DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YUNUSOBOD, OLMAZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI 

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YUNUSOBOD, OLMAZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI 


Yunusobod tumani, “Hamkorobod” mahallasidan, Olmazor tumani, “Gulzor”, Ibrohim ota mahallasidagi iste’molchilarni bir me’yorda tabiiy gaz bilan ta’minlash maqsadida halqalash uchun yangi qurilgan o’rta bosimli D - 159 mm yer usti gaz quvurini qayta ulash ishlari “Yunusobodtumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022 - yil 28 - yanvar kuni soat 11:00 dan 16:00 gacha Yunusobod tumani “Hamkarobod” mahallasidagi 200 ta yerli xonadonlarda, 4 ta ulgurji iste’molchilarida, Olmazor tumani, “Gulzor”, Ibrohim ota mahallalaridagi 485 ta aholi xonadonlarida hamda 3 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

 

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.

“Hududgaz Poytaxt”GTF yetkazilayotgan noqulayliklar uchun tabiiy gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

 

Report Page