Ko'pchilik Abituriyentlarni qiziqtirgan savollarga javoblar

Ko'pchilik Abituriyentlarni qiziqtirgan savollarga javoblar

@Abituriyent | Axborot portali

#SavollargaJavoblar

Savol: 5 ta fan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab joriy etiladimi?

Javob: 2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi uchta majburiy fan va ikkita ta’lim yo‘nalishiga mos fanlardan bo’lib o’tadi.

2020/2021 o‘quv yili qabulidan boshlab test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratilib, birinchi bo‘limga barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan – ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi, ikkinchi bo‘limga abituriyent tanlangan bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos ikkita fan kiritilishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-maydagi PQ-4319-son “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan.


Savol:

Madrasalarda ham 5 ta fandan imtihon bo’ladimi?

Bu tartib harbiy OTMlarga ham joriy etiladimi?

Bu tartib Xorijiy OTMlardan o’qishni ko’chirishda ham amal qiladimi?

Javob: Mazkur tartib faqat davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga o’qishga qabul qilish uchun joriy etiladi.


Savol: Majburiy fanlarda "adabiyot" fanidan test topshiriqlari bo’ladimi?

Javob: Majburiy fanlarda adabiyot fanidan test topshiriqlari bo’lmaydi, test topshiriqlari ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq tili) fanidan bo’ladi. Bunda ta’lim tili sifatida o’zbek tilini tanlagan abituriyentlar o’zbek tilidan, rus tilini tanlagan abituriyentlar rus tilidan, qoraqalpoq tilini tanlagan abituriyentlar qoraqalpoq tilidan test topshiradi.


Savol: Majburiy fanlardagi test topshiriqlari faqat O’zbekiston tarixi fanidan bo’ladimi yoki jahon tarixi fanidan ham test topshiriqlari bo’ladimi?

Javob: Majburiy fanlarda jahon tarixi fanidan test topshiriqlari bo’lmaydi, test topshiriqlari faqat O’zbekiston tarixi fanidan bo’ladi.


Savol: Majburiy fanlar bo’limidagi test topshiriqlarining murakkablik darajasi qanday bo’ladi?

Javob: Majburiy fanlar bo‘limidagi test topshiriqlari soddalashtirilgan bo‘lib, abituriyentlarning umumiy savodxonligi va tayanch bilimlarini baholashga yo‘naltirilgan birinchi murakkablik darajasida bo‘ladi.

Вопрос: Какова будет степень сложности тестовых заданий для блока обязательных предметов?

Ответ: Тестовые задания обязательного блока предметов будут упрощенными, первой степени сложности, они направлены на проверку грамотности и оценку базовых знаний абитуриентов.


Savol: Majburiy fanlar va ta’lim yo’nalishiga mos fanlar bir xil bo’lib qolsa nima bo’ladi?

Javob: Fan nomi takrorlanishi mumkin. Bunda ikkala bo'limda turli murakkablik darajasidagi test savollari bo'ladi.

Misol uchun, abituriyent tanlagan ta’lim yo’nalishiga mos fanlardan biri matematika bo’lsa, abituriyentga majburiy fan doirasida va ta’lim yo’nalishiga mos fan doirasida matematika fanidan turli murakkablik darajasidagi test savollari beriladi.

Вопрос: Что будет, если предметы обязательного блока совпадут с предметами блока по направлению образования?

Ответ: Название предмета может повториться. Но степень сложности вопросов будет различная.

Например, у абитуриента в обоих случаях есть математика. Он будет решать тестовые задания по математике в обязательном блоке и в основном блоке по направлению образования. Но эти задания будут различной степени сложности.


Savol: Majburiy fanlarning bali ta’lim yo’nalishiga mos fanlarning baliga qo’shib hisoblanadimi?

Javob: Har bir fan bo’yicha ballar alohida hisoblanib, ballarning umumiy yig’indisi asosida tanlov o’tkaziladi.

Вопрос: Суммируется ли балл за обязательный блок предметов и основной блок по направлению образования?

Ответ: Баллы считаются отдельно по каждому из предметов, конкурс проводится на основе общей суммы баллов.


Savol: 3 ta majburiy fan sirtqi ta’lim shakli uchun ham taalluqlimi?

Javob: Mazkur tartib davlat oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining barcha ta’lim shakli uchun joriy etiladi.

Вопрос: Имеет ли отношение 3 обязательных предмета для заочной формы обучения?

Ответ: Этот порядок обязателен для бакалавриата государственных высших образовательных учреждений всех форм обучения.


Savol: Majburiy fanlar kasbiy (ijodiy) imtihon bo’ladigan yo’nalishlarga ham joriy etiladimi?

Javob: Majburiy fanlar alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo’nalishlaridan tashqari barcha ta’lim yo’nalishlariga taalluqli hisoblanadi.

Вопрос: Будут ли введен блок обязательных предметов по тем направлениям образования, где есть творческий экзамен?

Ответ: Блок обязательных предметов вводится по всем направлениям образования, кроме тех, которые требуют выявления отдельных способностей (одаренных).


Savol: Ta’lim yo’nalishlariga mos fanlar qaysilar?

Javob: Loyihada ta’lim yo’nalishiga mos fanlarga asos sifatida amaldagi fanlar majmuasining 3,1 ball va 2,1 ball beriladigan fanlari olinmoqda. Hozirda Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va tasarrufida oliy ta’lim muassasalari bo’lgan vazirlik va idoralardan, shuningdek, keng jamoatchilik, jumladan, abituriyentlar va ularning ota-onalaridan ta’lim yo’nalishlariga mos fanlar majmuasi va oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar qabul qilinmoqda hamda o’rganib chiqilmoqda.

