DOMINO
SUE
19-qism
Taehyungning eshigi qarshisiga kelib turgan Luna ichkarida nimalar bo'layotganiga quloq tutdi.
~Men nimalar qilyapman-a? Menga qanday qizig'i bor? )- U eshikka quloq tutgan holatidan o'zini o'zi koyidi va boshini chayqagancha pastki qavatga yo'l oldi

~Bu ahvolda Namsanga qanday borasiz? )- HaeSoo
~O'rnimga Boksuni yuborsammikan deb o'ylab turgandim )- Taehyung
HaeSoo oz vaqtga o'ylanib turdi va o'zini tetik tutib, akasini o'ziga qaratdi
~Men boraman! )- HaeSoo
Taehyung singlisining gaplarini jiddiy qabul qilmadi. U kichik tabassumi bilan HaeSooning burnidan siqib qo'ydi
~Men jiddiy aytyapman! )- HaeSoo akasining ishonch bildirmaganini sezib, takroran istagini bildirdi. Biroq bu safar uning qoshlari chimirilgan holatda edi..
~Ishonching komilmi? )- Taehyung
~Albatta! Yangi shartnoma tuzmoqchi bo'lgan odamlar bilan suhbatlashaman va Mato ishlab chiqaruvchi korxonani ko'zdan kechirib kelaman! )- HaeSoo
~Shartnoma kelishuvini yolg'iz bajara olasanmi? )- Taehyung
~Singlingiz bir hafta ichida necha bor shartnoma uchrashuvlariga qatnashganini bilasizmi? Heh, bu ishda anchagina faoliyatim oshgan. Ham desa, singlingizda "Ajoyib til" borligini unutyapsiz )- HaeSoo gaplari so'ngida ko'zlarini suzib qo'yishi Taehyungni kuldirdi
~Unda yaxshi, Boksuga xabar beraman. Ha aytgancha, seni bir inson bilan tanishtirishim kerak )- Taehyung
~Kim? )- savollar bilan qaradi, HaeSoo
~Irkit o'rdakcha! )- Taehyung
Natijada HaeSooning akasiga nisbatan savollari yanada ko'paydi

📱~Salom, Yeon. Ahvollaring yaxshimi? )- Luna mehmonxonada joylashgan divanlardan biriga borib o'tirdi.
📲~Menda hammasi yaxshi. Men sendan xavotirdaman. Qachon ko'rishamiz? )- Yeon
📱~Bilmayman. Bu uydan qanday chiqishni bilmayman! Jin ursin. Hammasi jonimga tegdi. Bug'ilib ketyapman bu uyda! Xuddi zindonga o'xshaydi. Oltin qafas! )- Luna
Luna gapirishi davomida xona eshigining ochilganini sezmay qoldi. U gapini yakunlab, bir onga ko'z qirini eshik tomon burdi-yu, qopqonga tushgan sichqondek his qildi o'zini..
📱~Keyinroq qo'ng'iroq qilaman! )- Luna
Luna qo'ng'iroqni yakunladi va so'ng o'tirgan o'rnidan turdi. U dastlab aravachada o'tirgan Taehyungga, so'ngra uning ortida turgan qizni ko'rib, yuragi tipirchilab ura boshladi.

~Salom )- Luna
Luna HaeSooga qarab bu oddiy so'zni aytishi ham u uchun mashaqqatli edi.
~Arvohni ko'rgandek oqarib ketding? )- Taehyung
~Men... haligi...Bunday emas! )- Luna tushidagi qizni qarshisida yana xuddi shunday Taehyungning singlisi bo'lib chiqishi uni esankiratib qo'ygan edi.
~Salom, ismim HaeSoo. Akam sizni menga "irkit o'rdakcha" deb tanishtirdi. )- HaeSoo aravacha ortidan oldinga siljidi va Luna tomon yaqin keldi.
Lunaning o'lim nigohlari dastlab Taehyungga chuqur qaratildi. So'ngra u samimiyat bilan o'zi tomon uzatilgan qo'lni yengil siqib qo'ydi
~Ismim Luna. Irkit o'rdakcha emas. )- Luna gaplari so'ngida yana bir bor Taehyungga o'qrayib qaradi. Biroq Taehyungning kayfiyati a'lo darajada. Uning keng yoyilib turgan lablaridan Luna nafratlana boshlagan edi.

Darhol qo'ng'iroqning yakunlanib qo'yilishi Yeonni tushunarsiz holatga soldi. U Lunaga aytmoqchi bo'lgan gaplarini aytishga ulgurmagani uchun og'ir xo'rsindi.
~Bugun Chan chiqishi haqida aytmoqchi edim. )- Yeon
Yeon mahkama qarshisida turardi. U shumshaygan lablari bilan mahkamaning ochilgan eshiklari tomon qararkan, ichkaridan chiqqan Channi ko'rishi bilanoq qizning ko'zlari porlab ketdi.
~Chan! )- Yeon ichidagi quvonchni yashira olmadi. U Channing oldiga shoshqaloq qadamlari bilan borib, uni mahkam quchoqlab oldi
~Judayam xursandman! Seni yana ozodlikda ko'rish tugallanmas baxt! )- Yeon
~Yaxshiyamki, atigi 1 hafta ichkarida edim. )- Chan
~1 hafta vaqt emasmi? )- Yeon Channing bo'yniga osilgan qo'llarini olarkan, qoshlarini chimirib qaradi unga..
Channing yuzida tabassum paydo bo'lishi Yeonning yuragini eritib yuborardi. Biroq bu tabassum ko'pga cho'zilmadi.
~Yolg'izmisan? )- Chan
Yeon gap Lunaga taqalib kelganini faxmladi.
~Luna sendan qattiq ranjigan. Uni tushunishga harakat qilib ko'r Chan.. Qara hattoki ichkarida o'tirgan vaqtingda dadang va dadangni odamlari ham senga yordam bera olmadi. U odam shunchalar mug'ombirki, hayolida yana nimalar borligini bilib bo'lmaydi. Luna nima qilgan bo'lsa-da, seni qutqarish uchun qildi. Va sen unga hech bo'lmaganda ishonch bildir. )- Yeon
Chan indamadi. U ko'zlarini atrofga aylantirar ekan, bir yigit uchun o'z sevgan ayolini boshqa bir erkakning qo'liga shundaygina berib qo'yish qanchalar alamli ekanligini tushuntirib berolmas edi.

