DORULULUM QABULLARI BOSHLANDI.

DORULULUM QABULLARI BOSHLANDI.

Muhammad Odil Hamid


Dorululum Istanbulda o’qishni, Oliy Ta’lim olishni istaysizmi? Unda avvalo quyidagilarni yashilab o'qib chiqing.


Bismillahir rohmanir rohim

KSS (Ko’p so’raladigan savollar).

S: O’qish qayerda joylashgan?

J: Istanbul shahrida.

S: O’qish rasmiymi?

J: Rasmiydir. Turkiya davlati tomonidan ta’lim dargohi sifatida ro’yxatdan o’tkazilgan.

S: Rasmiy ekanini qandoq bilsak bo’ladi?

J: Elchixonaga viza uchun qabul maktubi bera oladi, Istanbulda yashash uchun iqomat olishga rasmiy maktub bera oladi, bizda o’qiyotganingiz tufayli armiyaga bormay turish uchun ham rasmiy maktub bera oladi. Bularning hammasi ta’lim dargohimiz tomonidan beriladi.

S: Bitiruvchilarga diplom beriladimi?

J: Ha, diplom va ijozat beriladi.

S: Olgan diplomimiz O'zbekistonda o’tadimi?

J: Ha, xalqaro kuchga ega bo’lgan 2 ta diplom beriladi. Dunyoning istalgan joyida o’qishni davom ettirishingiz mumkin.

S: Online o’qisak bo’ladimi?

J: Ha, faqat online o’qish boshlang’ich darajasida bo’lib, arab tili va sarf-nahv o’qishingiz mumkin xalos. Shar’iy ilmlar uchun hozirda faqat offline o’qishingiz kerak.

S: O’qish to’lovi qancha?

J: O’qish barcha talabalar uchun to’liq yohud qisman grand asosida bo’ladi. 

S: To’liq grandga qabul qilinmagan talaba qancha to’laydi?

J: Oyiga 75 dollar atrofida.

S: Oyiga faqatgina 75 dollar xolosmi?

J: Shunday. Bu o’qish to’lovining 25% ini tashkil etadi, xalos.

S: 75 dollarlik to’lov nimalarni o’z ichiga oladi, nimalarni olmaydi?

J: O’qish, darslar, qisman oziq-ovqat va joyni o’z ichiga oladi. Sirtqi ta’lim kontrakti, iqoma(propiska), davolanish, qisman oziq-ovqat, kitob kabi xarajatlarni olmaydi.

S: Aeroportda kimdir kutib oladimi?

J: Ha, faqat kutib olish xarajati siz tomoningizdan to’lanadi. "Sabiha Gökçen" aeroportiga qo’nadigan bo’lsangiz, kutib olish xarajati bo’lmaydi.

S: Kimlarga 100% grant beriladi?

J: Masjid imom, diniy ta’lim dargohidagi mudarrislar hamda kam ta’minlangan oila farzandlariga darslarini a’lo baholarga o’qish sharti bilan 100% grant beriladi.

(Rasmiy ma’lumotnoma masjid rasmiy muxri, Masjid imomi yorlig’i.)

S: Baholari pasayib ketsa, o’qishdan chetlatiladimi yoki grandni yo’qotadimi?

J: O’qishini yaxshi o’zlashtira olishi uchun qo’shimcha dars beriladi. Shunda ham o’zlashtira olmasa, grandini qisman yo’qotadi. Sustlik qilsa, vazifalarni bajarmasa, talabalar safidan chetlashtiriladi.

S: Ayollar ham o’qiydimi?

J: Ha, ayollar bo’limi ham bor. Faqat u haqida batafsil ma’umotni ayollarning maxsus kanalidan olishingiz mumkin.

S: Iqoma beriladimi?

J: Ha, ta’lim dargohimiz rasmiy bo’lgani tufayli IQOMA albatta beriladi. Iqomaga oid xarajatlar talabaga oiddir.

S: Yosh chegaralanganmi?

