Daddy demon😈

Daddy demon😈

Marvarid•`

3-qism

Men kutmagan yana bir hodisa... Bu ròyomi yoki shunchaki

hayolot? Farqiga bora olmay qoldim...

-Sen soxtasan tòģrimi?- Misunga hayron qarab qoldim...

-Nima?- uni qoshlari chimirildi.

-Tanishmisizlar?- haliyam Misunga qurol òqtalib turgan

Monadan sado chiqdi- Demak sen ham yonimga shu uchun

kelgan ekansanda? Ikkalangni tiling birmi? A?

Uni gaplariga uncha etibor qilmadim. Misun ham unga

bepisandgina qarab qòydi.

-Men ròyo emasman, Jinju. Menga arvohga qaragandek qarashni

bas qil!- jiddiylashdi. Uni gapidan òzimni ònglab oldim.

-Unda balki tushuntirib berarsan?- bu u emasligiga

ishonmaganligim uchun ham hissiz dedim.

-Shu yerda, mana bu qòrqoqni tòpponchasi ostida gapiraymi?-

yana qoshlarini chimirdi.

-Òzing qòrqoqsan, alvasti!- Mona alam bilan baqirdi- Jinju

ishonma unga. Hiyla qilayapti u.

-Orangizda qanday gap òtganini bilmayman. Ammo birinchi

navbatda gaplashib olish maqul deb òylayman...- ularga birma-bir

qaradim.

-Roziman!

-Men esa yòq!- Mona qurolini tushurmadi.

-Mona... Hafalashib qolishimizni istaysanmi?- unga savol nazari

bilan qaradim. U gapimdan ikkilanib qoldi. Agar men ham uni

dushmaniga aylansam hozirda uning tirik qolish imkoniyati

bòlmasdi. U birvarakayiga ikkita ovchiga qarshi chiqa olmaydi. Shu

sabab ham qurolini sekin tushirdi...

-Shoshma shoshma... barini boshidan qaytar!- Monani uyida

yiģilar ekanmiz, Misunni aytgan hikoyasiga tushunmay baqirdim.

Nimasi tushunarsiz? Masalan sen òsha olamda soat yettidan

sakkiz daqiqa òtganda ham sensan, soat yettidan tòqqiz daqiqa

òtganda ham sensan, soat yettidan òn daqiqa òtganda ham sensan.

Shunchaki òsha senlardan biri bu olamga xanjardan jarohatlangan

vaqti tushib qoladi. Endi tushunarli bòldimi?

Unga hayron qarab qoldim, u bòlsa hòrsindi. Misun esa ozini

kulgudan bazòr tòxtatib turardi.

-Tushuntirishni ham boplading!- nihoyat kulib yubordi.

-Qòlingdan kelsa òzing tushuntir!- unga yov qarash qilib qòydi.

-Bajonidil. Qara, Jinju. "Vaqt" bu murakkab tushuncha, òsha

tushunchaki shu olamdagi qonunlar buzib òtadi. Xanjardan

yaralangan zahoting shu olamga tushasan va tashqi dunyodan

uzilib qolasan. Agar men mobodo ortga qaytgudek bòlsam ham

shunchaki ģoyib bòlaman. Chunki men yashayotgan voqealik tarix

iplaridan òchib ketgan!

-Xaxaxa, demak menda ham shu holat takrorlanadi. Biroq bu

fikrdan nima foyda? Shundoģam ortga qaytish imkonsiz!

-Etibor bergan bòlsang men "mobodo" dedim!- Misun Monaga

asabiy qarab qòydi.

-Tushundim!- janjal boshlanishini sezib gap boshladim- Demak bu

olam bilan tashqi olam òzaro boģliq emas!

-Hayriyat!- ikkalasi ham hòrsindi.

-Rostan Hankni sen òldirganmisan?- Mona savol nazari bilan

qarab turardi.

-U bashoratdagi qiz!- Misun mendan avval javob berdi. Bu

javobdan Monani hayrati battar oshdi..

Sen uni qanday taniysan?

