DIQQAT TANLOV!

DIQQAT TANLOV!

Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti Axborot xizmati

Sizda turizm sohasida "StartUp" loyihalar va innovasion biznes g'oyalari mavjudmi? Unda shoshiling!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 28 maydagi "Koronavirus pandemiyasining salbiy ta'sirini kamaytirish uchun turizm sohasini qo'llab-quvvatlashga doir kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-6002-sonli farmoni 3-bandining b qismiga asosan "Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibiga muvofiq turizm sohasidagi "startap" loyihalar va innovatsion biznes g'oyalarni, shu jumladan birinchi navbatda turistlar uchun qulayliklar yaratishga yo'naltirilgan axborot dasturlari va xizmatlarini umumiy 1,5 milliard so'm miqdorida qisman subsidiyalash" belgilangan va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 iyuldagi 589-sonli qarori bilan tasdiqlangan "Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki faoliyatini tashkil etish tartibi to'g'risida"gi nizom bilan tartibga solinadi. 

Bunda sayyohlar uchun qulayliklar yaratish, mavjud turizm obyektini qo'shimcha servis xizmatlari bilan to'ldirish, servisni yaxshilash hamda boshqa shu kabi tadbirlarga yo'naltirilgan dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalarni joriy etishni nazarda tutgan loyihalar talab etiladi.

  • Qo'shimcha ma'lumot uchun: Loyiha tashabbuskorlari (jismoniy va yuridik shaxslar) Texnopark Direksiyasiga ariza beradi va unga pasport nusxasi (jismoniy shaxs bo'lganda) va startap loyihasining tavsifi ilova qilinadi.
  • Hujjatlar 20 ish kuni mobaynida ko'rib chiqiladi. Inkubatsiya va akseleratsiya dasturiga qabul qilish to'g'risidagi qaror texnoparkning Maslahat kengashi tomonidan qabul qilinadi. Akseleratsiya dasturlari natijalariga ko'ra mahsulot (xizmat)larning namoyish kunlari o'tkaziladi, uning natijalariga binoan moliyalashtirish uchun buyurtma tayyorlanadi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining eksport komissiyasiga yuboriladi.

Shunday ekan, barchangizni ushbu loyihada o'z g'oya va takliflaringiz bilan faol ishtirok etib, imtiyozli grantlar yutib olishga chorlab qolamiz!

📌 Ma'lumot uchun: Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti

📍 Manzil: Buxoro shahri, I.Karimov ko'chasi, 1- uy, 200112

🔍 Mo'ljal: viloyat Bandlikni ta'minlash bosh boshqarmasi yonida

☎️ Telefon: +998 65 221 53 22

📧 Elektron manzil: info@it-park.uz

🌐 Veb sahifa: it-park.uz

✍️ Rasmiy bot: https://t.me/Buxturizmmurojaatbot

ВНИМАНИЕ! КОНКУРС! 

У вас есть "Startup" проекты и инновационные бизнес-идеи в сфере туризма? Тогда спешите!

В соответствии с частью Б пункта 3 Указа Президента Республики Узбекистан от 28 мая 2020 года № УП-6002 "О неотложных мерах по поддержке сферы туризма для снижения негативного воздействия коронавирусной пандемии" установлено разработка и реализация инновационных бизнес-идей и "Startup" проектов в сфере туризма, в соответствии с порядком организации деятельности технологического парка программных продуктов и информационных технологий. В частности, предусмотрено частичное субсидирование информационных программ и услуг, направленных в первую очередь на создание благоприятных условий для туристов, в размере 1,5 миллиарда сумов, что будет регулировано уставом "об организации деятельности технологического парка программных продуктов и информационных технологий" утверждённым Постановлением Кабинета Министров Республики Узбекистан от 15 июля 2019 года № 589. 

При этом требуются проекты, предусматривающие создание удобств для туристов, наполнение существующего туристического объекта дополнительными сервисными услугами, улучшение сервиса и внедрение программных продуктов и информационных технологий, направленных на подобные мероприятия. 

Для получения дополнительной информации: 

  • Инициаторам проекта (физические и юридические лица) подают заявление в Дирекцию технопарка и к нему прилагаются копия паспорта (при наличии физического лица) и описание стартап-проекта. 
  • Документы рассматриваются в течение 20 рабочих дней. Решение о принятии в программу инкубации и акселерации принимается Консультативным советом технопарка. По результатам акселерационных программ проводятся демонстрационные дни продукции (услуг), по результатам которых готовится заказ на финансирование и направляется в экспортную комиссию министерства по развитию информационных технологий и коммуникаций.

Следовательно, мы призываем всех Вас активно участвовать в этом проекте со своими идеями и предложениями и выигрывать льготные гранты!

📌 Для справки: Департамент по развитию туризма Бухарской области

📍 Адрес: г. Бухара, ул. И.Каримова, 1-дом, 200112

🔍 Ориентир: Главное управление занятости Бухарской области

 ☎️ Телефон: +998 65 221 53 22

📧 Электронный адрес: info@it-park.uz

🌐 Веб-сайт: it-park.uz 

✍️ Официальный бот: https://t.me/Buxturizmmurojaatbot

Report Page