan ta'minlaydi.
-Yòq!- hayrat bilan juda past ovozda pichirladim. Demak u bizni
qurbon qilmoqchi. Boshidan ishonmasligim kerak edi. Jin ursin...
Qòlimda nur paydo qilishga urindim. Afsuski uddalay olmadim. U
buni sezgandek:
-Endi siz oddiy odamsiz!- dedi- Meni qobiliyatim kuchlarni sòrib
olish.
-Energiyani òzingizga olsangiz maxluqqa nima berasiz?-
vishilladim.
-Ikki qiznikiga tegmadim!- jilmaydi- Ular qurbon bòlishadi.
-Menchi?- beehtiyor pichirladim. U nihoyat men tomon ògrildi.
Yonimga kelib men tengi egildi va iyagimdan kòtarib òziga qaratdi.
-Siz men bilan ketasiz, sherikka yòq demasdim.
-A?- hayrat bilan shunday deya oldim.
-Xotirani tozalash qobiliyatiga ega bitta tanishim bor. U bizga
yordam beradi...
Uni gapidan yer issiq bòlsada muzlab ketdim. Zilzilaga òxshash
tovush esa e'tiborimni tortdi. Birdan bizdan ancha uzoqda yer
yorilgani va lava kuch bilan otilgani kòrindi. Bu manzarani diqqat
bilan kuzatib turdim. Lava orasidan avval bosh qism, keyn butun
tana kòrindi. Bòyi yigirma metrga yaqin keladigan ajdarsimon
maxluqni òkirishidan yer zir titrab ketdi. Bu ovozdan qizlarni
hushiga kelganini kòrdim.
-Ketamiz!- Jake yuzimga qòlini qòyib, yana yuzimga tushib
turgan sochlarimni quloģim ortiga olib qòydi. Bir urinishda meni
qòllarida kòtarib oldi...
Qancha qarshilik qilib baqirmay u zarracha e'tibor bermay yura
boshladi. Kòzim arqondan halos bòlgan qizlarga va ular tomon
yugurib kelayotgan maxluqqa tushdi... Maxluqni tòxtatish
imkonsiz, bu endi aniq xotima...
mana yorobunchalar hayitlik maroqli mutoala 🥰
(comment va reaksiya kutb qolaman😇💋)