-U ham òzing ģoyib bòldi deyayotgan meni voqealigimdan, Jinju!-

Misun javob berdi- U bilan òsha voqealikdayoq dushmanga

aylanganmiz!

Qa...qanasiga?...

-Senga oldin ham aytgandim bu yerda "Vaqt" tushunchasi yòq deb!-

Mona sovuq ohangda dedi- Bu yerga tushish uchun xanjardan

yaralansang bas. Xanjar seni tashqi olamdan uzib qoyadi.U yerdagi har qanday voqealar bu yerga zarracha ham tasir

qilmaydi. Bu yerda xanjardan yaralangan qisming yashashi, narigi

olamda esa òsha vaqtga tògri keladigan qisming han yashashi

mumkin! Tushundingmi?

-...

Nimasi tushunarsiz? Masalan sen òsha olamda soat yettidan

sakkiz daqiqa òtganda ham sensan, soat yettidan tòqqiz daqiqa

òtganda ham sensan, soat yettidan òn daqiqa òtganda ham sensan.

Shunchaki òsha senlardan biri bu olamga xanjardan jarohatlangan

vaqti tushib qoladi. Endi tushunarli bòldimi?

Unga hayron qarab qoldim, u bòlsa hòrsindi. Misun kulib yubordi.

-Qòlingdan kelsa òzing tushuntir!- unga yov qarash qilib qòydi.

-Bajonidil. Qara, Jinju. "Vaqt" bu murakkab tushuncha, òsha

tushunchaki shu olamdagi qonunlar buzib òtadi. Xanjardan

yaralangan zahoting shu olamga tushasan va tashqi dunyodan

uzilib qolasan. Agar men mobodo ortga qaytgudek bòlsam ham

shunchaki ģoyib bòlaman. Chunki men yashayotgan voqealik tarix

iplaridan òchib ketgan!

-Xaxaxa, demak menda ham shu holat takrorlanadi. Biroq bu

fikrdan nima foyda? Shundoģam ortga qaytish imkonsiz!

-Etibor bergan bòlsang men "mobodo" dedim!- Misun Monaga

asabiy qarab qòydi.

-Tushundim!- janjal boshlanishini sezib gap boshladim- Demak bu

olam bilan tashqi olam òzaro boģliq emas!

-Hayriyat!- ikkalasi ham hòrsindi.

-Rostan Hankni sen òldirganmisan?- Mona savol nazari bilan

qarab turardi.

-U bashoratdagi qiz!- Misun mendan avval javob berdi. Bu

javobdan Monani hayrati battar oshdi.

-Yòge? Demak u kòpchilik qila olmagan ishni qilgan, qoyil...

Maylikuya... seni qanday unga qarshi borib qolganingni

tushunmayapman! Axir uni sodiq iti edingku!

-Oģzingga qarab gapir!- Misun uni yoqasiga chang soldi- Hech

nimani bilmay turib xulosa qilma, qizaloq .

Nega bilmas ekanman?- telbanamo kuldi- Hank vaxshiy va sen

òsha vaxshiyni qulisan!

-Bas qiling!- ularni bir-biridan ajratdim- Yosh bolaga òxshaysiz!

Qayerdan buncha nafrat?

-Uni oilasini Hank òldirgan!- Misun javob berdi- Òsha payti men

Hankka xizmat qilardim. Dushmanlik òsha ondan kelib chiqqan!

-Hòsh?

-Meni oilam òsha voqealikdagi "Ajal xanjari" qòriqchilari edi!-

Mona hikoyasini boshladi- Shu xanjar sababli ham Hankni

nigohi bizga qaratildi. U uyimizga òsha uch qizni va malaylarini

jònatdi!- Misunga nafrat bilan qarab qòyib, davom etdi- Ularga

kuchimiz yetmas edi, lekin baribir taslim bòlmadik. Onam qòlimga

xanjarni tutqazib qochishimni tayinladi. Orqa eshikdan

qochayotganimda u meni ushlab oldi!- Misunga ishora qildi- Jangda

oilam halok bòlgan edi, meni esa Hankning oldiga olib borishdi. U

xanjarni sinash uchun mendan foydalandi. U sabab shu yerdaman.

