“Narxoz”ga imtihonsiz kirish imkoni yaratiladi
Abituriyent | Axborot portali
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tashkil etiladigan “Narxoz”ning tayyorlov kurslari bitiruvchilari universitetga kirish sinovlarisiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi. Bu haqda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan “Yo‘l xaritasi” loyihasida keltirib o‘tilgan.
Hujjatga asosan 2020/2021 o‘quv yilida tayyorlov kursi tashkil etish va belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.
Shuningdek 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab tashkil etiladigan tayyorlov kurslari bitiruvchilarini universitetga kirish sinovlarisiz to‘lov-kontrakt asosida qabul qilish tizimini joriy etish
O‘quv kurslari tashkil etish va bajarilish muddati 2020 yil sentyabr qadar belgilangan.
Bundan tashqari, Qarshi, Nukus va Urganchda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining filiallari ochiladi.
Hujjatga asosan respublika viloyatlarida universitetning filiallarini ochish mo‘ljallanmoqda.
Bunda:
2022 yil Qarshi shahrida;
2023 yil Nukus shahrida;
2024 yil Urganch shahrida
Bu borada hududlarda kadrlarga bo‘lgan talabni o‘rganish, kadrlarga talab mavjud bo‘lgan hududlarda hokimliklar bilan kelishilgan holda normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, hokimliklar yordamida yillar kesimida universitet filiali tashkil etish uchun moddiy texnika bazasini yaratish, yillar kesimida hududlarda universitet filiallarida o‘quv jarayonini tashkil etish, davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlarining loyihalarini ishlab chiqish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga kiritish rejalashtirilgan.
Ijro uchun mas’ullar - Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Qaror loyihasi bilan batafsil tanishing👇https://regulation.gov.uz/uz/document/14069
⭕️ @Abituriyent (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇👇