Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisoboti shaxsiy g'azna hisobvaraqlar kesimida

Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisoboti shaxsiy g'azna hisobvaraqlar kesimida

uzasbouz

Endilikda debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisoboti shaxsiy g'azna hisobvaraqlar kesimida tuziladigan va DMBAT DMga jo'natiladigan qilindi. Buning uchun new.mdm.uz manziliga kiriladi va E-Hisobotlar (Е-Отчеты) menyusi tanlanadi. E-Hisobotlar menyusida Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (SHGʻH kesimida) bandi tanlab kiriladi.

Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (SHGʻH kesimida) qismiga kirish


Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (SHGʻH kesimida) qismiga kirilgandan so'ng Yaratish tugmasi bosiladi.

Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (SHGʻH kesimida) hisobotini yaratish


Moliya yili to'g'rilanadi, hisobot davri choragi tanlanadi va tegishli shaxsiy g'azna hisobvaraq tanlanib, to'ldirish tugmasi bosiladi. Tanlangan shaxsiy g'azna hisobvaraqdan kelib chiqib ma'lumot kiritish uchun byudjet yoki byudjetdan tashqari qismi ochiladi. Tegishli qarzdorlik summasi xarajat kodlari bo'yicha kiritib chiqiladi.

Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (SHGʻH kesimida) hisobotini tuzish


Maʼlumot kiritilgandan soʻng, Saqlash tugmasi bosiladi. Sozdan holatdagi hujjat Tasdiqlash tugmasi yordamida Provedeno holatga o'tkaziladi (buning uchun tegishli chorakka hali balans va debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisoboti tasdiqlanmagan bo'lishi talab etiladi. 2020-yilning IV choragi uchun Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (SHGʻH kesimida) hisobotini tuzish uchun esa hisobot qabul qiluvhi tashkilot avval balans va debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisobotini qaytarishi kerak bo'ladi.) Yuborish tugmasi bosiladi va tashkilotga tegishli elektron raqamli imzo kaliti orqali hujjat jo'natiladi. Mazkur hisobot DMBAT DMda masʼul shaxs tomonidan qabul qilinishi kerak boʻladi. Bunda markazlashtirilgan moliya-buxgalteriya xizmatiga oʻtkazilgan tashkilotlarda ham hisobot har bir quyi tashkilot kesimida tuziladi va u elektron joʻnatilib, DMBAT DMda qabul qilinishi kerak boʻladi. Shu tartibda debitor yoki kreditor qarzdorlik mavjud bo'lgan barcha SHG'Hlar bo'yicha hisobot tuzib chiqiladi. Qarzdorlik bo'lmagan SHG'Hlar bo'yicha hisobot tuzish talab etilmaydi.


So'ngra E-Hisobotlar (Е-Отчеты) menyusidagi Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot qismiga kiriladi (uzasbo.mdm.uz dan debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisobotini tuzish qismi olib tashlandi). Endilikda hisobotni tuzishda avvalgidek summalar qo'lda kiritilmaydi, balki SHG'H kesimida tuzilgan hisobot asosida ma'lumot avtomatik tarzda shakllanadi. Tashkilotlarga qulaylik bo'lishi uchun hisobotda To'ldirish tugmasi bosilsa, Provedeno holatdagi hujjatlar asosida ham ma'lumotlar chiqadigan qilindi. Shu orqali tashkilot balansdagi va Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisobotidagi summalar o'zaro mos kelishini tekshirib ko'rishi, qarzdorlik summalari qanchalik to'g'riligini analiz tugmasi bosilganda chiqadigan ma'lumot orqali tahlil qilishlari mumkin (balans hisobotini tasdiqlashda qanday cheklovlar mavjudligi bilan bu yerda to'liq tanishib chiqish mumkin.)

Yuborilgan Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot (SHGʻH kesimida) hisobotining g'azna holati Odobren yoki Prinyatga o'zgargandan so'ng esa Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisobotini tasdiqlash mumkin. Chunki hisobotni tasdiqlashda faqatgina Odobren va Prinyat holatdagi hujjatlargina inobatga olinadi. Aks holda hisobotda summalar chiqmaydi.

Debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisobotini tuzish qismiga kirish


2020-yil IV chorak uchun esa avval jo'natilgan va qaytarilgan hisobot O'zgartirish tugmasi yordamida ochiladi. Unda avval Tozalash, so'ngra To'ldirish tugmasi bosiladi va jamlanma debitorlik va kreditorlik qarzlar toʻgʻrisidagi maʼlumot hisoboti shakllanadi. Shakllangan hisobot oldingi tartibda elektron raqamli imzo orqali moliya organiga yoki yuqori tashkilotga yuboriladi. Bu hisobot mas'ul tashkilot tomonidan qabul qilinmaguncha Otpravlen holatda bo'ladi, chunki bu ma'lumot UzASBO DM ichida aylanadi.

Report Page