DIZENTERIYA

DIZENTERIYA

Medical Sfera | Uz
Dizenteriya


Dizenteriya – ichaklarni zararlovchi infektsion xastalik. Kasallikning amyoba va bakterial tiplari ma’lum. Birinchi tip (uni ba’zan amyobiaz ham deb nomlashadi) rus olimi F.A.Lesh amyobalarni kashf qilganidan keyin ajratilgan. Mazkur xastalik issiq iqlimli mamlakatlarga xos (Meksika, Hindiston) bo‘lib, mamlakatimizda kamroq uchraydi. Ikkinchi tip esa – bakterial dizenteriya yoki shigillyoz deb ataladi. Yapon olimi Kiyoshi Shig kasallik chaqiruvchilar – shigellarni kashf etganidan keyin, uning sharafiga nomlangan.

Dizeneteriya vaqtida aniqlanib, eng maqbul davolash usulini talab etadigan kasallik. Shuning uchun xastalikning paydo bo‘lishi va alomatlarini bilib olish zarur.

KASALLIK PAYDO BO‘LISHI SABABLARI

Dizenteriyaga shigella - harakatsiz bakteriya tayoqchalari omil bo‘ladi.

Fanda mazkur bakteriyaning to‘rtta turi ma’lum bo‘lib, ularning barchasi shigellyoz bilan zararlanishga sabab bo‘ladi: Shigella dysenteriae, bir nech tipga bo‘linadi, Shigella flexneri, Shigella boydii va Shigella sonnei. Ularning birinchisi inson to‘qimalarida ekzotoksin ajratadi va u nafaqat ichaklar, balki asab tizimini zararlaydi. Shuning uchun shigellyozga sababchi eng og‘ir kechuvi xastalik hisoblanadi.

Shigyollalar antibakterial prepartlarga oson moslashadi va an’naviy tibbiyot yo‘li bilan uni davolash qiyin kechadi. O‘ziga mos sharoitda ular kasallik xususiyatini uzoq vaqt namoyon etish qobiliyatiga ega.

Shigellalarning og‘ir xastalikka sabachi xususiyatlari:

  • ichak hujayralari ichiga singish va shu erda ko‘payish;
  • mazkur bakteriyalarning antibiotiklarga o‘xshash moddalar ishlab chiqarishi va normal mikrofloraga xatarli ta’sir ko‘rsatish;
  • to‘qimalarda yo‘g‘on ichak devorlarini buzuvchi fermentlar ishlab chiqarish.

 

ZAHARLANISH JARAYONI

Odatda, dizenteriya bilan bolalar bog‘chasi yoki maktabga chiqqan 2 dan 7 yoshgacha bo‘lgan bolalar ko‘proq kasallanadi. Dizenteriya alomatlari kasallanganlar umumiy soniga nisbatan katta yoshdagilarning 30-40%da kuzatiladi.

Kasallik axlat va oral yo‘l bilan o‘tadi. Sog‘lom kishiga mazkur kasallik aksariyat hollarda bemorga tegishli buyumlar, kasallik qo‘zg‘atuvchi tushgan ovqat yoki ichimlik orqali yuqadi.

Ehtimoliy manbalar:

  • kasallik yaqqol namoyon bo‘lgan bemor yoki surunkali dizenteriya bilan og‘rigan kishi;
  • Rekonvalestsent – ilgari dizenteriyaning o‘tkir shaklini boshidan o‘tkazgan va endi sog‘ayib kelayotgan inson.
  • bakteriya tashuvchi – oshqozon-ichak tizimida bakteriyalar ko‘payadigan, ammo yaqqol alomatlari sezilmaydigan inson.

Bakteriyalar organizmdan faqat axlat orqali chiqadi va kasallikning o‘tkir ko‘rinishi bilan og‘rigan bemor ancha xatarli hisoblnadi. Kasallik qo‘zg‘atuvchi pashshalarning oyoqlari orqali tarqalishi (ayniqsa qishloq joylarida) ko‘proq ehtimolga ega.

Shigella yuqishi yo‘llari:

  • etarli darajada ishlov berilmagan oziq-ovqat mahsulotlari (Zonne shigellasi); sut, go‘sht, sabzavot, tarmeva va mevalar, gazak hamda kolbasalar;
  • suv orqali – zararlangan suv manbalaridan ichish (Fleksner shigellasi);
  • maishiy-kontakt yo‘li – zararlangan predmetlar, xususan bemor ushlagan buyumlarga tegish va undan keyin qo‘llrni yuvmaslik, hatto bolalar og‘zi tekkan mahsulotni tatib ko‘rish va h.k.

 

DIZENTERIYA SHAKLLARI

Kasallikning o‘tkir (2 haftagacha cho‘ziladigan) va uzoq muddatli (1 oyga qadar cho‘ziladigan) shakllari mavjud. Har ikkalar shaklda inkubatsiya davri ikki soatdan 5 kunga qadar davom etadi. Kasallikning surunkali shakli bugungi kunda qariyb uchramaydi.