Senga aytgan vaxshiy yigitim u edi!

Xonaga bir muddat sukunat chòmdi. Mona ortiq hech narsa

demay xonasiga kirib ketdi...

-U payt kòzlarim ochilmagan edi!- Misun pichirlab qòshimcha qildi.

-Bilaman, seni aybing yòq. Bu shunchaki... taqdir xazili...

-Meni undan alamim yòq, Jinju!- past ohangda davom etdi- U esa

nafratlanadi. Shu nafrat sabab u bilan kelisha olmayman, ģurur

sabab esa uzur sòramayman.

-Tushunaman...

Xa, mayli!- hòrsindi- Men bilan ketasanmi?

-Qayerga?- hayron bòldim.

Bilmadim... Oldin maqsadim bor edi, biroq sen aytgan gaplardan

sòng hech qanday maqsadsiz qoldim. Qaytganim bilan òz

voqealigim, òsha voqealikda yaqinlarim ham yòq.

-Nimani aytayapsan?- tushunmadim.

Monaning gapi notòģri edi, Jinju. Bu olamdan ketish yòli

mavjud...

-Bu ham bir maynavozchilik!... Ikki soatdan beri yurayapmiz. Hech

bo'lmasa qayerga ketayotganimizni ayt!- meni qayergadir boshlab

ketayotgan Misunga baqirdim- Yo, xudoyim... Umrim menga

yo'lovchilik qilgan qizlardan gap ololmaslik bilan o'tarkan. Sen

oldin ham shunday eding!

-Biroz aqlingni ishlat, Jinju. O'sha shahar odamlari bizga

dushmanga aylandi. Ortiq u yerda qola olmasdik. Hozir u yerdan

uzoqroqqa ketayapmiz!

-Monachi? Unga hatto hech nima demadik...

-U bilan ishim yòq.

-Uff... Mayli, boyagi gaping... haligi...

-Bu olamdan ketish yo'li borligi haqidagimi?- savol nazari bilan

qaradi.

-Ha!

-Biror joyga o'rnashib olaylik, bafurcha so'zlab beraman...

U bilan suhbatimizga shu yerda yakun yasaldi. Shahar

tashqarisiga chiqib olganimizdan sòng, kichik mehmonxonaga

duch keldik. Hozir yarim tun bòlganligi uchun ham shu yerda

tunashga majbur edik, yòqsa bizni bòrilar yeb ketarkan. Bu

Misunni fikri...

-Endi gapir!- mehmonxonadan xona olib, joylashib olar ekanmiz

unga yuzlandim.

-Buncha sabrsizsan.

-Sabrsizsan? Men bu mavzuda allaqachon umidimni uzib

bòlgandim. Ikki oy shu yerda yashadim. Naqd ikki oy-a?!...

Men bu yerda òn bir yildan buyon yashayman!- Misun qoshlarini

chimirdi.

-Qanaqasiga? Axir Mona òn yil yashagan, mantiqan u bu yerga

oldinroq tushgan!

-Uf, Jinju. Hech senga bu yerda aniq vaqt yòqligini tushuntira

olmadimda. Bu yerdagilar shu tushunchani bilganligi uchun ham

òzlaricha yil chamalaydilar. Ammo bu sarhisob tòģri chiqishi ham

dargumon...

-Hòp, tushundim deb hisoblaymiz.

-Voy boshim.

-Gapir!- uni gapidan ensamni qotirdim.

-Qaysi mavzuda?

-MISUN!!! Ataylab vaqtni chòzayapsanmi?

-Sen toshdan yasalgansan, Jinju. Òn bir yil kòrishmagan

qadrdonimga hazl ham qila olmaymanmi? Ey, unday qarama.

Òzimni yer tagiga kirib ketadigandek his qilayapman.

Chuqur hòrsinib qòydim, u esa kulib yubordi.

-Nimasi kulguli? Hech kim bilan bunaqa ahmoqlardek

suhbatlashmagandim.

