DIQQAT TANLOV
Samarqand shahar hokimligi, shahar Ma’naviyat va ma’rifat kengashi 18-oktabr — Samarqand shahri kuni munosabati bilan yosh avlod ongida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizga sodiqlik tuyg’usini shakllantirish va kitobxonlik madaniyatini targ’ib qilish maqsadida “Samarqand kitobxonlari” tanlovini e’lon qiladi.
Mazkur tanlovda ishtirok etish uchun Samarqand shahri tarixi, ulug‘ alloma va mutafakkirlarimizning hayot yo’li, ularning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasi va bizga qoldirgan boy meroslari haqida bilimga ega bo’lgan yoshlarimizni chorlab qolamiz.
☀️Unda Samarqand shahridagi korxona, tashkilot va muassasalarda foliyat yuritayotgan, shuningdek, shahrimizdagi OTMlar, texnikum, politexnikum va umumtaʼlim maktablarida tahsil olayotgan 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan (uyushgan, uyushmagan) barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.
☀️Tanlov shartlariga ko’ra ishtirokchilar quyidagi adabiyotlarni o’qib-o’rgangan bo’lishi lozim:
“Temur tuzuklari” - Sohibqiron Amir Temurga nisbat beriladi;
“Boburnoma” Zahiriddin Muhammad Bobur;
“Qorqmayman” Usmon Nosir;
“Samarqand shahrining tarixi” Sharof Rashidov;
“Ona lochin vidosi” Odil Yoqubov;
“Jayhun ustida bulutlar” Odil Yoqubov;
“Ulugʻbek xazinasi” Odil Yoqubov;
“Shajarayi turk” Abulgʻozi Bahodirxon;
“Koʻhna dunyo” Said Ahmad;
“Yulduzli tunlar” Pirimqul Qodirov;
“Avlodlar dovoni” Pirimqul Qodirov.
☀️ Tanlov bir nechta bosqichni o’z ichiga olgan bo’lib:
☀Dastlabki bosqich:
- Tanlovning arizalar qabul qilish bosqichida mahalla, korxona tashkilot va ta’lim muassassalarning tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlaridan arizalar qabul qilinadi va test sinovlari asosida keyingi bosqichga saralanadi.
- Ba’zi tashkilotlar yoki ta’lim muassasalari tanlovni bir necha bosqichda tashkil etishlari mumkun. Bunda tashkilot va muassasalar tuzulmasini inobatga olgan holda, ularga tanlash, mustaqil qaror qabul qilish, dastlabki bosqich shartlariga o‘zgartirish kiritish imkoniyati beriladi.
⚡”Test topshirish” shartida
- ishtirokchilar belgilangan adabiyotlardan tuzilgan Samarqand tarixiga oid 25 ta test savollariga javob beradi. Har bir to’g’ri javob uchun 4 ball beriladi.
⚡Eng so‘ngi bosqich:
- tanlovning shahar bosqichi oktabr oyining ikkinchi o’n kunligida o’tkaziladi.
☀“Tezkor savol-javob” sharti
- Ushbu shartda Ekspertlar komissiyasi tomonidan tavsiya etilgan adabiyotlardan tuzilgan 10 ta savolga tezkorlik bilan javob berish so’raladi. Mazkur shartda berilgan javoblarga aniqlik kiritish maqsadida hakamlar hay’ati tomonidan qo’shimcha savollar berilishi mumkin.
⚡Eslatib o’tamiz!
- Dastlabki bosqichda o‘qiydigan ishtirokchilar taʼlim muassalari, ishlaydigan xodimlar esa tashkilotlaridagi tashkiliy qo‘mitalar orqali ariza topshiradilar.
- ishtirok etish istagidagi mahalla yoshlari arizalarini o’zlari istiqomat qiladigan mahallaning yoshlar etakchilariga topshiradilar.
- shahardagi boshqarma, korxona, tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan saralab olingan ishtirokchilarni tanlovning shahar bosqichida qatnashishlari uchun onlayn tarzda, (@manaviyatmarifat24 telegram kanali orqali) tegishli bayonnomani ilova qilgan holda talabnoma yuboradi;
☀️Tanlovning shahar tashkiliy qo‘mitasi telegram manzili @manaviyatmarifat24
☀️Tanlov g‘oliblari
1-o’rin I darajali diplom, 10 million so‘mlik VAUCHER;
2-o’rin II darajali diplom, 6 million so‘mlik VAUCHER;
3-o’rin III darajali diplom, 4 million so‘mlik VAUCHER bilan taqdirlanadi.
☀️G'oliblar Samarqand shahar hokimi, Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi tomonidan taqdirlanadi.