ALOMATLARI

Kattalarda dizenteriya ichak infektsiyalari ko‘rinishida kechadi.

  • yuqori tana harorati;
  • zaharlanish alomatlari;
  • qorinda og‘riq;
  • ichburug‘;
  • ko‘ngil aynishi;
  • qayt qilish;
  • organizmning suvsizlanishi.

O‘rtacha og‘irlikdagi dizenteriyada mazkur alomatlar yaqqolroq ko‘rinadi. Kasallikning dastlabki belgilari – holsizlanish va varaja, shuningdek, qorinda qattiq og‘riq. Ich ketganda axlat qon aralash yoki shilliq massali bo‘lishi, to‘xtovsiz, bir sutkada 20 martagacha hojatga chiqish kuzatiladi. Dastlabki 2 kun oralig‘ida hojatga chiqish soni bir muncha ortadi. Shuningdek, tana harorati 39˚Sga qadar ko‘tariladi va bosh qattiq og‘riydi. 2-5 sutkadan keyin tana harorati me’yoriga tushadi.

Ko‘pchilik bemorlarda qorindagi og‘riq uzoq muddat davom etadi va tinimsiz og‘riq kuzatiladi. Odatda, og‘riq qorining chap past qismida kuzatiladi, ammo ba’zi hollarda mazkur zona atrofida ham bo‘lishi mumkin. Bemorlar aksariyat hollarda qorin damlashidan shikoyat qiladi.

Dizenteriyaning og‘ir shakli shiddat bilan kechadi. Ichning suyuq ketishi barobarida, qayt qilish, qon bosimining tushib ketishi, nafas siqilishi ham ro‘y beradi. Kasallikning mazkur shakli ba’zan bir yarim oygacha davom etadi. Vaqtida davo tadbirlari amalga oshirilmasa, dizenteriyaning o‘tkir shakli surunkali ko‘rinish olish ehtimoli bor.

KASALLIKNING BOLALARDAGI ALOMATLARI

Kasallikning bolalardagi alomatlari

Bolalarda dizenteriya kuchli ich ketishi, ma’lum muddat orasida axlat kulrang yoki yashil shilimshiq modda aralashmasi bilan bo‘yanishi kuzatiladi. Bolaning organizmi kuchli suvsizlanishdan qattiq aziyat chekadi. Shilliqpardalarda qurushqoqlik alomatlarini kuzatsangiz, demak suvsizlanish haddan oshgan. Bola yoshi qanchalik kichik bo‘lsa, dizenteriya shu qadar og‘ir kechishini unutmang. Shuning barobarida yosh bola organizmi shiddat bilan suvsizlana boradi.

Dizenteriyaning og‘ir shakllarida bolada yurak etishmovchiligi, mushaklar tortishuvi (sudoroga), hushdan ketish holatlari kuzatiladi. Mazkur alomatlarda zudlik bilan bemor kasalxonaga yotqizilishi shart.

EMIZIKLI GO‘DAKLARDA KASALLIK ALOMATLARI

Bir yoshdan kichik bolalarda dizenteriyaga uchrash hollari nisbatan kam uchraydi. Kasallik to‘satdan paydo bo‘ladi va bir necha kun davomida rivojlanadi. Odatda intoksikatsiya – zaharlanish alomatlari ustunlik qiladi. Bola ovqat emay qo‘yadi, injiqlanib, ko‘p yig‘laydi, varaja tutadi, axlati o‘zgarishi kamroq. Axlati tarkibida yashil tusli shilimshiq modda kuzatiladi, 2 – 3 kundan keyin qon aralashmasi kuzatiladi. Qorni dam bo‘ladi, g‘uldirash kuzatiladi. Mana shunday paytlarda bola yig‘lab, yuzlari qizarib ketadi (zo‘riqish). Kekirib, qayt qilishi mumkin va bu uning suvsizlanishiga olib keladi.

Bunday paytlarda ko‘pincha boshqa virusli va bakteriyaviy infektsiyalar qo‘shilib, bolaning sog‘ayish muddati cho‘ziladi. Shuning uchun bir yoshdan kichik bolalarni uyda davolash, og‘ir shakllarida esa infektsion kasalliklar shifoxonasining maxsus boksida davom ettirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

TASHXIS

Dizenteriya tashxisi laboratoriya sharoitida axlat namunasini bakteriologik ekish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Mazkur tekshiruv uch karra o‘tkaziladi, biroq uning yakuniy natijalari bir haftadan keyingina ma’lum bo‘ladi va shu sababli ekspress-test sifatida qo‘lanilmaydi.

Kasallikni barvaqtroq aniqlash uchun esa dizenetriya tayoqchalariga antijismlar va axlat tarkibi hamda qondagi zaharlarni aniqlashda immunologik usul qo‘llaniladi. Genetik materialda bakteriyalar bor-yo‘qligini aniqlash uchun polimeraz-zanjirli reaktsiya qo‘llaniladi.