J: Ha, 16-22 yosh orasidagi talabalar qabul qilinadi. Oliy ma’lumotli talabalar 25 yoshgacha qabul qilinadi. Ilmiy salohiyati tufayli yosh borasida istisno sifatida qabul qilinishi mumkin.

S: 8-sinfni bitirganlar ham topshira oladimi?

J: Maktabni bitirmagan o’quvchilar qabul qilinmaydi. Bizning ta’lim dargoh maktabni bitirib Oliy Ta’limda o’qishni istaganlar uchundir.

S: O’qish necha yil?

J: O’qish 4+1 yil bo’lib, 5-yili dunyoning eng nufuzli ta’lim dargohida o’qishi mumkin.

S: Darslar qaysi tilda bo’ladi?

J: Arab, turk va o’zbek tillarida bo’ladi.

S: Qaysi ustozlar tomonidan darslar beriladi?

J: Turkiyadagi eng mashhur katta ustozlar boshchiligida arab va o’zbek ustozlar, turk professorlar tomonidan darslar beriladi.

S: Arab tilini mutlaqo bilmaganlar topshira oladimi?

J: Ha, topshirishi mumkin. Faqat berilgan vazifalarni topshirishi kerak bo’ladi. Uch oylik tayyorlov kursida o’qishi kerak. (O’quvchining zehni va tirishqoqligiga ko’ra tayyorlov kursi olti oygacha davom etishi mumkin.)

S: Magistr ta’limi ham bormi?

J: Ha, bor. 3 yillik bo’lib, birinchi yili arab tiliga tayyorlovdan iboratdir. Turkiyaning nufuzli Universitetlarida magirstratura o’qishi, Dorululum hamkorligida ilmiy izlanish olib borib, dissertatsiya yozishi mumkin. Dorululum dissertatsiya mavzusini tanlash va uni yozishda kerakli ilmiy yordamni berishi mumkin.

S: Oilali talabalar o’qishi mumkinmi?

J: Ha, albatta. Har 4 oyda 10 kunga uyga borishga alohida ruxsat beriladi.

S: Ota-onalar farzandlarining ta’lim va tarbiyasidan qandoq xabardor bo’ladilar?

J: Ota-ona yoki valiylari online tarzda farzandlarining baholarini kuzatib borishlari mumkin. Oylik majlislarda qatnashishlari, sinf rahbari ustozlari orqali farzandining ta’lim va tarbiyasi haqida kerakli ma’lumotlarni olishlari mumkin.

S: IELTS yoki TOEFL kabi xalqaro sertifikat olganlarga imtiyoz bormi?

J: Ha, albatta imtiyoz beriladi. Arab tilini bilmasa ham, Qur’oni Karimni o’qishni bilsa, tayyorlov kursiga qabul qilinadi.

S: Farzandimiz to’liq nazorat qilinadimi?

J: Ha, albatta. Ta’lim dargohimizda 24 soat ustozlar mavjud bo’lib, talabalar odobi va ta’limi bilan shug’ullanadilar. Ko’chaga chiqishi, aylangani borishi faqat ustozlar boshchiligida amalga oshiriladi. Do’stlari yoki uzoq qarindoshlarinikiga borishga va yotib qolishga ota-ona ruxsatisiz izn berilmaydi.

S: Farzandimiz vatanga qachon kelib keta oladi?

J: 2-kursga o’tgach Ramazon ta’tilida uyga borishi mumkin.

S: Telefon, planshet yoki kompyuterga ruxsat beriladimi?

J: Talabalarga ilm olishlariga yordam beradigan vositalarga albatta ruxsat beriladi. Faqat ilmga to’siq bo’ladigan va ilmdan chalg’itadigan holatlarda ruxsat berilmaydi. Dam olish kunlarida shariatga muvofiq bemalol ishlatishlari mumkin. Qolaversa, talabalarimizni zamonaviy kasblarga o’rgatishda telefon va kompyuterlaridan foydalaniladi.

