DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YASHNOBOD, YUNUSOBOD TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YASHNOBOD, YUNUSOBOD TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


Yashnobod tumani, Farg’ona yo’li ko’chasida joylashgan o’rta bosimli yer osti D-108 mm gaz quvurini xavfsiz joyga ko’chirish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2022-yil 3-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Ma’rifat ko’chasidagi 2 320 ta xonadonlarda hamda 18 ta ulgurji iste’molchilarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

Shuningdek, Yunusobod tumani, Oqtepa mahallasi hududida joylashgan oʼrta bosim D-89 mm yer usti gaz quvurini xavfsiz joyga ko’chirish ishlari amalga oshirilishi munosabati bilan 2022-yil 3-mart kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha O’qituvchilar, Oqtepa ko’chalarida tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

 Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz qayta tiklanadi.

 

✍️ “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page