DIQQAT: TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YASHNOBOD TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YASHNOBOD TUMANINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


2021 - 2022 - yillar kuz - qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida, "Hududgaz Poytaxt" GTFning "Yashnobodtumangaz" gaz ta’minoti bo’limi tomonidan "Aviasozlar" 1 - mavzesida joylashgan past bosim D - 200 mm kompensatordan gaz sizib chiqish holatini bartaraf qilish ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli, 2021 - yil 29 - sentabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar "Aviasozlar" 1 -mavzedagi 66 ta ko‘p qavatli uydagi 1560 ta xonadon, "Birlashgan" ko‘chasidagi 321 ta xonadonda hamda ushbu manzillardagi 15 ta ulgurji iste'molchilarida tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so’ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.


"Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali ta'mirlash ishlari tufayli gaz ta'minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste'molchilaridan uzr so’raydi.


✍️ "Hududgaz Poytaxt" gaz ta'minoti filiali matbuot xizmati


Report Page