DNS serverlarni sozlash

DNS serverlarni sozlash

@uzabt

https://t.me/joinchat/AAAAAD-qgW6Wl9MhlwgeoA


Oxirgi kunlarda KUN.UZ, XABAR.UZ va shunga o‘xshash information saytlar bo‘layotgan “shubhali uzilishlar”ga ko‘pchilik duch kelmoqda. Bu albatta DNS serverlar bilan bog‘liq. Aniqrog‘i O‘zbekistondagi DNS serverlar bilan. Shu kabi muammolarni chetlab o‘tish uchun, tashqi DNS serverlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Kompyuterda mana shu muammoni bartaraf etamiz, ya’ni DNS server manzilini o‘zgartirib qo‘ysak tamom. Buning uchun kompyuterda quyidagi amallar ketma-ketligini bajarishimiz zarur:

1.    Klaviaturadagi Windows va R (ПУСК+R) tugmalar birikmasini bosamiz:

2. Ochilgan oynadagi satrga ncpa.cpl buyrug‘uni teramiz va OK tugmasini bosamiz:

3. Agarda siz kabel orqali internetga ulangan bo‘lsangiz sizda ekrandagi elementlarning nomlanishi Сетевое подключение (Network Connections) yoki Ethernet, simsiz tarmoq (WiFi) orqali ulangan bo‘lsangiz Беспроводная сеть (Wireless Connection) ko‘rinishida bo‘ladi. Bizdagi misolda Ethernet turibdi:

4. Bizga kerakli element ustida sichqonchaning o‘ng tugmasini bosamiz, va ochilgan kontekst menyusida Свойства (Properties) oynasini ochamiz:


5. Ochilgan oynada IP версии 4 (TCP/IPv4) (Internet Protocol Version 4 (TCP/IPv4)) bo‘limini tanlagan holda Свойства (Properties) tugmasini bosamiz

6. Ochilgan oynadan Использовать следующие адреса DNS-серверов (Use the following DNS server addresses) bo‘limini tanlab unga tashqi DNS manzillarini kiritamiz. Qaysi birini oldin yoki keyin kiritishning farqi yo‘q. Va ketma- ket ravishda OK tugmalarini bosib chiqamiz.


Eng ishonchli tashqi DNS server manzillari ro‘yxati:

7. Klaviaturadagi Windows va R (ПУСК+R) tugmalar birikmasini bosamiz:

8. Ochilgan oynadagi satrga CMD buyrug‘uni teramiz va OK tugmasini bosamiz:

9. Ochilgan oynada ipconfig /flushdns buyrug‘ini teramiz va Enter tugmasini bosamiz.

Endi brauzerda KUN.UZ, XABAR.UZ saytlariga kirib ko‘ramiz. Agarda saytda kirishda muammo bo‘lsa, boshqa DNS manzillarni kiritib, tekshirishda davom etamiz.