DONALI MAHSULOTLAR UCHUN GORIZONTAL QADOQLASH MASHINASI

DONALI MAHSULOTLAR UCHUN GORIZONTAL QADOQLASH MASHINASI

Telegram kanal @oborudovanie_uz

Mahsulot o'ramini bejirim loyihalashtirish ishlab chiqarishda va bozordagi omadni belgilovchi asosiy faktorlardan hisoblanadi. Mahsulot o'rami uning o'ziga xosligini ko'rsatib beradi. Bu esa, o'z navbatida o'ziga xos reklama rolini o'ynashi mumkin.

Zamonaviy jamiyat kundalik dizaynda o'ralgan mahsulotlarni xarid qilishga o'rganib qolgan. Mahsulot o'rami xaridorni o'ziga tortadigan bo'lishi uni standardlarga moslik, narxini oqlashi va boshqa ijobiy xossalar bilan bog'laydi. Shu sababli, zamonaviy ishlab chiqarishda mahsulot o'rami o'ziga xosligi muhim o'rin tutadi.

Ushbu qadoqlash uskunasi donali mahsulotlarni, jumladan, pechenyelar, shokolad, vermishel, konfet, dorilar, muzqaymoq, sovun kabi mahsulotlarni donalab qadoqlashga mo'ljallangan.

Uskuna oziq ovqat, farmatsevtika, kosmetika sanoatlarida keng miqyosda qo'llanilib kelinadi. Uskuna quyidagi funksiyalarni avtomatik tarzda amalga oshiradi: materiallarni uzatish, paketlarni loyihalashtirish, eritib payvandlash, partiya raqamini chop etish, tayyor mahsulot chiqarish va sanash.

Uskuna servodvigatel yordamida boshqariladi va boshqa mashinalar bilan solishtirilganda, biriktirilgan intellektual salohiyati ancha yuqori, qadoqlashda yuqori aniqlikka ega, sozlashning keng diapazoniga, mahsulot defektining minimal koeffitsientiga ega.

Texnik xossalari:

Paket uzunligi: 65-330 мм
Paket kengligi: 30-110 мм
Paket balandligi: 5-45 мм
Mahsulot o'rami chidamliligi: ≥ 15N/mm2
Qadoqlash tezligi: 25-250 pak/min
Quvvati: 2.7 kWt
Energiya: 220V, 50 Hz
Gabaritlar: 4000*920*1500 mm
Og'irligi: 500 kg

Report Page