S: Farzandimiz bilan qandoq aloqada bo’lamiz?

J: Ustozlari va murabbiylariga kunning istalgan vaqtida telefon qilishingiz mumkin. Talabalar bilan 7 kun 24 soat ustozlari birga bo’ladilar.

S: Qabul imtihoni qandoq bo’ladi?

J: Qabul bir necha bosqichdan iborat bo’ladi:

1.   Hujjatlarni topshirish. Kerakli hujjatlarni topshirib bo’lgach, hujjatlaringiz qabul qilinsa, birinchi bosqichdan o’tgan hisoblanasiz.

Hujjatlaringiz qabul qilingach keyingi bosqich haqida o’zingizga kerakli javoblar to’liq beriladi. Qisqacha aytadigan bo’lsak, tartib bilan INSHO bosqichi, YODLASH bosqichi, MABDAUL-QIROAT, undan keyin SARF-NAHV bosqichlari bo’lib o’tadi. Imtihonlardan birgina maqsad ko’zlangan – sizning ilm olishga bo’lgan muhabbatingiz va ilm olish qobiliyatingiz o’lchanadi.

 

2.   Insho bosqichi. Bu bosqichda sizga berilgan savollarga qo’lda yozib javob berishingiz kerak bo’ladi.

 

3.   Yodlash vazifasi bosqichi. Bu bosqichga hujjatlari qabul qilingan talabalargina o’ta oladi xalos. Ikkinchi bosqichda talaba Sabotul-Ojiziyn manzumasidan 100 bayt, Ajrumiyya manzumasidan ham 100 bayt yodlashi kerak bo’ladi. Yodlagan vazifasini 15-20 baytdan qilib online topshirishi yohud video tarzida yuborishi mumkin.

 

4.   Arab tili bosqichi. Bu bosqichda talaba Mabdaul-qiroat kitobining birinchi va ikkinchi juzlaridan imtihon qilinadi. Imtihon tarjima va lug’at-so’zlardan bo’ladi. Matnni tarjima qilib berishi hamda lug’atlarni yozishi kerak bo’ladi.

 

5.   Arab tili grammatikasi bosqichi. Bu bosqichda sarfdan 10 dars, nahvdan 10 dars bo’yicha imtihon qilinadi. (Imtihonga tayyorgarlik uchun darslar video-audio shaklida bor.) Talabaning nahv va sarfni o’zlashtirish qobiliyati borligiga ishonch hosil qilingach, imtihondan muvaffaqiyatli o’tgan deb hisoblanadi va o’qishga kelish uchun tayyorgarlikni boshlashi mumkin.

Bu imtihonlar asnosida bosh ustoz Muhammad Odil Hamid shaxsan o’zi suhbat o’tkazadi.

 

S: Istanbul yer qimirlash zonasi hisoblanadi. Farzandimiz qandoq binoda o’qiydi va yotib qoladi.

J: O’qishimiz davlat rasmiy o’qishi bo’lgani tufayli 9 ballik yer qimirlashiga chidamli binoda yashaydi va o’qiydi. Zİlzilaga chidamlilik testidan o’tkazilgandir.

S: O’qish binosi va yotoqxona bir joydami?

J: Ha, bir binoda joylashgandir. Farzandingiz o’qishga qatnamasdan birgina joyda o’qiydi.

S: Turkiya davlat Universitetlarida o’qish imkonimiz bormi?

J: Ha, o’qishingiz uchun sharoit yaratib beriladi. Imtihonlar vaqtida tayyorgarlik uchun ba’zi darslardan ozod qilinasiz. Bir-biriga zarar bermasdan o’qishingiz talab qilinadi.

S: Turkiya davlat Universitetlarida o’qish to’lovlari kim tomonidan to’lanadi?

J: Magistr yohud doktorantura bo’lsin, talaba tomonidan to’lanadi. Dorululum imkon doirasida yordam beradi. Xossatan grandga kirishingiz uchun qo’lidan kelgan yordamni beradi.

