DOLZARB MAVZULARDAGI TARG‘IBOTLAR

DOLZARB MAVZULARDAGI TARG‘IBOTLAR


        Terrorizm – u xoh jismoniy, xoh virtual olamda boʻlsin, ming-minglab begunoh insonlarning umriga zomin boʻlib, bir qancha taqdirlarni barbod etadi. Uning domiga tushib qolish og‘ir va ayanchli yakun topadi. “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida viloyat IIB TQX TQKB va uning joylardagi bo‘limlari mas’ullari tomonidan mahallalarda, ta’lim muassasalarida terrorizm, ekstremizm, norasmiy tashkilotlarning noqonuniy faoliyatiga qarshi kurashish yo‘nalishlarida profilaktik targ‘ibotlar olib borilmoqda. Unda buzg‘unchi g‘oyalar ta’siridan himoyalanishga doir siyosiy-huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy-profilaktik vositalarni takomillashtirish ta’kidlanmoqda.

        Bundan tashqari, viloyat IIB TQX TQKB xodimlari Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Buxoro xalqaro aeroporti orqali O‘zbekiston Respublikasidan Rossiya Federatsiyasi va Turkiyaga ishlash hamda boshqa maqsadlarda chiqib ketayotgan fuqarolar bilan profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston Musulmonlar Idorasi tomonidan tayyorlangan bukletlar tarqatildi. Shuningdek, noto‘g‘ri talqin qilinayotgan islomiy tushunchalar, diniy-maʼrifiy sayt va ijtimoiy tarmoqlar, ijtimoiy tarmoq odoblari, ekstremistik xurujlarning xususiyati, tahdidlardan himoyalanish yo‘llari to‘g‘risida tushunchalar berildi.

O‘z muxbirimiz.

Buxoro viloyati.

 


Report Page