Bir necha soatdan so'ng...
NAMSAN::
O'zining shaxsiy samalyotida Namsanga yetib kelgan Jungkook, samalyotdan tushishdan avval telefonini olib, kerakli kontaktini terdi
📲~Eshitaman, janob! )- Samgil
📱~Xo'sh, vaziyat qanday? )- Jk
📲~Jami, 3 mashina bo'lib kelishdi. Hozir fabrika ichkarisidalar. Biroq kimlar borligidan xabarim yo'q. Kim Taehyungni aniq ko'rolmadim )- Samgil
📱~U borgan. Bunday uchrashuvni yana kimga ishonib topshirardi... Hammasi tayyormi? )- Jk
📲~Siz aytgan vaqtda butun fabrikani portlatib yuboramiz! )- Samgil
📱~Ajoyib... Unda.. )- Jungkook telefonini qulog'idan uzoqlashtirmagan holda ikkinchi qo'liga taqilgan qo'l soatiga qaradi: ~Unda 15 daqiqadan so'ng ishni yakunlang! )- Jk
Jungkook qo'ng'iroqni yakunlab, telefonini yonidagi o'rindig'i ustiga tashladi. U hech qayerga jilmasdan, shu yerda natijani kutishga qaror qilgan edi...

Ishlab chiqarilayotgan matolarni HaeSoo birma bir ko'zdan kechirib chiqayotgan edi. U gohida yonginasida turgan korxona boshlig'iga nimalarnidur gapirar, uning bu kabi o'zini jiddiy tutishi Boksuni hayratga solayotgan edi.
Kutilmaganda Boksuga kelayotgan qo'ng'iroq natijasida u sekin HaeSooning ortidan ergashishni to'xtatib chetga chiqdi
📱~Buyuring janob! )- Boksu
📲~Hammasi joyidami? )- Tae
📱~Xonim korxona boshlig'i bilan ancha til topishgan )- Boksu
📲~Ajoyib, asosiy ishimiz nima bo'ldi? )- Tae
📱~Tushlik vaqtida HaeSoo xonimni uchrashuvga tashlab, qurollarni topshirgani boraman )- Boksu
📲~Bu bizning Namsandagi birinchi savdomiz. Shuni unutma! )- Taehyung jiddiylik bilan takidlab, so'ngra qo'ng'iroqni yakunladi.

Oyog'ini silkitib o'tirgan Jungkook uchun go'yoki vaqtning har bir sekund mili sekin harakatlanayotgandek edi. Ha, Jungkook uchun bu olamda "kutish"danda qiyin ish yo'q edi.
Shu on uning yonidagi o'rindiq ustida turgan telefoniga xabar keldi. U qo'liga telefonini oldiyu, xabar kimdan ekanligini ko'rishi bilanoq Jungkookning yuziga tabassum yugurdi.
U mana endi oyoqlarini bir-biriga kiyishtirgancha o'rindig'iga moslashib o'tirib oldi
📨HaeSoo:
~Taxmin qilingchi, men hozir qayerdaman?
📨Jungkook:
~Ko'rpang ostida! yostig'ingni "men" deb tasavvur bilan quchoqlab yotibsan.
📨HaeSoo:
~AXMOQ!
📨Jungkook:
~😂hazillashdim. Xo'sh, qayerdasan?
Jungkook javob kutish uchun biroz vaqt kutdi va olgan xabari matnli xabar emas, aksincha kichik videoxabar edi.
📽Videoxabarda~
HaeSoo: Yordamchingiz 1 haftalik sizdan olgan bilimlariga tayanib katta shartnomani imzolagani keldi. Biram hayajonlanib ketyapman! Hatto barmoqlarim ham qaltirayapti. )- HaeSoo videoxabari oxirida matolarni ishlab chiqaruvchi fabrika ichini bir necha soniyaga ko'rsatib, so'ngra videoni tugatgan edi.
Videoxabarni ko'rgan Jungkookning ahvolini tasvirlab bo'lmas edi. U HaeSoo yuborgan videoni qayta va qayta ko'rarkan, bir necha daqiqadan so'ng uning qo'llari o'z sevgan ayolining qoniga burkanishini tasavvur qilishi Jungkook uchun daxshatli qo'rquv aurasini yaratdi

19-qism tugadi.
Yoqimli mutolaa💗
Keyingi qism 30+ ODAMdan fikr va 150+ Reaksiyadan so'ng tashlanadi💗
Muallif: #Sue
Kanal: @Cloud_fanfic