S: Boshqa akademiyalar yotoqxona uchun alohida, ovqat uchun alohida, o’qish uchun alohida to’lov olar ekan. Hammasi bo’lib 250-300 dollar atrofida to’lov to’lanadi. Dorululum ham shunday to’lov asosida o’qitadimi?

J: Dorululum grand asosida o’qitishni maqsad qilib olgan. Shu vaqtgacha talabadan eng oz to’lov olishga harakat qilgan, to’liq va qisman grand asosida o’qitgan yagona ta’lim dargohi. Modomiki, moddiy imkoni bor ekan, ovqat-joy-o’qish uchun to’lov talab qilmaydi. Misol tariqasida o’tgan yili faqatgina moddiy imkoni bo’lgan talabalar 50 dollar o’qish, joy va qisman taom uchun to’ladilar. O’sha talabalar bu yil hech qanday to’lov qilmaydilar. Shunday ekan, ta’limni aslo tijorat sifatida ko’rmaymiz. O’qishga salohiyati bo’lgan har bir talaba bizda ilm olishi uchun barcha sharoitlarni yaratib berishga harakat qilamiz.

S: O’qishga kirish uchun kamida arab tilini qancha bilishimiz kerak?

J: Qur’oni Karimdan bir pora, Mabdaul-qiroatdan 1-juz, sarf va nahvdan boshlang’ich ma’lumotlar yetarlidir.

S: Arab tilini mutlaqo bilmasa, qabul qilasizmi?

J: Tayyorlov kursiga qabul qilishimiz mumkin.

S: Qaysi yo’nalishlarda o’qishim mumkin?

J: Uch yillik ta’lim asosiy ta’lim bo’lib, undan keyin o’zingiz istagan yo’nalishlardan birida o’qishingiz mumkin.

S: Bakalavrni qaysi yo’nalishda bitirgan bo’lishi kerak?

J: Farqi yo’q, istalgan yo’nalishni bitirgan bo’lsin, bizda Magistraturada o’qishi mumkin.

S: Tahfiz yo’nalishi bormi?

J: Ha, bizda qorilik bo’limida Qur’oni Karim yodlashingiz mumkin. Qabul sharti: 10 pora yodlagan bo’lishingiz kerak. 10 poradan imtihondan o’tsangiz qabul qilinasiz.

 

S: Tahfizning boshqalardan nima farqi bor?

J: Quyidagilar:

1.   Qonuniy rasmiy o’qishda o’qiysiz.

2.   Arab va turk tillarini ham puxta o’zlashtira olasiz.

3.   Universitetda ham parallel o’qishingiz mumkin.

4.   Bitiruvchilarga qorilik sertifikati beriladi. U bilan istagan davlat universitetiga kirishingiz, ba’zilarida esa 100% grand asosida o’qishingiz mumkin.

5.   Armiyangizni kechiktirish uchun o’qiyotganingiz haqida rasmiy hujjat beriladi.

6.   Iqoma va viza uchun rasmiy taklifnoma beriladi. (Yuqorida sanalgan sharoitlar boshqa ta’lim dargohlarida yo’q. Boshqa dargohlardagi imkonlar bizda ham mavjud bo’lgani uchun sanab o’tilmadi.)

 

S: Uchunchi sinfni bitirgach ixtisosda o’qish majburiymi?

J: Yo’q. Istasangiz ixtisosda davom etishingiz, o’zingizni qiziqtirgan soha mutaxassisi bo’lishingiz mumkin. Yo’qsa, Dorululumda qolib dars berishingiz ham mumkin.

S: Uchinchi kursni bitirganlar ish bilan ta’minlanadimi?

J: Ha, Dorululum qoshida mudarrislik qilshingiz ham mumkin. Bitiruvchilarimiz oylik bilan ta’minlanadi. Agar uylangan bo’lsa, yohud uylanish arafasida bo’lsa, oylik bilan ta’minlanadi va o’qishini davom ettira olishi uchun imkon doirasida yordam beriladi.