Вопрос: Какие предметы соответствуют направлениям образования?

Ответ: В проекте в качестве основы для определения соответствия предметов направлениям образования взяты действующие предметы, по которым даются 3,1 и 2,1 балла.

В настоящее время принимаются и изучаются предложения о соответствии блока предметов направлениям образования, о совершенствовании системы приема на основе тестовых испытаний в высшие образовательные учреждения, поступившие от Министерства народного образования, Министерства высшего и среднего специального образования, министерств и ведомств в подчинении которых находятся высшие образовательные учреждения, широкой общественности, абитуриентов и их родителей.


Savol: Majburiy fanlar uchun o’tish bali belgilanadimi?

Javob: Majburiy fanlar uchun o’tish balini belgilash nazarda tutilmagan.

Вопрос: Определен ли проходной балл по обязательному блоку предметов?

Ответ: Нет.


Savol: Majburiy fanlar va ta'lim yo'nalishiga mos fanlar uchun test sinovlari alohida bo'ladimi yoki bir vaqtdami?

Javob: Majburiy fanlar va ta'lim yo'nalishiga mos fanlar bo’yicha test sinovlari bir vaqtda o’tkaziladi.

Вопрос: В разное время или в одно и то же время будут проводиться тестовые испытания по обязательному блоку предметов и предметам, соответствующим направлению образования?

Ответ: Тестовые испытания по обязательному блоку предметов и предметам, соответствующим направлению образования, будут проводиться в одно время.


Savol: Majburiy fanlar uchun imtihonlar yanvar oyida bo’lib o’tadimi? Majburiy fanlar bo’yicha imtihonlar qachon o’tkaziladi?

Javob: Belgilangan tartibga muvofiq test sinovlari iyul-avgust oylarida Davlat komissiyasi belgilagan sanalarda o’tkaziladi.

Вопрос: Тестирование по обязательному блоку предметов будет проводиться в январе? Или в какое время?

Ответ: Тестирование будет проводиться в установленном порядке в июле-месяце в даты, определяемые Государственной комиссией.


Savol: Kelasi yil ham 3 ta OTM ga topshirsa bo’ladimi?

Javob: Abituriyentlar 2020-2021 o’quv yilida ham 3 tagacha oliy ta’lim muassasasi yoki ta’lim yo’nalishini tanlashi mumkin bo’ladi.

Вопрос: Можно ли будет сдавать документы в 3 высших образовательных учреждений и в следующем году?

Ответ: Да, и в 2020-2021 учебном году абитуриенты смогут подавать документы в 3 высших образовательных учреждений или направлений образования.


Savol: Savollarda rasmlar bo’ladimi?

Javob: 2019-2020 o’quv yilida bo’lgani kabi 2020-2021 o’quv yili uchun bo’lib o’tadigan oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarining test topshiriqlarida rasm, sxema va jadvallar qo’llaniladi.

Вопрос: Будут ли в тестовых вопросах рисунки?

Ответ: Да, как и в 2019-2020 учебном году, в 2020-2021 учебном году в тестовых вопросах будут использованы рисунки, схемы и таблицы.


Savol: Chet tili sertifikatlariga imtiyoz beriladimi?

Javob: 2020/2021 o‘quv yilidan boshlab test ta’lim yo’nalishiga mos fanlar majmuasiga chet tili fani kiritilgan barcha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va milliy yoki xalqaro sertifikatning B2 va undan yuqori darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga ushbu fandan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Shuningdek, 2019-yilga qadar Davlat test markazi tomonidan berilgan milliy sertifikatning imtiyozi ushbu sertifikatlarning amal qilish muddati davrida saqlanib qolinadi.

Вопрос: Будут ли льготы тем, у кого имеются сертификаты по иностранным языкам?

Ответ: В 2020-2021 учебном году во всех направлениях бакалавриата, где есть иностранный язык, абитуриентам будет предоставлена льгота при наличии  Национального и международных сертификатов по иностранным языкам уровня В2 и выше – абитуриенты будут освобождены от тестирования по иностранному языку и им будет дан максимальный балл.


Savol: Kasbiy (ijodiy) imtihonlar qanday tartibda o’tkaziladi?

Javob: Kasbiy (ijodiy) imtihonlar Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 27-iyuldagi 588-son va 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarorlariga muvofiq Oliy ta’lim muassasalari tomonidan o’tkaziladi. Davlat test markazi bu jarayonda ishtirok etmaydi.

Вопрос: Как будут проходить профессиональные (творческие) экзамены?

Ответ: В соответствии с Постановлениями Кабинета Министров № 588 от 27 июля 2017 года и № 393 от 20 июня 2017 года профессиональные (творческие) экзамены будут проводиться Высшими образовательными учреждениями. Государственный центр тестирования в данном процесее принимать участие не будет.


Savol: Oliy ta’lim muassasalarida o’qishni ko’chirish bo’yicha.

Javob: Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarori asosida amalga oshiriladi. Davlat test markazi bu jarayonda ishtirok etmaydi. Bu bo’yicha Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligiga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiq.

Вопрос: О переводе в высших образовательных учреждениях.

Ответ: Перевод в высших образовательных учреждениях осуществляется в соответствии с Постановлением Кабинета Министров № 393 от 20 июня 2017 года. Государственный центр тестирования в данном процессе не принимает участия. По вопросам перевода необходимо обратиться в Министерство высшего и среднего специального образования.


©манба: Davlat test markazi

⭕️ @Abituriyent (rasmiy yangiliklar) kanaliga ulanish👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAEfjm4-2KCn6__jX9A

Report Page