OTMlarda chin yetimlarga davlat granti bo‘yicha kvota ajratiladi

OTMlarda chin yetimlarga davlat granti bo‘yicha kvota ajratiladi

Abituriyent | Axborot portali


2019/2020 o‘quv yilidan boshlab ota-onasiz qolgan bolalar uchun Oliy ta’lim maskanlarida davlat granti asosida o‘qish o‘rinlari ajratiladi. Bunday o‘quvchilar soni OTM umumiy talabalar sonidan 1 %gacha bo‘lishi mumkin, deyilgan prezident tomonidan imzolangan yangi qarorda.

"2019/2020 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim muassasalariga abituriyentlarni qabul qilishning umumiy sonidan “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar uchun qo‘shimcha ravishda bir foizgacha davlat granti asosidagi qabul kvotalarini ajratish tartibi joriy etilsin", - deyilgan qaror matnida. 

Ushbu choralar BMTning Bolalar huquqlari to‘g‘risidagi Konvensiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsyasi va qonunlari normalariga asosan, jismoniy, intellektual, axloqiy va ma’naviy yetuk avlodni voyaga yetkazish maqsadida amalga oshirildi, - deyilgan hujjatda.

Bundan tashqari, ota-ona qarovisiz qolgan bolalarning davlat organiga bevosita qilgan murojaatini to‘liq ko‘rib chiqish kafolatlanadi va bola to‘liq muomala layoqatiga ega emasligi sababi bilan murojaatning ko‘rib chiqilmasligiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil O‘zbekistonda oliy ta’lim maskanlariga qabul jarayonida bir necha jiddiy o‘zgarishlar joriy etilmoqda. Xususan, abituriyentlar uchun uchtagacha OTM tanlash imkoniyati, undan tashqari hujjatlarni elektron ko‘rinishda topshirish hamda boshqa yangi qulayliklar yaratilgan.

⭕️ @Abituriyent (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

Report Page