S: Bir yilga qancha xarajat ketadi?

J: O’qishdagi muvaffaqiyatingizga bog’liq. Eng a’lochi o’quvchi bo’lsangiz, mutlaqo xarajat qilmasdan o’qishingiz mumkin.

 

S: O’zbekistonda Universitet talabasiman. O’qishni ko’chirish (Perevod) qilish imkonim bormi?

J: Hozirda yo’q deb bilamiz. Birinchi kursdan o’qishingiz kerak bo’ladi.

S: O’zbekistonda madrasa va mahad 8 yil bo’lsa, Dorululum qandoq qilib 4 yilda bu ilmlarni bera oladi?

J: Avvalo ilm 4 yohud 8 yilda tugamaydi. Faqat Dorululumning bir foydali jihati shundaki, faqat kerakli fanlarni o’qiysiz va vaqt yo’qotmaysiz. Qolaversa, ta’tillar kuni oz, darslar esa ko’p. Shuning hisobiga ko’p o’qishingiz mumkin. Misol tariqasida shuni aytishimiz mumkin, hozirda 4 va 5-kurs talabalarimiz Hidoya kitobini o’qimoqdalar. 5-kurslar esa Fatvo mutaxassisligi bo’yicha Dorul-Iftoda maxsus darslar olmoqdalar. Bu natijalar manhajimiz Alloh taoloning izni bilan qanchalik muvaffaqiyatli ekanini ko’rsatib bermoqda.

S: Qorilarga qabulda yengillik beriladimi?

J: Ha, qorilar birinchi o’rinda qabul qilinadilar.

S: Farzandim maktab yoshida. Qabul qilasizmi?

J: Istanbuldagi maktablardan birida o’qiyotgan bo’lsagina qabul qilishimiz mumkin. Shartimiz shuki, maktab darslari davom etishi kerak.

S: Istanbulda bir nechta akademiya faoliyat yuritib kelmoqda. Nega aynan Dorululumga farzandimizni berishimiz kerak? Boshqalarda topilmaydigan nima xususiyatlari bor?

J: Avvalo, Alloh taoloning ne’mati bo’lgani, qolaversa, ustozlarimizning duolari ijobati bo’lgani uchun sizga quyidagilarni aytishimiz mumkin:

1. Darslar arab tilida arab shayhlari tomonidan beriladi. Bu bilan har bir talaba arab tili mutolaa va muhovarasini yuqori darajaga olib chiqishi mumkin.

2. Ta’lim va yotoqxona sharoitlari yuksak saviyada.

3. Har imtihondan so’ng Istanbul bo’ylab sayohat.

4. Yotoqxona va 3 mahal taomlanish Akademiya hisobidan bo’ladi.

5. Yillik imtihon natijalari 90% dan yuqori bo’lganlarga Umra safari barcha xarajatlari Dorululum Akademiyasi tomonidan to’lab beriladi.

6. Har bir matn tugatilganda va Qur’on hifzi bo’yicha Rosululloh sollollohu alayhi vasallamgacha bo’lgan sanad bo’yicha ijoza olish imkoniyati mavjud.

7. Dorululum darslari bilan birga kasbiy yo’nalishda Turkiya universitetlarida o’qish imkoniyati mavjud.

S: Dorululumning manhaji xususiyati nimalardan iborat?

J: Yurtimizga Islom ilmlari sohasida kadr yetkazib berish, kadrlarni arab tilidagi matnlarni erkin o’qiy olish va tarjima qilish salohiyatini oshirish shuningdek, Ahli sunna val-jamoa mazhabi asosida pok aqiyda va musaffo Islomga intilish.

 

Dorululum Istanbulda o’qishni, Oliy Ta’lim olishni istaysizmi? Unda ushbu linkni bosing, o’zingizga kerakli savollarga javob toping.

https://t.me/dorululumadmin


Report Page