DIQQAT, TANLOV!

DIQQAT, TANLOV!

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi Axborot xizmati | Abbos Shodmonqulov

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi Mustaqilligimizning 32 yilligi munosabati bilan "Yangi hayot uchun, Yangi Oʻzbekiston uchun" shiori ostida "Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin!" nomli qoʻshiqlar tanlovini eʼlon qiladi.

Tanlovda 7 yoshdan 70 yoshgacha boʻlgan barcha fuqarolar ishtirok etishi mumkin.

Tanlovga yuborilayotgan ijodiy ishlar, qoʻshiqlarda (qoʻshiq uchun klip-videorolik ham boʻlishi kerak) jonajon Vatanimiz mustaqilligi, oliyjanob xalqimizning o'tmishi va bugungi kuni ifoda etilishi;

- mustaqillik bebaho neʼmat ekanligi, uni asrab avaylashimiz, baxtli va farovon hayotimiz uchun shukronalik hissi aks etgan boʻlishi ustuvorlik beradi.

Tanlovda ishtirok etish istagida boʻlganlar o'z ishlarini @Abbos_Shodmonqulov manziliga (Ism-familiyasi, yashash joyi va telefon raqami bilan) yuborishi kerak boʻladi.

Tanlov uchun materiallar joriy yilning 10-avgust kunidan 20-avgust kuniga qadar qabul qilinadi. Taqdim etilayotgan ijodiy ishlar hajmi 100 mb dan oshmasligiga, qoʻshiq va tasvirlar sifatli va tiniq boʻlishiga, ijro mahorati, bayramona shukuhga alohida eʼtibor qaratish lozim.

Tanlov gʻoliblari 2023-yil avgust oyining uchinchi o'n kunligida eʼlon qilinadi va gʻoliblar Mustaqillik bayrami arafasida boʻlib oʻtadigan bayram tadbirlarida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Samarqand viloyati boʻlimi tomonidan:

I - darajali Diplom, televizor (43* hajmdagi smart TV) hamda kitoblar toʻplami;

II - darajali Diplom, televizor (32* hajmdagi smart TV) hamda kitoblar toʻplami;

III - darajali Diplom, mikrotoʻlqinli pech hamda kitoblar toʻplami bilan taqdirlanadilar.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram | Facebook | Instagram

Report Page