-Qòshilaman!- kulishda davom etdi. Bu jarayon tugashini sabr bilan

kutdim.

-Hòsh?- tugatgach jiddiy qaradim.

-Òzgaribsan, irkit òrdakcha. Avval bunaqamas eding.

-Bilaman... Chunki hozir aytgan mavzuying menga hammasidan

muhim. Sen esa bòlmaģur narsalarni vaysash va qiqirlashdan

nariga òtmayapsan.

-Mayli, jiddiylashamiz!- tomoq qirib qòydi- "Unutilgan olam"

yaralishi haqidagi afsonani bilasan tòģrimi?

-Shunaqaroq.

-Xullas sehrgar va uning oilasi narigi dunyoga fisht bòlishdi.

A?- unga òqrayib qaradim.

-Mayli, mayli òlishdi... Bu yerga olib kelingan xanjar esa yòqolgan...

-Aytmoqchisanki òsha xanjar ortga qaytarish xususiyatiga egami?

-Men bunday demadim, gapimni bòlma! Xanjar faqat shu

olamgagina partal ocha oladi.

-Lekin...

-Va òsha sehrgar tònka emaski shunday qudrati bòla turib

shunchaki òlib ketsa...

-U tirik demoqchimisan?

-Uf, birpas jim tur! Yòq, u òlgan. Ammo òlishidan avval òsha

xanjarga òz qudratini joylagan. Xanjarni esa qutiga solib,

qayergadir gumlagan.

-Hòsh?

-Nima hòsh? Nahot magzini chaqmagan bòlsang? Sehrgar kuchi

yordamida bu olamni yaratgan va shu yerga kelgan. Demak u kuch

egallansa ortga qaytishning ham iloji bor!

-Qoyil... uni qanday topamiz?

-Hovliqma...

-Umuman olganda sen bu malumotni qanday aniqlagansan.

-Bu haqida sanoqli odamgina biladi, Jinju. Ularni kòpini ovchilar

tashkil etgan. Bundan kelib chiqadiki xanjarni topish qiyin masala.

Qanday aniqlaganimga kelsak... men bu yerda shuncha yil bekor

yurganim yòq. Sen hozirda kòrgan joylaring havfsiz makonlar

xolos. Men borgan, shu dunyoning eng havfli qismi hisoblanuvchi

joylarni sen aqlingga ham siģdira olmaysan. U yerga borib, qaytib

kelmaganlar qancha...

-Demak sen shuncha vaqtdan buyon shu xanjarni izlayotgan eding.

Endi nega tòxtamoqchisan?

-Qaytganim bilan u olamda yashay olmasligimni bildim. Chunki

voqealigim ģoyib bòlgan. Meni uyim endi shu yer.

Tòxtatmoqchisan deganda esa xato qilding. Men izlashda davom

etaman...

-Nima uchun?

-Sen uchun! Bilasanmi ovchilar bir-biriga raqobatchi bòladi. Sen

dushmanim bòlishingni istamayman, shunga ortga jònatvoraman!

-Juda kulguli!- ensamni qotirdim.

-Mayli buni sababi boshqa. Shunchaki bu ishni yolģiz uddalay

olmaysan. Seni uyingda kutib turgan oilang bor, yani maqsading.

Senga yordam beraman...

-Nega?

-Nega nega? Sen dugonamsan! Boshqa sabab ham kerakmi?

-Bilasanmi nima?- unga hayrat bilan tikilib qoldim- Men haliyam

siz uchalangizga tushuna olmadim. Tashqaridan xudbin kòrinasiz,

biroq yaqindan bilgach bu taxmin notòģriligi seziladi.

-Men hammaga ham bunday yordam bermayman. Faqat senga,

unutma!... Hariku mayli, uni yordam berganini takidlading.

Ammo Shasuchi? Axir uni yomon kòrar eding?

-Misun... U meni himoya qilaman deb jon berdi!- òsha voqeani

qayta esladim- Hank otgan xanjarni tòsib qoldi...

