Chempionlar OTMlarga sinovlarsiz qabul qilinadi

Chempionlar OTMlarga sinovlarsiz qabul qilinadi

Abituriyent | Axborot portali


Farmonga koʻra, maktablar, OTMlar kamida bittadan ustuvor, istiqboldagi, rivojlanayotgan, shu jumladan, milliy sport turlariga ixtisoslashtiriladi.

✅ 2020 yil 1 fevraldan:

• Olimpiya va Paralimpiya hamda Osiyo va Paraosiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo va respublika chempionatlarida oxirgi uch yilda gʻolib va sovrindor (1-3 oʻrin) boʻlgan sportchi-oʻquvchilar byudjetdan moliyalashtiriladigan OTMlarga (tibbiyot yoʻnalishidan tashqari) qoʻshimcha davlat granti asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi;

👉 “Bolalar sport oʻyinlari”ning jamoaviy oʻyin turlari boʻyicha respublika bosqichi:

• gʻoliblariga (1-oʻrin) OTMlarga kirish imtihonlarida soha boʻyicha mutaxassislik fanidan maksimal ball olish huquqini beruvchi, 3 yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi;

• gʻolib va sovrindorlarni (1-3 oʻrin) tayyorlagan jismoniy tarbiya fani oʻqituvchilari 1-oʻrin uchun mehnatga haq toʻlash eng kam miqdorining – 6 baravari, 2-oʻrin uchun – 4 baravari, 3-oʻrin uchun – 3 baravari miqdorida bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadi;

• maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkaziladigan jismoniy tarbiya fan olimpiadasining gʻolib va sovrindorlarini (1-3 oʻrin) tayyorlagan jismoniy tarbiya oʻqituvchilari va sport taʼlim muassasalarining trenerlari malaka attestatsiyasiga jalb etilmasdan, ularga tegishli malaka toifalari toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi;

• olimpiya sport turlari boʻyicha respublika (1-oʻrin) va xalqaro musobaqalarda gʻolib chiqqan OTM talabalarini tayyorlagan jismoniy tarbiya va sport yoʻnalishidagi kafedralar oʻqituvchilariga navbatdagi ilmiy unvonlar (dotsent, professor) toʻgʻridan-toʻgʻri beriladi.

Qaysi xalqaro olimpiada gʻoliblari OTMga test sinovlarisiz qabul qilinadi?👇

https://t.me/c/1206098831/3383


⭕️ @Abituriyent (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇👇https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

Report Page