DXSh bo‘yicha 2024-yil I choragida erishilgan natijalar
EconomyMoliyaPressDavlat-xususiy sheriklik sohasida respublika boʻyicha 2024-yil I chorakda bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Joriy yilning I choragi davomida vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda umumiy qiymati 311,65 mln dollardan ortiq boʻlgan 25 ta DXSh loyihasi boʻyicha bitimlar imzolandi.
Jumladan, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki maslahati koʻmagida qiymati 262,65 mln dollar boʻlgan Qoraqalpogʻiston Respublikasida elektr energiyasini saqlash tizishiga ega 200 MVt shamol elektr stansiyasini qurish va boshqarish loyihasi boʻyicha Saudiya Arabistonining “ACWA Power” kompaniyasi tender gʻolibi deb topildi hamda DXSh toʻgʻrisidagi bitim joriy yilning 28-mart kuni imzolandi.
Shuningdek, suv xoʻjaligi sohasida umumiy qiymati 26,38 mln dollar boʻlgan 10 ta, taʼlim sohasida umumiy qiymati 20,46 mln dollar boʻlgan 9 ta hamda madaniyat sohasida umumiy qiymati 2,14 mln dollar boʻlgan 5 ta loyiha yuzasidan bitimlar rasmiylashtirildi.
Shu bilan birga, 2024-yil 1-choragida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-apreldagi “Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi PQ–118-sonli qarori boʻyicha imzolangan 198 ta DXSh toʻgʻrisidagi bitimlarda belgilangan majburiyatlar bajarilishi yuzasidan monitoring tadbirlari amalga oshirildi.
Bundan tashqari, joriy yilning 2-mart kuni Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki o‘rtasida “O‘zbekistonda davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ishlab chiqish jamg‘armasi”ni tashkil etish bo‘yicha 10 mln yevrolik shartnoma hamda Hamkorlik bitimi imzolandi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Axborot xizmati