-Òldimi?- kòzlarj katta-katta ochildi- Uf, nimalar deyapman?

Shundoģam ularni boshqa kòrmasligim aniq edi. Demak òsha

voqealikdan faqat Hari tirik qolgan...

-Menimcha yòq!- gapini bòldim- U oģir yaralangan edi. Òlgani aniq.

Afsus...

-Hankni ishimi?- qòllari musht tuguldi.

-Boshqa kim ham bòlardi?

-Imkoni bòlganida uni òzim òldirardim.

-Afsuski imkoni yòq. Yaxshisi menga "Ajal xanjari" haqida tòliqroq

gapir. Birinchi qiladigan ishimiz qanday bòladi?

Hursand bòlishingga erta, Jinju. Uni topish oson ish emas. Avval

òsha quti kalitini, keyinchalik esa qutiga olib boradigan xaritani

topish lozim.

-Kalit? Xarita? Ammo qanday? Bizda hatto yònalish ham yòq.

-Nega yòq bòlar ekan? Bor! Aniqlagan malumotlarimga kòra

ularning har ikkalasi ham bizdan abjirroq kimsalar tomonidan

topilgan. Kalitni bitta omadli qizda kòrishgan. U ancha yillardan

buyon uni saqlab keladi... Xarita bòlsa ovchilar ichida eng kuchlisi

hisoblangan yigit qòlida. U anchadan buyon shu xazinani iziga

tushgan va hozir kalitni topish payida yuribdi.

-Aytayotgan yigiting "Qora ritsar" laqabi bilan tanilgan, òsha hech

kim yuzini kòrmagan shovvozmi?- hayron bòldim.

-Ha! Qiziģ-a? Agar shu ikki shaxs bir yerda uchrashib qolsa nima

bòlishini tasavvur qilayapsanmi?

-Bittasi ģolib chiqadi va har ikkala buyumga ega bòladi. Ular orqali

esa xanjar solingan qutichani topadi...

-Qarabsanki bizni harakatlarimiz bekor ketadi. Shu sabab ham

ulardan tezroq harakat qilishimiz kerak.

-Lekin qanday? Axir Qora ritserga qarshi chiqishni òzi bòlmaydi.

-Buni ikki oy ichida laqabi oģizlardan tushmagan ovchi qiz

aytayaptimi?

-Ha!

-Umuman olganda nega "Tungi sharpa"?

-Oldin akalarim bilan jamoamiz nomi shunday edi!- eslab, homush

tortdim.

-Xullas ishni birinchi kalitni topishdan boshlaymiz. Hozir esa uxlab

dam olamiz!- esnab qòyib, ikkita yotoqdan biriga chòzildi.

-Dam olamiz? Ammo tong otdi!- endi kòtarilayotgan quyoshga

qaradim- Vaqt yòqotmaslik zarur!

-Gaplaring tòģri!- uyqu aralash ģulduradi- Hayrli tun...

Tun? Hozir tong deyapman!- asabiylashdim.

-Bilsang ovchi kechasi faol bòlib, kunduzi uxlaydi!- esnab, javob

berdi- Shunday ekan uxla, qòzichoģim. Tunda yòlga chiqamiz...

***

-Ğaroyib qobiliyatga ega ayollar haqida eshitganmisan, Jinju?-

Misun qurollarini kamariga joylay turib, sòradi.

Eshitgandekman. Nega sòrayapsan? Aytishlaricha ular yashovchi

qishloq ģoyib bòlgan ekan.

-Yoki shunchaki berkinib olgan!- arbaletini ortiga ildi.

-Tòpponcha turganda bunday qurollarga ne hojat?

-Ulardan ovoz chiqmaydi. Meni asosiy qurolim nayzaligini bilasan.

Bularga kònikishim oson bòlgani yòq.

-Nega ģaroyib ayollar haqida gap ochding?

-Chunki hozir ularni oldiga boramiz. Ular esa bizga kalit tomon yòl

kòrsatishadi.

Seningcha bu fikr Qora ritserning hayoliga kelmaganmi?

