DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YANGIHAYOT VA CHILONZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI

DIQQAT: TA’MIRLASH ISHLARI TUFAYLI YANGIHAYOT VA CHILONZOR TUMANLARINING AYRIM JOYLARIDA TABIIY GAZ TA’MINOTI VAQTINCHA TO’XTATILADI


2021-2022 yillar kuz – qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida, “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Yangihayottumangaz” gaz ta’minoti bo’limi tomonidan “Choshtepa” mahallasidan o’tgan past bosimli D - 57mm yer usti gaz quvurini taʼmirlash ishlari rejalashtirilgan. Shu sababli 2021 yil 27 - avgust kuni soat 12:00 dan 17:00 ga qadar “Choshtepa” mahallasidagi 45 ta yerli xonadonlarda tabiiy gaz ta'minoti vaqtincha to’xtatiladi.

 Shuningdek, Chilonzor tumani “Ko’tarma” mahallasida joylashgan yer usti past bosimli D – 57 mm boʻlgan gaz quvurini koʻchirish ishlari “Hududgaz Poytaxt” GTFning “Chilonzortumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan rejalashtirilgan. Shu sababli 2021 yil 27 – avgust kuni soat 11:00 dan 18: 00 ga qadar “Ko’tarma” mahallasidagi 1 ta ko’p qavatli uydagi 48 ta xonadonda tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to’xtatiladi.

 

“Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali ta’mirlash ishlari tufayli gaz ta’minotidagi vaqtincha uzulishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so’raydi.

 

✍️”Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti filiali matbuot xizmati

Report Page