DIQQAT, TANLOV!

DIQQAT, TANLOV!


O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi Qashqadaryo viloyat bo’limi hamda respublika bolalar va o‘smirlar nashri “Sevinch bilimdon” gazetasi bilan hamkorlikda maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Vatan timsollari ijodimizda!” loyihasi doirasida milliy mavzudagi insholar tanlovini e’lon qiladi.

Ishtirokchilar faqat bir yo‘nalish (insho mavzusi) bo‘yicha ishtirok etishi mumkin.

Insholarga qo‘yiladigan asosiy talablar:

 Insholar joriy yilning 1-fevralidan 29-fevraligacha elektron shaklda;

muallifning ism-sharifi, shaxsiy surati va yashash manzili;

 maktabi, sinfi, telefon raqami;

tahririyat nomi ko‘rsatilgan holda quyidagi @Lady_Maya link orqali qabul qilinadi. link orqali qabul qilinadi.

Insholar hajmi uch betdan oshmasligi kerak.

INSHOLAR MAVZULARI:

“Bilimlilar - Vatan tayanchi”

“Ilimi bor halollikni yoqlaydi”

“Vataning – nomusing”

“Vatanparvarlik – eng ulug’ tuyg’u”

“Korrupsiya, seni yomon ko’raman!”

“Mening oilam – mening Vatanim”

“Do'stlik – tinchlik va farovonlik kaliti”

“Mening shajaram”

“Kitobxonlik — yorqin kelajak kafolatidir”

“Tilimiz – boyligimiz”

 

 

Tanlovda ishtirok eting va tahririyatimizning faxriy yorlig’i va esdalik sovg’alariga ega bo’ling!


Report Page