-Balki kelgandir, ammo qishloqni topa olmagani aniq!- eshik tomon

harakatlandi.

-Senchi? Sen topganmisan?

-Bòlmasamchi!- tashqariga chiqar ekan, menga eshitilishi uchun

baqirdi. Sòng pastga tushib ketdi. Men ham ortidan bordim.

Mehmonxona haqqini tòlab, undan uzoqlashdik.

-Qayerda?- unga yetib olishim bilan birinchi aytgan sòzim shu

bòldi.

Qishloqmi? Uncha uzoq emas, hatto yonginasiga yaqinlashdik.

Bitta mashina topsak bòlgani...

Mashina?- uni gapidan bòm-bòsh yòlga qarab qòydim- Bu yerdan

mashina òtishi dargumon.

Shahar tashqarisida buni iloji ham yòq.

-Nega buni bemalol gapirayapsan?- hayron sòradim.

-Bilasanmi... Agar sen meni òrnimda bu yerda òn yildan ortiq

yashasang doim ehtiyot chorasini, ya'ni ikkinchi rejani tayyor qilib

qòyasan...

-Ikkinchi rejang shumi?- qarshimizda kelib tòxtagan mashina va

undan tirjayib tushib kelgan sariq yigitga tikilib qoldim. Yigit Misun

bilan quchoqlashib kòrishdi va menga qarab yana tirjaydi.

-Jinju, tanish bu Kyle. Men uni erkalab Kli deb chaqiraman!-

yigitni yuzidan chimchib qòydi. Yigit unga kulib qòyib, menga

tushunarsiz tilda nimadir dedi.

-A?- unga anqayib qoldim.

-U tilimizni tushunmaydi!- Misun menga tishlari orasida dedi va

yigitga qarab kuldi.

-Unda buni boshimizga uramizmi?

-Bu tònkani bizga faqat mashinasi kerak. Bemalol gapiraver,

baribir tushunmaydi!- yana yigitni quchib oldi.

-Ha, mayli!- chalģishga urindim- Balki ketarmiz.

-Kliginam bizni eltib qòysan-a?!- Misun unga nozlanib gapirganidan

ensamni qotirib qòydimda, mashinani orqa òrindiģiga òtirdim...

Ular oldinga joylashdi, yigit esa mashinani òt oldirdi...

-Afsuski sen bilan hayrlashishga majburmiz, Kliginam!- qayergadir

yetib kelishimiz bilan, Misun soxta hafagarchilikni yoqib oldi. Yigit

ham tushunarsiz sòzlar bilan javob berdi. Qòllarimni

qovushtirgancha bu jinnicha suhbat tugashini sabr bilan

kutardim.

-Eh, men ham seni soģinaman!- Misun baloniyam tushunmagan

bòlsada, suhbatni tugatish uchun yigitni yengil quchib qòydida,

yonimga kelib turib oldi. Sòng havodan òpich yòllagan yigitga qòl

silkitib qòydi.

Tezroq ketaqolsangchi!- qòllari orqali yurakli ishoralar

kòrsatayotgan yigitga haliyan qòl silkitgancha, tishlari orasida

pichirladi.

-Uni otib tashlasam maylimi?

-Yòq, bu turqi sovuq hali menga kòp kerak bòladi.

-Hech bòlmasa basharasiga otay, tirjayishi yoqmayapti!- haliyam

ģalati imolar qilayotgan yigitga òqrayib qaradim.

-U tishlarini kòrsatib kuladi, balki shunga yoqmayotgandir...

Etibor bersam bu holat hali-beri tugamas ekan. Shu sabab ham

Misunni qòlidan asabiy tortqilab ketdim. Bora-bora yigit ham,

mashina ham kòrinmay qoldi.

-Bu ovsarni qayerdan topgansan òzi?

-Hayotini asrab qolgandim, shundan buyon yoqtirib qolgan.

Chaqirsam bòldi uchib keladi. Eng qiziģi bir-birimizni umuman

tushunmaymiz.

-Senga mosmas u!

