DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YUNUSOBOD VA CHILONZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YUNUSOBOD VA CHILONZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


2021-2022 yillar kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida, “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yunusobodtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan “Chinobod” koʻchasida joylashgan “CRYSTAL PAINT” MCHJ koʻp qavatli uyning oʻrta bosim yer osti D - 219 mm gaz quvurini harakatdagi D - 325 mm gaz quvuriga ulash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli 2021 yil 14 - sentabr kuni soat 11:00 dan 16:00 ga qadar “Chinobod” koʻchasidagi 100 ta yerli xonadonlarda tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Shuningdek, Chilonzor tumani Gavhar mahalla hududidagi D - 426 mm yer osti o’rta bosim gaz quvurini mukammal ta’mirlash ishlari yakunlanganligi sababli, qayta ulash ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yer osti gaz quvurlari xizmati” tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Shu sababli 2021 - yil 14- sentabr kuni soat  11:00 dan 18:00 ga qadar "Do‘mbirabod", "Katta Do‘mbirabod", Gavhar, "Naqqoshlik" mahalla hududidagi 2971 ta yerli xonadonlarda hamda ushbu manzillardagi 49 ta ko‘p qavatli uylardagi 1908 ta xonadonlar va yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzillardagi 10 ta ulgurji iste'molchilarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.


"Hududgaz Poytaxt" gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.


✍️”Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page