Oliy harbiy o‘quv yurtlariga kirishda qo‘shimcha ball olish imkoniyati paydo bo'lishi mumkin. 

Oliy harbiy o‘quv yurtlariga kirishda qo‘shimcha ball olish imkoniyati paydo bo'lishi mumkin. 

Abituriyent | Axborot portali

​

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga «O‘zbekiston Respublikasining bolalar va o‘smirlar harbiy-vatanparvarlik tashkilotini tuzish konsepsiyasi» loyihasi joylashtirildi.

Hujjat loyihasi bilan, respublikaning barcha hududlarida ixtiyoriylik va tenghuquqlilik tamoyillarga asoslangan ko‘ngilli nodavlat va notijorat jamoat bolalar va o‘smirlar tashkiloti tuzilishi belgilanmoqda.

Otryadlarga ixtiyoriy ravishda 10-11 sinf o‘quvchi-yigitlari a’zo bo‘lishi mumkin. Tashkilot vatanparvarlik, ekologik va ko‘ngillilar yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi.

👉 Qayd etilishicha, umumta’lim maktablarini ijobiy baholar bilan tamomlagan va faol faoliyat yuritayotgan tashkilot a’zolariga tashkilotning tuman/shahar shtablari rahbarlari tomonidan 3 yil muddatga amal qiluvchi tavsiyanoma beriladi. Ushbu tavsiyanoma egalari respublika oliy harbiy o‘quv yurtlariga kirish test sinovlari natijalariga muvofiq to‘plagan ballarining 5 foizi miqdoridagi qo‘shimcha ballga ega bo‘ladi.

Konsepsiya loyihasi bilan batafsil: https://regulation.gov.uz/uz/document/15574

⭕️ @Abituriyent (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

Report Page