-Esing joydami? Men shunchaki unga qarzini qaytarish imkonini

berganman. Ha, aytgancha... yetib keldik...

-Men hech qanday qishloq kòrmayapman!!!

-Bu yerga kelganingga ikki oy bòlgan bòlsada haliyam atrofga real

kòz bilan boqasan, Jinju.

-Aslida men bu qishloqni topishni kòproq istayapman, shu sabab

ham...

-Jim tur!- pichirlab, atrofga quloq tutdi- Eshitayapsanmi?

-Yòq!

-Chunki tinglamayapsan. Diqqatingni bir joyga jamla...

Uni aytganlarini qilib, atrofga quloq tutdim. Qush... u yoqimli va

past ovozda sayrardi...

-Qush!- oddiygina dedim- Nima bòlibdi?

Bu oddiy qush emas. Biz hozir ģaroyibotlarga tòla òrmondamiz,

Jinju. Bu yerda hech narsa oddiy emas.

-Qush hammi?

-Ha!- hòrsindi- U bizni qishloqqa boshlab boradi... Ana òzi...

Jajji, mushtdek keladigan sariq qushga ishora qildi. Uni dumi

tanasiga nisbatan uzun bòlib, òziga yarashib turardi.

-Ayy!

-Nima?- Misun menga savol nazari bilan qaradi.

-Chivin chaqdi shekilli, muammomas. Ketamizmi?- qichiyotgan

qòlimni qashlab, unga yuzlandim. Qush daraxtdan osmonga

kòtarildi.

-Ortidan boramiz, tezroq yur!

Qushni ketidan yugurishga tushdik. Yugurishimga bir-biriga juda

yaqin joylashgan daraxtlar halaqit berardi. Aksiga olib, qush ham

sabrimni sinab har uch daraxtdan biriga qònardi.

-Tezroq uchaqolsangchi!- qushga yomon kòz bilan qarab qòydim.

-Bu sendan farqli sabrli jonzod, Jinju. Òtkan safar uni qishloqqa

yòl kòrsatadi deb ikki kun ortidan yurganman.

-Ikki kun?- kòzim kosasidan chiqib ketay dedi- Biz ham shuncha

yuramiz dema!

-Bilmadim... Sabr qilsangchi...

Qush yana qanot qoqishi bilan unga ergashdik. Ikki daraxtdan

nariga u yana qòndi. Ichimda uni sòkib qòydim. Misun esa

holatimdan miriqib kulardi. Tahminan uch soat shunday yurdik...

-Yetar!- sabr kosam tòlib dedim- Bu ahmoqona reja ekan. Bu

boshqa qush shekilli...

-Yòq, aynan òsha qush.

-Nega unda shuncha vaqtdan beri yetib kelmadik? Bu boshqa qush!

-Jinju sabr...

Sen bu yerga oldin ham kelganingni aytding. Òzing yòlni topib

bora olmaysanmi?

-Gap shundaki qishloqqa kirish yòli doim òzgarib turadi. U yerga

bir marta borsang ham, keyingisida uni topish yana mushkul

bòladi. Baxtimizga shu qush bor.

-Bu qanday qush òzi?- gaplaridan biroz tinchlandim.

-Òsha qishloqda yashovchi kampirning qushi. U doim shu òrmonga

ozuqa tòplash uchun chiqadi va kampir yoniga yana qaytib boradi.

Baxtimizga shu qush bor. Yòqsa qishloqni ikki dunyoda ham topa

olmasdik!

Qush yana uchishi bilan ortidan ergashdik... Yana yarim soat

shunday yurgach, qush ģoyib bòlib qoldi...

-Bu nimasi? Hozirgina shu yerda ediku! Ğoyib bòlib qoldimi?

-Yoki kòrinmaydigan joyga ketgan!- Misun bizdan biroz naridagi

sharsharadan kòz uzmay pichirladi.

-Seningcha suv ortidan qishloqqa òtish mumkinmi?

-Ha!- Misun sharshara tomon harakatlandi- Ortda qolma!...



mana yorobunchalar aktiv bolilarchi

Report Page