Professional dizaynerlik kursi

Professional dizaynerlik kursi

Anqo dizayn studiyasi

Biz “Anqo dizaynerlar” jamoasi bir necha yillik ish tajribamiz asosida ishlab chiqqan, maxsus metodika asosida tayyorlangan maxsus 2 oylik intensiv "O'rgan va ishla!" kursiga taklif etamiz. Ushbu kursimizda Siz, zamonaviy kasb va joy tanlamas (uyda o'tirib ham ishlash mumkin bo'lgan) kasbga ega bo'lasiz. Biz ushbu loyihamizni aynan Farg'ona viloyatida boshlashni reja qildik. (O'zi Toshkentda faoliyat yuritamiz.)

Kursning o'ziga xos tomoni Siz kasb o'rganasiz va ishlash imkoniga ega bo'lasiz. Chunki biz (O'zbekiston va chet mamlakatlarda) doimiy faoliyat olib borayotgan amaliyotchi dizaynerlarmiz.

Bu kurs davomida Siz, Photoshop - rastr grafika | Illustrator - vektor grafika | CorelDraw - vektor grafika | InDesign - matbaa (kitob, gazeta, jurnal) | XD - UX/UI dasturlarini o’rganib, packaging(qadoq), banner, poster, SMM, tashqi reklama, kitob va gazeta dizaynlarini yarata olish qobiliyatiga ega bo'lasiz. Shuningdek logotip va brendlar tayyorlash va vektor grafika sohasi bo’yicha ishlay oladigan birlamchi mutaxassisga aylanasiz.

O'rgangan bilimlaringiz bilan siz poligrafiya korxonalarida, SMM agentliklarda va dizayn studiyalarda yoki mustaqil dizayner (freelancer) bo'lib ishlay olasiz.

Oylik ish haqi o'rtacha 2 million so'mdan boshlanadi.

Shuningdek kurslarda dizaynerlikning asosiy qonunlari haqida ham bilimlar beriladi.

Kurs 60 kunga mo'ljallangan bo'lib, 2 qismga bo'linadi:

  • 1- bosqich (45 kun - 24 ta dars)
  • 2- bosqich (15 kun - 8 ta dars)
1-bosqichda sizga photoshop, illustrator, CorelDRAW, Indesign va XD dasturlari o'rgatiladi. Amaliy ishlar yordamida dizayn qilish bo'yicha saboqlar beriladi. Agar tinglovchi manashu bosqichni yaxshi bitira olsa unga ma'lum darajadagi ishlar ham berib boriladi.
2-bosqichda dizaynerlikning muhim qoidalar, ranglar va shriftlar bilan ishlash, dizaynda muvozanatni saqlash kabi muhim mavzularda darslar va meet uplar tashkil etiladi.

Darslar haftada 4 kun, 2 soat 35 minutdan olib boriladi.

1ta guruhda tinglovchilar soni 10 nafardan iborat. Qabul qilinadigan guruhlar soni 4 ta. Hoziroq joyni band qiling! Bunday imkoniyat boshqa bo'lmasligi mumkin.

Ushbu kurs Germaniya va Britaniya dizaynerlik oliy maktablari metodikalari asosida ishlab chiqilgan zamonaviy, butunlay yangi yo'nalishdir. Bu metodika faqat Anqo dizaynerlari tomonidan bir necha yillik ish tajribasi asosida tayyorlangan.

Yaxshi bilimga ega bo'lishingiz - Sizdan ham ko'ra, bizga muhimroqdir.

Farg'onadagi hamkorimiz Prime Study o'quv markazi.

ma'lumotlar uchun:

telegram | instagram | facebook |

Telefon: 99 601 60 60

Report Page