SamDChTIda Malayziya universitetining filiali ochiladi

SamDChTIda Malayziya universitetining filiali ochiladi

Abituriyent | Axborot portali
Samarqand davlat chet tillar instituti rektori Ilhomjon To‘xtasinov

Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.To‘xtasinov va Malayziya universiteti (City University of Malaysia) prezidenti Dr.James bilan o‘tkazilgan onlayn xalqaro hamkorlik uchrashuvida bu haqidagi memorandum imzolandi.

Kelishuvga ko‘ra, 2020-2021 o‘quv yilida ikkala oliygoh o‘rtasida oldindan rejalashtirib kelinayotgan ta’lim yo‘nalishlari va qo‘shma dasturlar tashkil etiladi. Institut tarkibida bakalavr ta’lim bosqichida jurnalistika va turizm yo‘nalishlari bo‘yicha City University of Malaysianing filiali ochiladi. Shuningdek, bakalavr ta’lim bosqichida 2+1 qo‘shma dasturi asosida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi tashkil etiladi. 

Institut axborot xizmatining ma’lum qilishicha, onlayn hamkorlik uchrashuvi davomida SamDChTIda ochiladigan City University of Malaysia filialining o‘quv binolarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash, qabul jarayonlarini tashkil etish, kvotalar hamda shartnoma to‘lovi miqdorini belgilash yuzasidan fikrlashib olindi.

Batafsil maʼlumot👇https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

Report Page