Kasallikning og‘ir-engilligini aniqlash uchun esa koprogramma yoki axlat tahlili belgilanadi. Shilimshiq moddalar va eritrotsitlar hamda leykotsitlar soni ichaklar shiliqpardasi zararlangani, yallig‘lanish jarayoni rivojlanayotganidan daraka beradi.

SHIGELLYOZ QANDAY DAVOLANADI

Kattalar va bolalarda dizenteriyani davolash ovqatlanishni tashkil qilishdan boshlanadi. Dastalabki uch kunda iste’mol qilinadigan egulik miqdori kamaytiriladi. Ovqat bemorga iliq holatda kuniga 6 marta ediriladi. Bemor holati yaxshilanganidan keyin parhez kengaytiriladi.

  • Kasallikning dastalbki belgilaridanoq entersorbentlar qabul qilishni kechiktirmaslik kerak. Ularni bemor to‘liq tuzalguniga qadar qabul qilish maqsadga muvofiq.

Dizenteriyada samarali entersorbentlardan biri Filtrum hisoblanadi. Tabletka ko‘rinishidagi va tabiiy lignin moddasi saqlaydigan dori vositasini qabul qilish oson. Filtrum ichaklardan toksin va kasallik chaqiruvchi bakteriyalarni bog‘lab, chiqaradi.

Filtrumni bir yoshdan boshlab bemorlarga tavsiya qilish mumkin. Qabul miqdorini shifokor belgilaydi. Tabletkalar ovqatdan bir soat oldin, 2-3 hafta davomida suv bilan ichiladi. Dori butunlay bexatar va ba’zi bemorlarda qorin damlash ko‘rinishida ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Dorixonalarda retseptsiz beriladi. LaktoFiltrumni boshqa dori vositalari bilan davo terapiyasida qabul qilish mumkin va dorilarni qabul qilish tartibiga muvofiq oraliq kamida bir soatni tashkil qilishi kerak.

  • Bemor organizmidida suvsizlanish holati kuzatilsa, ko‘p miqdorda suyuqlik ko‘rinishida regidratatsiya tavsiya qilinadi. Bular tuzli eritmalar, zarur bo‘lsa, tomir orqali yuboriladigan vositalar.
  • Ovqat hazm qilish jarayonini tiklash uchun ferment vositalar, masalan, Mikrazim tavsiya etiladi.

Dizenteriyaning og‘ir shakllarida shifokor penitsillin, nitrofuran, aminoglikozid va boshqa shu kabi guruhdagi antibiotiklarni buyurishi mumkin. Davolash kursi davomiyligi 7 kun. Probiotiklar va immunitetni tiklovchi vositalar majmuaviy tavsiya qilinadi.

Antibiotiklar bilan davolash kursidan keyin ham bemor axlatida shigellalar aniqlansa, dizenteriya bakteriofag bilan davolash tavsiya qilinadi.

Har qanday holatda ham, dizenteriyani o‘zboshimchalik bilan davosh mumkin emasligini unutmang. Kasallikning dastlabki bosqichlaridanoq shifokorga murojaat qiling.

DIZENTERIYADA OVQATLANISH

Dizenteriyani davolashning muhim bosqichlaridan biri – to‘g‘ri ovqatlanish. Ichburug‘da yog‘li va uglevodlarni tanavvul qilishdan voz keching. Ular o‘rnini oqsillar egallasin. Shuningdek, oshqozon-ichak tizimini qo‘zg‘atuvchi va dam hosil qiluvchi eguliklardan voz keching.

Tavsiya etiladigan mahsulotlar:

  • bug‘doy unidan qoqnonlar (yupqa kesib, ozroq toblash kerak);
  • yog‘i kam sho‘rvada qaynatilgan guruch yoki manna yormasi;
  • qaynatilgan yog‘siz go‘sht, shuningdek parranda go‘shti va baliq;
  • yangi yog‘siz suzma;
  • engil qaynatilgan tuxum (sutkasiga ko‘pi bilan 2 dona);
  • suvda qaynatilgan suli, grechixa yoki guruch;
  • sho‘rvada yaxshi pishirilgan sabzavotlar.

Iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlar:

  • non va pishiriqlar;
  • yog‘li sho‘rva;
  • yog‘li go‘sht va baliq mahsulotlari, kolbasalar;
  • sho‘r baliq, konserva mahsulotlari;
  • sut mahsulotlari;
  • qattiq pishirilgan tuxum va qovurilgan tuxum;
  • tariq, yasmiq va perlovka yormalari;
  • makaronlar;
  • dukkaklilar;
  • xom sabzavot va mevalar, sharbatlar;
  • gazlangan va yaxna ichimliklar;
  • pishgan meva va ezilganlari;
  • shirinliklar.

Kasallikning barcha ko'rinishlarida shifokor bilan maslahatlashing.

Bizning kanal: Medical Sfera | Uz

Report Page